Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/Nabis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NABIS (Nabis) (? – mil. av. 192) – Sparta hukmdori (tirani) (mil. av. 207—192). Yevripontiylar shoh xonadoniga mansub boʻlgan. Bir qancha qatʼiy tadbirlarni amalga oshirgan: bir kism mulkdorlarni quvgʻin qilgan, ayrimlarini qatl etgan; yirik yer egalarining yerlarini musodara qilib, grajdanlik tarkibiga kiritilgan yersiz spartiatlar va ilotlarga boʻlib bergan. Nabis davrida Sparta qoʻshini kuchaygan, Argos bosib olinib, u yerda ham shu islohotlar oʻtkazilgan. Butun Peloponnes boʻyicha tub islohotlar oʻtkazilishi xavfi Nabisga karshi Axey ittifoqinmng urush boshlashiga sabab boʻlgan. Ittifoqchilarga yordamga Rim armiyasi xam yetib kelgan. 195-y. tuzilgan sulhga koʻra, Nabis hokimiyati faqat Sparta hududi bilan cheklab qoʻyilgan. Nabisning kaytadan urush qilishi uning ham quruqlikda, ham dengizda magʻlubiyatga uchrashi bilan tugagan. Nabis xoinona oʻldirilib, Sparta Axey ittifoqiga qoʻshib olingan.