Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Shahzodbek13pro/Verona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VERONA — Italiyaning shim.sharqidagi shahar, Venetsiya viloyatida. Alp togʻlari etagida, Adije daryosi boʻyida. Verona provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Venetsiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orkali oʻtiladigan muhim transport yullari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, poyabzal, yogʻochsozlik, qogʻoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. V. da xalqaro q. x. yarmarkalari bulib turadi. Industrial int, un-t, muzeylar, sanʼat galereyasi bor.

Verona — qad. shahar. Mil. av. 89 ydan Rim koloniyasi, 489-y. dan ostgotlar qirolining qarorgohi. 1837-y. dan Milanga, 1405-y. da Venetsiyaga qoʻshib olingan. 1797-y. dan Avstriya tarkibiga, 1866-y. dan Italiya qirolligi tarkibiga kirgan. Veronada Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari, oʻrta asrda qurilgan binolar, Uygʻonish davriga oid saroylar, klassik uslubda qurilgan shahar boshqarmasi (ratusha) binosi va b. saqpangan.