Foydalanuvchi:Side Zone/qumloq
1. Ma’muriy-huquqiy munosabat tushunchasini yoritib bering, kazusdagi ma’muriy munosabatlarni tahlil qiling.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlar- huquq normasi bilan tartibga solingan va davlat boshqaruvi organi qoida o’rnatuvchi sifatida ishtirok etadigan, tomonlarning ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan harakatlari yoki harakatsizligini ifodalovchi munosabat turiga aytiladi. Ma’muriy –huquqiy munosabatlarni bir qator turlarga ajratish mumkin. I.M . Tsayning ta’riflashicha ularni subordinatsion, koordinatsion reordinatsion turlarga ajratish mumkin. Subordinatsion munosabatlarga yuqori va quyi turuvchi davlat boshqaruvi organlari o’rtasidagi munosabatlar taalluqli bo’lsa, koordinatsion munosabatlarga maqomi bo’yicha bir-biri bilan teng yoki bir-birining bevosita bo’ysunuvida bo’lmagan davlat boshqaruvi organlari o’rtasidagi munosabatlarni keltirishimiz mumkin. Reordinatsion munosabatlarga davlat boshqaruvi organlari bilan xususiy shaxslar o’rtasidagi munosabatlar taalluqlidir. Shu bilan birgalikda ular vertical, gorizontal, internal, eksternal degan turlarga bo’linadi. Vertical munosabatlarga yuqori va quyi turuvchi davlat boshqaruvi organlari va gorizontal munosabatlarga bir-biriga bo’ysunmaydigan davlat boshqaruvi organlari orasidagi munosabatlar, internal munosabatga davlat boshqaruvi organining bevosita o’z ichki , aksariyat hollarda vertical organlarga bevosita bog’liq bo’lmagan munosabatlar tushuniladi. Misol uchun, tuman adliya bo’limi rahbarining har dushanba kuni haftalik qilinadigan ishlar rejasini tuzishi va xodimlarga topshirishi. Eksternal ma’muriy-huquqiy munosabatlarga davlat boshqaruvi organining o’z tizimidan tashqari bo’lgan, ya’ni xususiy shaxslar bilan bo’ladigan munosabatlari kiradi.
2.Ushbu kazusda ma’muriy munosabat ishtirokchilarini huquqiy tahlil qiling.
Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning subyekti bo’lib, unda ishtirok etuvchi tomonlar, ya’ni boshqaruv jarayonida ma’lum bir vakolatga ega bo’lgan (davlat boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar ) yoki boshqacha ma’muriy-huquqiy maqomga ega bo’lgan (fuqarolar, jamoat birlashmalari)hisoblanadi. Bu holatda ma’muriy munosabat ishtirokchilari Karmana tuman hokimi, Karmana tuman prokurori hamda ,,Koshona’’ fermer xo’jaligi rahbari D.Dashov hisoblanadi. Bu holatda prokuratura ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi organ hisoblanadi. Bu kazus dagi holat koordinatsion munosabatlarga , ya’ni maqomi bo’yicha bir-biri bilan teng davlat boshqaruvi organlari o’rtasidagi munosabatga misol bo’ladi.
3.Kazusda mavjud bo‘lgan ma’muriy hujjatni aniqlang va unga qo‘yilgan talablarni tahlil qiling.
Bu savolga javob berishdan oldin ma’muriy hujjat o’zi nima degan savolga javob topishimiz darkor. MA’MURIY HUJJAT- ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o’zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko’ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasidir. Bu kazusda Karmana tuman hokimining 2020 yil 20 avgustdagi Gulobod hududidan “Koshona” fermer xo‘jaligiga g‘allachilik va sholichilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun ijaraga yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi 816-sonli qarori hamda tuman hokimining 2021 yil 15 iyuldagi 32-9-126-Q/21-sonli qarori bu yerda ma’muriy hujjat bo’la oladi. Ma’muriy hujjatning xususiyatlari; ma’muriy hujjat ma’muriy organ tomonidan qabul qilinadi; ma’muriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlar bilan chambarchas bog’liq; ma’muriy hujjat ommaviy huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi, o’zgartiradi yoki tugatadi; ma’muriy hujjat muayyan jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud bir qancha shaxslardan iborat jamoaga qaratiladi; ma’muriy hujjat muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaradi. Ma’muriy hujjat “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 52-moddasiga muvofiq yozma shaklda qabul qilinadi. Qonunchilikda ma’muriy hujjat boshqa shaklda, shu jumladan boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yo’li bilan qabul qilinishi mumkinligi hollarda nazarda tutilishi mumkin. Yozma ma’muriy hujjat ma’muriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial organ a’zolari tomonidan imzolanadi va ma’muriy organning muhri bilan tasdiqlanadi. Ma’muriy hujjat qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo’lishi kerak. Ma’muriy hujjatda quyidagilar ko’rsatilishi kerak;
1. Ma’muriy hujjatning nomi va u qabul qilingan sana;
2.Ma’muriy hujjatni qabul qilgan ma’muriy organning nomi va u joylashgan yeri;
3. Ma’muriy ish yuritish ishtirokchilari to’g’risidagi axborot;
4.Ma’muriy hujjat orqali hal qilinadigan masalaning tavsifi;
5.Ma’muriy hujjatning asosi;
6.Qabul qilingan qaror bayoni;
7. Ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi;
8. Ma’muriy organning ma’muriy hujjatni qabul qilgan mansabdor shaxsining lavozimi, ismi va familiyasi.
4.Kazusda “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning qaysi prinsiplari buzilgan deb hisoblaysiz fikringizni huquqiy tahlil qiling.
Kazusga javob berishdan oldin “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning o’ziga ta’rif berib o’tishimiz darkor. Ma’muriy tartib-taomil- ma’muriy organlarning ma’muriy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalardir. Bu qonun jami 7 bob 88 moddadan tashkil topgan bo’lib, qonunning asosiy vazifalari ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Mazkur qonun ma’muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan, litsenziya, ruxsat berish, ro’yxatdan o’tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq boshqa tartib-taomillarga , shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq qilinadi. Ushbu holatda mazkur qonunning manfaatdor shaxslarning ustunligi prinsipi buzilgan. Unga muvofiq ma’muriy ish yuritish davomida yuzaga keladigan , qonunchilikning bartaraf etib bo’lmaydigan barcha qarama-qarshiliklari va noaniqliklari manfaatdor shaxslar o’rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo’lmagan taqdirda ushbu manfaatdor shaxslar foydasiga talqin qilinadi. Qonun hujjatlari bir-biriga muvofiq bo’lishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin bunday holatlarga amalda ko’p duch kelamiz. Mazkur holatda manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi prinsipiga amal qilish lozim bo’ladi. Hamda mazkur holatda qonunning mutanosiblik prinsipi buzilgan. Ya’ni ma’muriy ish yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan ta’sir choralari ma’muriy organ tomonidan ko’zlangan qonuniy maqsadga erishish uchun mos va yetarli bo’lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug’dirmasligi kerak. Bu kazusda mana shu ikkita prinsip buzilgan. Ya’ni bu holatda Karmana tuman hokimining chiqargan qarori ustidan tuman prokurori tomonidan protest bildirilib, qaror bekor qilinyapti. Shu o’rtadagi manfaatdor shaxs arizachi fermer xo’jaligi rahbari D.Dashov bu qarordan norozi bo’lib, Navoiy tumanlararo sudiga ariza taqdim etyapti. Tuman hokimining chiqargan qaroridan ,,Koshona “ fermer xo’jaligi rahbari jabr ko’ryapti. Chunki unga tuman hokimining qaroriga asosan unga yer 49 yil muddatga ijaraga berilgan edi. Ya’ni bu holatda tuman hokimining chiqargan qarori manfaatdor shaxsga qiyinchilik tug’diryapti.
5.Qonuniylikni ta’minlashda prokuror o‘rnini huquqiy tahlil qiling.
Bu savolga javob berish uchun ,,O’zbekiston Respublikasining Prokuratura to’g’risida’’gi qonuniga ko’ra O’zbekiston Respublikasi prokuraturasi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimidir. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Prokuror qonunlar ijrosi ustidan, fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan , jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida , jinoiy jazolarni va jinoiy-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog’ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi. Ushbu qonunning 25-moddasiga ko’ra, prokuror o’z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib, fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to’grisidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni ko’rib chiqadi va tekshiradi, fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishini oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko’radi. Qonunlar ijrosini tekshirish qonunlarning buzilayotganligi to’g’risidagi arizalar va boshqa ma’lumotlar asosida, shuningdek qonuniylik prokuror tomonidan choralar ko’rilishini talab qiladigan holatda ekanligidan kelib chiqqan holda qonunda belgilangan tartibda o’tkaziladi. Hamda mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida og’zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir. ,,O’zbekiston Respublikasining Prokuratura to’g’risida’’gi qonunning 37-moddasiga muvofiq protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir. Qonunga zid bo’lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o’n kunlik muddatdan kechiktirmay ko’rib chiqilishi shart.