Foydalanuvchi:ShakhrizaDM
Xobbi – bu bo’sh vaqtda o’zimizni yaxshi his qilish uchun qilayotgan ishimizdir. Nima uchun yoqimli va foydali narsalarni birlashtirmaymiz? Keling, hayotimizni yaxshilash uchun sevimli mashg’ulotlarni topaylik.
O’qish
Ehtimol, foydali bo’lishi mumkin bo’lgan eng oddiy xobbi – o’qishdir. Adabiyot to’g’ri tanlash bilan siz nafaqat o’qishdan bahramand bo’lasiz, balki so’z boyligini oshirasiz, miyani jamlashga majbur qilasiz va bir vaqtning o’zida uni mashq qilasiz. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki o’qish stressni yengillashtirishga yordam berar ekan, shuningdek, yaxshi uyquni qo’llab-quvvatlaydi. Yotishdan oldin o’qing!
Pianino chalish
Pianino chalishni bilib, nafaqat do’stlaringizni xushvaqt qilasiz, balki bir necha qo’shimcha imtiyozlarga ega ham bo’lish mumkin. Ushbu musiqa asbobini chalish harakatlarni va bilim qobiliyatini yaxshilaydi. Tadqiqotga ko’ra, bu sevimli mashg’ulot bolalar va kattalardagi IQ ni 7 ballga oshiradi.
Raqslar
Raqslar – bu faqatgina zavq emas, balki qo’shimcha ravishda jismoniy mashqlar, stresni kamaytirish va serotonin neyromediator darajasini oshirishga yordam beradi.