Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/SHengavit manzilgohi
Qiyofa
ShENGAVIT MANZILGOHI — eneolit va ilk jez davri yodgorligi. Yerevan shahri chetida, Zangi daryosining soʻl sohilida joylashgan. Madaniy qatlami qalinligi 4 m, Shengavit manzilgohi toshdan bunyod etilgan minoralari boʻlgan mudofaa devori bilan oʻralgan. Daryoga eltuvchi yer osti yoʻli aniqlangan. Tarhi dumaloq (diametri 6—7 m) uylar (oʻrtasida koʻchma oʻchoqlari bor) qoldiqlari chiqqan. Naqsh solingan sopol idishlar, turli tosh qurollar, suyakdan yasalgan buyumlar topilgan. Shengavit manzilgohi odamlari dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Ular metallni qayta ishlashni ham bilishgan: jezdan yasalgan toʻgʻnogʻichlar, bigizlar, munchoqlar, bolta quyishga moʻljallangan tosh qoliplar chiqqan.[1]
- ↑ „Qumloq.info“. 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.