Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/Miss Navajo (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miss Navajo
Rejissyor(lar) Billy Luther
Prodyuser(lar) Billy Luther
Duanna C. Butler
Fenton Bailey
Randy Barbato
Bastakor(lar) David Benjamin Strindberg
Kinematografiya Gavin Wynn
Muharrir(lar) Mike Rysavy
Tracee Morrison
Distribyutor Independent Lens (U.S.)
Chiqarilgan sanasi 2007
Davomiyligi 58 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Tillar Inglizcha
Navajo

Miss Navajo 2007-yilda Billy Luther tomonidan suratga olingan mustaqil hujjatli film. U 21 yoshli Kristal Freyzer va yana boshqa oltita Novojolik ayollar Miss Navajo 2005-2006 go'zallik ko'rik tanlovida bellashishlari haqida.

Xulosa[tahrir | manbasini tahrirlash]

21 yoshli Kristal Freyzer ismli qiz oilasi bilan Yangi Meksikada Table Mesa yaqinidagi fermada yashashar edi va u Miss Navajo milliy ko'rik tanloviga qatnashishga ahd qiladi. Lekin odamlar uning yutishiga shubha bilan qarashardi. Shunga qaramasdan, Kristal unda qatnashishga jiddiy bel bog'lagandi. Bunga sabab esa, boshqa go'zallik tanlovlaridan farqli o'laroq, bu ko'rik tanlov xalqning madaniyatini ochib berish, o'zini modellardek tutishi va Novojolik odamlarning tili va udumlari haqida gapirib beruvchi shaxs sifatida o'zini namoyish qilishdan iborat edi.

Tanlov besh kun davomida Novojo nation yarmarkasida bo'lib o'tadi va ishtirokchilarning Novojoga oid bilim va ko'nikmalari testdan o'tqiziladi. Boshlang'ich talablar esa nomzod ,avvalambor,kamida 18 yosh bo'lishi, o'rta maktabni tugatgan bo'lishi va Novojo tilida so'zlasha olishi kerak. Bellashuvchilarning tarix, siyosat, ayollarning roli, Novojo tilini tushunish, qo'y so'yish va tortilla tayyorlash bilimlari ham sinovdan o'tkaziladi. Shu bilan birga, har bir ishtirokchi o'zining ham zamonaviy ham milliy ko'nikma va qobiliyatlarini ham namoyish qilishlariga to'g'ri keladi.[1]

Kristal oxir-oqibat ikkinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'ladi. 1 yildan so'ng esa, u Miss Novojo Nation musobaqasida qatnashish unga qanday odamlar bilan ko'rishishga va mas'uliyat, jasurlik, liderlik haqida o'ylashga imkon bergani haqida gapirib berardi.

  1. „About the Pageant“. PBS. 2018-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-may.