Foydalanuvchi:ThegiftofAllah/qumloq
Nigoraxon | |
---|---|
Tavalludi |
Nigoraxon 20.07.2002 Namangan viloyati Mingbuloq tumani |
Fuqaroligi | O'zbekiston respublikasi |
Taʼlimi | 7-sonli umumta'lim maktabi,Namangan davlat universiteti akademik litseyi, O'zbekison davlat jahon tillari universiteti ingiliz tili filologiyasi |
Kasbi | O'qituvchi |
Millati | o'zbek |
Dini | Islom (hanafiy) |
Boʻyi | 165 sm |
Otasi | Ergashev Abdullajon Mamasobirovich |
Onasi | Ergasheva Zarifa Baymanovna |
Mamasobirova Nigoraxon— Mamasobirov Nigoraxon Ibratwiki camp ishtirokchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur oʻzbek va arab xattotlik namoyondasi Mamasobirova Nigoraxon Abdullajon qizi (https://t.me/Xattota_Bintu_Abdulloh) 2002-yil 20-iyul sanasida Namangan viloyati Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasida tavallud topgan. Yoshligidan turli rasmlarni chizishga qiziqishi baland boʻlgan. 2010-yil Namangan viloyatida joriy qilingan „Yongʻin havfsizligi oyligi“ munosabati bilan oʻtkazilgan „Rasmlar koʻrik tanlovi“da ishtirok etib viloyat miqyosida faxrli 3- oʻrinni egallagan, xuddi shunday koʻrik tanlovda 2012-yil ishtirok etib faxrli 2-oʻrinni egallagan. Oilaviy munosabat va qarorlarga koʻra xattota-rassom oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻladi. 2018-yil maktabni tamomlagach Namangan shahrida joylashgan Namangan davlat universiteti akademik litseyiga xorijit tillar yoʻnalishiga oʻqishga kiradi. 2020-yil litseyni tamomlagan bizning xattotamiz oliy taʼlimda oʻqish istagi paydo boʻladi va shu yilning 10-sentabr kuni DTM imtihonini topshiradi va 25-sentabr kuni natijalar eʼlon qilingach, u Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishiga shartnoma asosida oʻqishga kirganligidan xabar topadi. Oʻsha vaqtlarda oilada oʻzidan tashqari akasi ham shartnoma asosida oʻqishligi sababidan oliy taʼlimda oʻqishdan bosh tortadi lekin otasining qarori bilan Toshkentda oʻqishini boshlash uchun joʻnab ketadi. Barcha majburiyatlardan holi boʻlgan bizning yosh xattotamiz oʻzining yillar davomida qalb tubida qolib ketgan istaklarini Toshkent shahrida amalga oshirishga kirishadi va erishadi. U turli xalqaro koʻrik tanlovlarda qatnashib oʻz ijodini dunyoga namoyish etadi va boshqa mashhur dunyo xattotlari bilan oʻz tajribasini almashadi. Hozirda xattotamiz OʻzDJTUning FING yoʻnalishi 3-kursida oʻz oʻqishini davom ettirmoqda[1].