Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Stronggirlllll/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Inklyuziv taʻlim" atamasi fransuzcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Bunday holda, taʼlim olish jarayoni bir-biriga oʻxshamaydigan, intellektual, jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar maxsus bilimga muhtoj boʻlmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va koʻnikmalarni oladigan tarzda tashkil etiladi. [1] Inklyuziy taʼlim-alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng taʼlim olish imkoniyatini yaratadi. UNICEF inklyuziv taʼlimni O‘zbekiston taʼlim tizimiga kiritish masalalari bilan shug‘ullanadi. Inklyuziv taʼlim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qatʼi nazar, ularning barchasiga sifatli taʼlim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv taʼlim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan maktabda taʼlim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordam olishi darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

Taʼlim toʻgrisidagi qonundagi maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19- may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uyg‘unlashgan) taʼlim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi „Taʼlim to‘g‘risida“ gi qonunni qabul qildi. O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Qonunning 20-moddasi olish imkoniyatini yaratadi.

Qonunning 20- moddadasida Jismoniy, aqliy, sensor(sezgi) va ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etiladi. Inklyuziv taʼlimni tashkil etish oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadi.


„Inklyuziv taʼlim“ bu taʼrifni o‘z ichiga olmaydi. Unda faqatgina „inklyuziv taʼlim barcha bolalarga, shu jumladan taʼlim olish chog‘ida o‘ziga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda bo‘lish“ haqida so‘z boradi. O‘zbekistondagi inklyuziv taʼlim tadqiqotchisi, yangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Namn, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, umumiy taʼlim muassasalarida taʼlim olish ustuvor bo‘lishi kerakligini aytgan „Bu barcha davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining bir vaqtda yopilishini anglatmaydi, lekin bolalarning bu kabi maskanlarda va uyda o‘qishiga faqatgina alohida holatlarda rozilik berishimiz zarur. Taʼlim muassasasini tanlash huquqi bolalarning o‘zida va ularning ota-onasida qonuniy vakillarida qolishi kerak“, deya taʼkidlaydi Galina Nam

„Mutaxassislar“ o‘z tavsiyalari bilan nogironligi bo‘lgan bolalarning taʼlim olishning qay bir shaklida o‘qishlari qaroriga taʼsir o‘tkazadilar. O‘zbekistonning ijtimoiy va madaniy yo‘nalishdagi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, institutsional vakolatga ega bo‘lgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega bo‘lib, maslahat emas, imperativ xususiyat kasb qiladi. Bundan kelib chiqadiki, nogiron bolaning qayerda o‘qishi borasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari ota-onalarda hech qanday shubha qoldirmaydi. Shunday qilib, qonun va uning moddalarini O‘zbekistonda nogironlik diskursinining ijtimoiy va madaniy holatidan kelib chiqib o‘qish lozim", — deydi AQSHning Sirakuz universiteti doktori Mirjahon Turdiyev.

  1. O. Musurmonova, Umumiy oedogogika. {{{title}}}. Yoshlar nashriyot uyi, 2020-yil 8-oktabr — 48-49-bet. ISBN 978-9943-6679-0-7. Qaraldi: 10-noyabr 2022-yil. 

[1]

  1. „“Ta'lim to‘g‘risida"gi yangi qonun va inklyuziya: qanday bo‘lishi kerak?“ (o`zbek). gazeta.uz (9 iyun 2020, 16:00). Qaraldi: 10-noyabr 2022-yil.