Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/Tolali o`simliklar
TOLALI OʻSIMLIKLAR — tola yoki yigiruv xom ashyolari, materiallari olinadigan bir va koʻp yillik oʻtsimon, buta va daraxtsimon oʻsimliklar. Oʻsimliklar dunyosidagi 292 oiladan 125 tasi Tolali oʻsimliklarlar hisoblanadi. Tolali oʻsimliklarning ahamiyati toʻqimalari tarkibidagi lub tolalari (sklerenximali tolalar) va limbriformlar (mustahkam yogʻochlangan tolalar) miqdoriga bogʻliq.
Tola oʻsimliklarning qaysi organlarida hosil boʻlishiga qarab Tolali oʻsimliklar 3 guruhga ajratiladi:
1) tolasi urugʻida rivojlanadigan Tolali oʻsimliklar — gʻoʻza (q. Paxta tolasi)
2) tolasi ggoyasida rivojlanadigan Tolali oʻsimliklar — kanop, jut, nasha, tolali zigʻir, kendir, sida;
3) tolasi bargida rivojlanadigan Tolali oʻsimliklar — tolali banan, agava, yukka, yangi Zelandiya zigʻiri.
Biologik xususiyatlari xilmaxil boʻlgan Tolali oʻsimliklar Yer yuzida turli tuproq — iqlim sharoitlarida yetishtiriladi.
Tolali oʻsimliklar har xil botanik oila va turlarga mansub. Shuning uchun morfologik va biologik xususiyati boʻyicha birbiridan farq qiladi. Tola sifatining asosiy koʻrsatkichlari: uzunligi, diametri, egiluvchanligi va pishiqligidir. Tola oʻsimliqsan ajratilgan paytda oq, sariq, va kulrang boʻladi. Toʻqimachilik sanoatida Tolali oʻsimliklar tolasining mayin yoki dagʻalligiga qarab har xil gazmollar ishlab chiqariladi. Jahon toʻqimachilik sanoatida paxta tolasidan mayin gazlamalar, lub tolali oʻsimliklarning tolasidan dagʻal gazlamalar, qop, qanor, arqon, choʻtka, qogʻoz kabi mahsulotlar va b. buyumlar ishlab chiqariladi. Tolali oʻsimliklar urugʻi 18—42% moy boʻladi. Moy oziqovqatda, texnikada, lokboʻyoq sanoatida, sovun tayyorlashda va b. yoʻnalishlarda qoʻllaniladi.