Foydalanuvchi:TermizDU
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet tarixi
Termiz davlat universiteti Surxon vohasining nufuzli oliy dargohi sanalib, ko‘p sonli jamoaga egadir. O‘zbekistonning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida o‘qituvchi kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojni hisobga olgan holda, O‘zbekiston SSR Minstrlar Soveti 1954-yil 24-fevralda Marg‘ilon o‘qituvchilar Institutini Qarshi va Termiz shaharlariga ko‘chirish haqida qaror qabul qildi. 1954-yilda Marg‘ilon o‘qituvchilar Instituti negizida Termiz o‘qituvchilar instituti ta’sis etildi. Termiz o‘qituvchilar institutining ochilishi Surxon vohasi ta’lim tizimi va madaniy hayotida ulkan burilish yasadi. Mazkur maskan tashkil etilgan dastlabki o‘quv yili, ya’ni 1954-1955- o‘quv yilida 175 nafar yoshlar talabalikka qabul qilindi va quyidagi bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi: O‘zbek tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Fizika va matematika, Tabiatshunoslik va kimyo.
1956-1957-o‘quv yilida Termiz o‘qituvchilar institutini 187 nafar to‘liqsiz oliy ma’lumot olgan talabalar bitirib hayotga yo‘llanma olishdi. 1956-1957-o‘quv yilida Termiz o‘qituvchilar instituti Termiz davlat Pedagogika Institutiga aylantirildi va bu orqali Surxon vohasida ilk Oliy o‘quv yurtiga asos solindi.
Mustaqillik yillarida Termiz davlat universiteti Surxon vohasining yirik fan, ta’lim va madaniyat markaziga aylandi. Ushbu oliy ta’lim maskani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1992-yil 28-fevraldagi PF-356-sonli farmoniga muvofiq universitetga aylantirildi. Bugungi kunda universitetda 10921 nafar talaba (2019-yil), shundan kunduzgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 9255 nafar, sirtqi bo‘lim bo‘yicha 2219 nafar, magistratura bo‘yicha esa 264 nafar talabalar tahsil olmoqda. Universitetda joriy o‘quv yilida 57 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 25 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Ayni vaqtda 575 nafar professor-o‘qituvchilardan 18 nafari fan doktori, professorlar, 119 nafari esa fan nomzodlari, falsafa doktorlari (PhD), dotsentlardir. Universitetda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2019- yilda 12 ta ixtisoslik bo‘yicha 30 nafar tayanch doktorant, 2 nafar doktorant tahsil olmoqda.
Zamonaviy shart-sharoitlarga ega universitetda 2019-yilda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan 10 ta shartnoma va 7 ta memorandum imzolandi. 3 ta xalqaro, 4 ta respublika miqyosidagi anjuman, an’anaviy talabalar konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi. Universitet talabalari viloyat, Respublika va boshqa davlatlarda xalqaro miqyosda o‘tkazilgan sport musobaqalarida 25 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan. Universitet professor-o‘qituvchisi I.Allakov Davlat mukofoti – Do‘stlik ordeni bilan taqdirlandi hamda M.Norbosheva 8 mart munosabati bilan respublika miqyosida o‘tkazilgan tadbirda Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi (tilla soat).
2018/2019 o‘quv yilida universitet jamoasi 57 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 25116 nafar abiturientlardan hujjatlarni qabul qilgan. Respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasalari qatorida universitetga maxsus sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 13062 ga yaqin abiturientlardan hujjatlar qabul qilindi. Qisqa muddatda tashkil etilgan qabul jarayonlaridan so‘ng 798 nafar talabalar universitetning maxsus sirtqi bo‘lim talabaligiga muyassar bo‘lishdi. Olib borilayotgan islohotlar, o‘rganilayotgan muammolar va ehtiyojlar, kelib tushayotgan murojaatlar tahlillari natijasida yangidan fakultet San’atshunoslik fakultet ochildi.
Bundan tashqari, 2019/2020 o‘quv yilida bakalavr bo‘yicha Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi, Cholg‘u ijrochiligi, Rangtasvir, Amaliy san’at, Vokal san’ati, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Psixologiya, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Buxgalteriya hisobi va audit, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Huquq ta’limi, Milliy g‘oya, manaviyat asoslari va Arxeologiya ta’lim yo‘nalishlari, Magistratura bo‘yicha Zoologiya, Adabiyotshunoslik, Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, adabiyotshunoslik, rus adabiyoti, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi, arxeologiya, etnografiya, etnologiya va antrapologiya mutaxassisliklari, sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, musiqa ta’limi, texnalogik ta’lim, psixologiya ta’lim yo‘nalishlari ochilgan.