Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:TTESI akademik litseyi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyi - Toshkent shahridagi akademik litseylardan biri.

Tarixi

1993-2024-yillar

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI) akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi, o‘rta maxsus kasb – hunar ta’lim markazining 16.06.1998 yildagi 192-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasi, 5/4-uyda joylashgan. Akademik litsey tashkil topgan yildan 2004 yilga qadar f.f.n. X.I.Isaev, 2004-2005 yillarda t.f.n. M.M.Saydamatovlar rahbarlik qilgan. 2005 yildan shu kunga qadar akademik litsey direktori (2021 yildan ijrochi direktor) lavozimida t.f.n. U.T.Yuldasheva faoliyat yuritib kelmoqda. Akademik litsey binosi 2007 yilda qayta qurilgan. Quvvati 720 o‘rinli, umumiy maydoni 22809 m2ni tashkil etadi. Shundan foydali maydoni 13500 m2, bino maydoni 9309 m2dan iborat. Akademik litsey o‘quv binosida 39 ta o‘quv xonalari: jumladan 1 ta kimyo laboratoriya, 1 ta fizika laboratoriya, 2 ta kompyuter sinfi (informatika), 1 ta lingofon, 1 ta multimedia xonalari (ingliz tili), shuningdek, 120 ta o‘rinli sport zal, futbol maydoni, tennis korti mavjud.

Ta’lim yo‘nalishlari

Ta’lim muassasasida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda.

  • Aniq fanlar-1 (matematika-fizika)
  • Aniq fanlar-2 (matematika-ingliz tili)
  • Aniq fanlar-3 (rasm-chizmachilik)
  • Tabiiy fanlar-2 (matematika-kimyo).

O‘quv jarayoni bir smenada, ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Olib borilgan ishlar

U.T.Yuldashevaning direktorlik faoliyati davomida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichi vazifalaridan kelib chiqib, ta’limni tubdan isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, akademik litseyda o‘quv jarayoni borishini yaxshilash, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish sifatini oshirish hamda o‘qituvchilarning doimiy ravishda o‘z ustida ishlash masalasini yo‘lga qo‘yish maqsadida akademik litsey o‘qituvchi-pedagoglariga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ko‘plab ishlar amalga oshirilgan.

U.Yuldasheva boshchiligida akademik litseyda ilmiy-pedagogik kengash mavjud bo‘lib, bunda o‘quv adabiyotlari, ilmiy maqolalar yaratish ustida ishlayotgan akademik litsey fan o‘qituvchilari ishlari keng muhokamaga qo‘yilib, kerakli maslahatlar berib boriladi. Muhokamadan o‘tib tasdiqlangan bir qancha ilmiy ishlar nashriyotlarda chop etilib, hozirda kitobxon o‘quvchilar tomonidan qo‘llanilmoqda.

U.T.Yuldasheva direktorlik faoliyati jarayonida 20 dan ortiq o‘qituvchilar nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Hozirgi kunda akademik litseyning 4 nafar xodimi tadqiqotchi sifatida ilmiy ishlar olib bormoqda. Akademik litseyda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha fanlardan zamonaviy axborot texnologiyalari qo‘llab mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun sharoitlar yetarli. Har o‘quv yilining yakunida fan o‘qituvchilari va kafedra mudirlari o‘z yillik hisobotlarini Power Point dasturida «taqdimot» shaklida yoritib berishi yo‘lga qo‘yilgan.

Barcha kafedralarda o‘qituvchilar o‘quv yili davomida ikki marta ochiq dars o‘tishi va ochiq darslarda yangi pedtexnologiyalardan foydalanishi an’anaga aylangan. Akademik litsey o‘qituvchilari o‘z darslarida ilg‘or pedtexnologiya turlaridan “Klaster”, “Aqliy xujum”, “Bumerang”, “Zinama-zina”, «6x6», «Nilufar guli», «Sirli nuqtalar» usullarini tadbiq etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanadilar. Akademik litseyning tarix o‘qituvchisi A.Ismoilov tomonidan ommalashtirilgan yangi usul «Aqliy futbol” deb nomlanib, ushbu usulning maqsadi, qoidasi va kerakli jihozlar haqidagi maqola “Pedagogik ta’lim” jurnalining 2008 yil 5-sonida chop etilgan.

U.Yuldasheva darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilar bilan muntazam shug‘ullanadi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida shug‘ullanib, ularni fan olimpiadalariga tayyorlash uchun o‘qituvchi va o‘quvchilarga barcha sharoitlar yaratgan. Bundan tashqari, tarix, adabiyot, ingliz tili, informatika, kimyo-biologiya fanlaridan to‘garaklar tashkil etilgan. To‘garak a’zolari tomonidan tuman, shahar, respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarga yega bo‘lishlari ushbu ishlarning natijasidir.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, yillar davomida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasining shahar bosqichida akademik litsey o‘quvchilari tarix, matematika, ingliz tili, biologiya, huquq fanlaridan faxrli o‘rinlarni egallab, IV Respublika bosqichida ishtirok etganlar.

Akademik litsey o‘quvchilari o‘z qobiliyatlarini nafaqat ilm-fan yo‘nalishida, balki sport sohasida ham nufuzli musobaqalarda sinab ko‘rib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishmoqdalar. Sport va harbiy yo‘nalishda ham akademik litsey nomi o‘tkazilayotgan turli tanlov, musobaqalarda tuman va shahar bosqichlarida yuqori o‘rinlarda ko‘rinmoqda. Jumladan, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Shunqorlar” harbiy sport musobaqasida Akademik litseyning “Amir Temur” jamoasi tumanda 2005 yildan buyon birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning shahar bosqichida faol qatnashib kelgan. Sportning tennis, kurash, sport va bal raqslari, karate, u-shu, taekvan-do turlari bo‘yicha respublika, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab oltin medal sohibi bo‘lgan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Akademik litsey Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tasarrufida bo‘lganligi sabab, o‘quvchilar orasida bir qancha ijodkor yoshlar ham tahsil olmoqda. O‘quvchi qizlar nufuzli bolalar modasi festivalida o‘z kolleksiyalari bilan qatnashib, faxrli o‘rinlarni olganlar.

Ijodkor yoshlar to‘g‘risida gap ketar ekan, shu o‘rinda akademik litsey o‘quvchisi, bir necha she’riy to‘plamlar muallifi Norqulova Dilraboni alohida atab o‘tish joizdir. U.T.Yuldasheva ulkan ishonch bildirib, shoira qizning o‘qishi, izlanishi va ijod qilishiga shart-sharoitlar yaratib, uch yil davomida qo‘llab-quvvatlab keldi. Mana shu sayi-harakatlar natijasida U.Yuldashevaning iste’dodli shogirdi D.Norqulova 2012 yil mart oyida «Adabiyot va she’riyat» yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Shotokan karate-do yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro, respublika miqyosidagi chempionatlarda sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lib kelgan akademik litseyning yana bir o‘quvchisi Badalova Xilola mamlakatimizning iqtidorli qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “To‘maris” ko‘rik-tanlovida o‘zining turli qirralarini namoyon etib tanlovning Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritgan. Akademik litsey o‘quvchilarining asosiy darslardan tashqari o‘zlari sevgan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullana olishlari va nufuzli tadbirlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga muvaffaq bo‘lishlari bu maskanda rahbar tomonidan ijodkor yoshlarni qo‘llab quvvatlash va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun sog‘lom muxit hamda qo‘lay sharoitlar yaratilganligidadir.

Akademik litseyning deyarli barcha xodimlarining fe’l-atvorida fidoyilik, katta mas’uliyat va o‘z ishiga alohida mehr bilan yondoshishlarini kuzatish mumkin. Shuning misolida akademik litseyning tajribali o‘qituvchilaridan olim, texnika fanlari nomzodi, fizika fanidan bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar muallifi, tabiiy fanlar kafedrasi mudiri M.A.Fattaxov 2010 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Shuxrat” medali bilan taqdirlanganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani bo‘yicha an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha eng yaxshi ta’lim muassasasi”, “Eng yaxshi o‘quv moddiy bazasi”, “Eng yaxshi fan o‘qituvchisi” kabi ko‘rik tanlovlarda akademik litsey va ushbu fan o‘qituvchisi bo‘lgan N.N.Safarov so‘nggi ko‘p yillar davomida tuman, shahar va respublika bosqichlarida bosqichida faxrli o‘rinlarni egallab kelgan.

Akademik litseylarning asosiy vazifasi – o‘quvchilarni oliy ta’lim muassalariga tayyorlash ekanligiga e’tibor qaratsak, akademik litsey faoliyati davomida bitiruvchilarning OTMlarga kirish darajasi yuqori natijalarni ko‘rsatmoqda. Bitiruvchilarimiz nafaqat mahalliy, balki xorijiy universitetlarda tahsil olib, oliy ma’lumotga ega bo‘lmoqdalar.