Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Tahrirchiqiz/William Faulkner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
William Faulkner
Tavalludi
William Cuthbert Faulkner

25-sentyabr 1897-yil
Vafoti 6-iyul 1962-yil(1962-07-06)
(64 yoshda)
Byhalia, Mississippi, AQSh
Taʼlimi Mississippi universiteti (no degree)
Mukofotlari Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti (1949) Milliy kitob mukofoti (1951, 1955)Badiiy adabiyot uchun Pulitser mukofoti(1955, 1963)
Turmush oʻrtogʻi
Estelle Oldham (turm. 1929)
Imzosi

William Cuthbert Faulkner (1897-yil 25-sentyabr – 1962-yil 6-iyul) – amerikalik yozuvchi. U oʻzining romanlari va qisqa hikoyalarida Mississippi shtatidagi Lafayette okrugiga asoslangan xayoliy Yoknapatawpha okrugini koʻp tasvirlagan. Nobel mukofoti laureati boʻlgan Faulkner Amerika adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri boʻlgan va janub adabiyotning eng buyuk yozuvchisi deb hisoblangan.

Faulkner Mississippi shtatining Nyu-Albani shahrida tugʻilgan va Mississippining Oksford shaharchasida ulgʻaygan. Birinchi Jahon urushi davrida Kanada Qirollik havo kuchlariga qoʻshiladi, ammo jangda ishtirok eta olmaydi. Oksfordga qaytganidan soʻng, u Mississippi universitetida 3 semestr davomida tahsil oladi, ammo keyin universitetni tashlab ketadi. UYangi Orleanga koʻchib oʻtadi va oʻsha yerda oʻzining ilk romani „Askar mukofoti“ (1926)ni yozdi. U yana Oksfordga qaytib boradi va Sartoris (1927) asarini yaratadi. 1929-yilda u „Shovqin va gʻazab“ (1929) asarini nashr qildiradi[1].

Malcolm Cowleyning The Portable Faulkner asari nashrdan chiqqanidan soʻng Faulknerning obroʻsi oshadi va shundan soʻng uni 1949-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlashadi[2]. Natijada William Cuthbert Faulkner Mississippida tugʻilgan yagona Nobel mukofoti sovrindori. Uning ikkita asari – „Fable“(1954) va "The Reivers (1962) badiiy adabiyot boʻyicha Pulitser mukofotiga sazovor boʻldi. 1962-yil 6-iyulda Faulkner yurak huruji sababli vafot etadi. Ralph Ellison unga „Janubning eng yaxshi yozuvchisi“ deb tarif bergan.

William Cuthbert Faulkner 1897-yil 25-sentabrda Mississippi shtatining Nyu-Olbani shahrida[3] Murry Cuthbert Faulkner (1870–1932) va Maud Butler (1871–1960)larning toʻrt farzandning toʻngʻichi boʻlib tugʻilgan[4]. Uning oilasi yuqori oʻrta tabaqadan edi, shunga qaramasdan „ eski feodal paxta aristokratiyasidan ham emas“[5]. Maud Murryning Texasda chorvador boʻlish rejasini rad etganidan soʻng[6], ular 1902-yilda Mississippi shtatining Oksford shahriga koʻchib oʻtishadi[7]. U yerda Faulknerning otasi Mississippi universitetining biznes menejeri boʻlishdan oldin apparat doʻkonini tashkil qildi[8][7]. Boshqa joylardagi qisqa muddat davomida yashaganini hisobga olmaganda, Faulkner umrining oxirigacha Oksfordda yashaydi[9][10].

Yangi Orlean va ilk romanlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faulkner avlodining aksariyat yozuvchilari Yevropaga sayohat qilgan va yashagan boʻlsa, Faulkner Qoʻshma Shtatlarda yozishni davom ettiradi[11]. Faulkner 1925-yilning birinchi yarmini koʻplab bohem rassomlari va yozuvchilari yashaydigan Yangi Orleanda (Luiziana shtati) oʻtkazadi. Keyinchalik mart oyidan boshlab fransuz kvartalida yashadi[12]. U Yangi Orleanda boʻlgan vaqtlarida sheʼriyatdan tashqari nasrda ham ijod qildi va adabiy uslubini Viktoriyadan modernizmga oʻzgartiradi[13]. The Times-Picayuneda esa bir nechta qisqa nasriy asarlari chop etiladi[14].

Nobel mukofoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faulkner 1949-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga „zamonaviy Amerika adabiyotiga qoʻshgan qudratli va noyob hissasi“ uchun sazovor boʻladi[15]. U yana bir yil oʻtib, 1950-yilda Bertran Rassell mukofoti bilan taqdirlandi[16].

Faulknerning „Bu oʻn uchlar“ (1931) nomli ilk hikoyalar toʻplamiga uning „A Rose for Emily“, „Red Leaves“, „That Evening Sun“ va „Dry September“ kabi eng mashhur (va tez-tez antologizatsiya qilingan) hikoyalari kiritiladi. Uning asarlarida Yoknapatawpha okrugi hayoliy manzara sifatida tasvirlangan[17].

U ikkita sheʼriy toʻplamini yozadi va ularni kichik bosma nashrlarda chop qildiradi. "The Marble Faun" (1924) va "A Green Bough" (1933) va „Knightʼs Gambit“ (1949) toʻplamlari shular jumlasidan.

Shuningdek, u 1951-yilda „Hikoyalar jamlanmasi“ va 1955-yilda „A Fable“ uchun AQSh Milliy kitob mukofotiga ikki marotaba sazovor boʻlgan[18][19].

Tanlangan asarlari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shovqin va gʻazab (1929)
  • Oʻlim toʻshagida (1930)
  • Ibodatxona (1931)
  • Light in August (1932)
  • Avessalom, Avessalom (1936)
  • The Wild Palms (1939)
  • Go Down, Moses (1942)
  • Intruder in the Dust (1948)
  • A Fable (1954)
  • The Reivers (1962)
  • Flesh (1932)
  • Today We Live (1933)
  • The Story of Temple Drake (1933)
  • Submarine Patrol (1938)
  • Air Force (1943)
  • To Have and Have Not (1944)
  • The Big Sleep (1946)
  • Land of the Pharaohs (1955)
  1. Phillips (1980), p. 50.
  2. „The Nobel Prize in Literature 1949“ (en-US). NobelPrize.org. 2020-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-yanvar.
  3. Minter (1980), p. 1.
  4. MWP: William Faulkner (1897–1962) (Wayback Machine saytida November 1, 2015, sanasida arxivlangan), OleMiss.edu; accessed September 26, 2017.
  5. „Faulkner's Home, Family and Heritage Were Genesis of Yoknapatawpha County“. The New York Times (1962-yil 7-iyul). 2020-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  6. Minter (1980), p. 7.
  7. 7,0 7,1 Minter (1980), p. 8.
  8. OʻConnor (1959), p. 4.
  9. MWP: William Faulkner (1897–1962) (Wayback Machine saytida November 1, 2015, sanasida arxivlangan), OleMiss.edu; accessed September 26, 2017.
  10. Andoza:Nobelprize
  11. Pikoulis (1982), p. ix.
  12. Koch (2007), pp. 55—56.
  13. Koch (2007), pp. 56, 58.
  14. Koch (2007), pp. 58.
  15. „The Nobel Prize in Literature 1949“. Nobelprize.org. 2020-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
  16. „The Nobel Prize in Literature 1949: Documentary“. Nobelprize.org. 2009-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyul.
  17. Pikoulis (1982), p. 2.
  18. „National Book Awards – 1951“ (Wayback Machine saytida October 28, 2018, sanasida arxivlangan). National Book Foundation. Retrieved 2012-03-31. (With essays by Neil Baldwin and Harold Augenbraum from the Awards 50- and 60-year anniversary publications.)
  19. „National Book Awards – 1955“ (Wayback Machine saytida April 22, 2019, sanasida arxivlangan). National Book Foundation. Retrieved 2012-03-31. (With acceptance speech by Faulkner and essays by Neil Baldwin and Harold Augenbraum from the Awards 50- and 60-year anniversary publications.)
  • William Faulkner Virjiniya universitetidagi hujjatlari
  • Garri Ransom markazidagi William Faulkner Papers kolleksiyasi
  • William Faulkner ishlari kitob shaklida
  • William Faulkner ishlari
  • William Faulkner ishlari va u haqidagi asarlar
  • William Faulkner ishlari audio shaklda
  • Tahrirchiqiz/William Faulkner IMDbda
  • Raqamli Yoknapatawpha
  • Virjiniyadagi Faulkner: Audio arxiv
  • William Faulkner oilaviy kolleksiyasi (MUM00125)