Foydalanuvchi:Tosheva Nurzoda Toshtemirovna
Buxoro pedagogika instituti
Yosh guruhi - Yosh belgisiga ko‘ra birlashtiriladigan kishilarning biron bir shartli katta guruhi. Yoshni davrlashtirishga muvofiq MTTda bolalarning yoshiga ko‘ra ana’naviy ajratiladigan guruhlar: yasli yoshdagi bolalar guruhi, birinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, ikkinchi kichik yoshdagi bolalar guruhi, katta bolalar guruhi va maktabga tayyorlov guruhi.
Inklyuziv ta’lim - Bolalarni bir biridan ajratuvchi to‘siqlarni bartaraf etishga, ularning yoshi, jinsi, diniy va ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy va
Iste’dod: Qobiliyatlar, iqtidorlarning yuqori darajada rivojlanganligi bo‘lib, ijodiy faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat - Biron narsaning bajarilishining murakkab va me’yoriy jihatdan belgilangan usuli. Mehnat sub’ekti faoliyatining sifat jihatdan belgilanadigan shakli. Inson bajarayotgan faoliyatning murakkabligini tavsiflaydigan mezon.
Maktabgacha bolalik - Bolaning tug‘ilganidan to maktabga borguncha bo‘lgan rivojlanish davri; bola organizmining jadal voyaga yetishi va ruhiyatining shakllanishi bilan belgilanadi.
Maktabgacha yosh - Bolaning ruhiy rivojlanish bosqichi. Bola rivojlanishining hozirgi zamon milliy davrlashtirilishi bo‘yicha 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davri.
Bolalar adabiyoti - Shaxs va ta’limni rivojlantirish, bilimlarni tarqatishning eng muhim vositalardan biri bo‘lgan nashr turi. Bolalar kitolari faqatgina o‘qish va bilim olish manbai bo‘libgina qolmay, balki bolaning estetik va psixologik tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi manbadir.
Boshqarish faoliyati - Rahbarning pedagogik, normativ va psixologik asoslarda boshqarish qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishga qaratilgan maqsadga muvofiq hatti- xarakatlari majmui.
Byurokratiya - (tom ma’noda- kanselyariya hukmronligi; fransuzcha bureau-byuro, kanselyariya va yunoncha-kratos-kuch, hokimiyat, hukmronlik) Tabaqalangan boshqaruv tizimi bo‘lib, uning uchun har bir darajada vakolatlar chegarasining aniq belgilanganligi, qarorlarning mavjud qonunlar va qoidalarga binoan qabul qilinishi xosdir.
Gigeyena - Yashash tarzi va mehnat sharoitining inson sog‘lig‘iga ta’sirini o‘rganadigan, kasalliklarni profilaktika qilish, sog‘liqni saqlash va hayotni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan qadimiy tibbiyot sohalaridan biri.
Didaktik o‘yinchoqlar - Bolalarning aqliy va sensor rivojlanishi va ta’lim olishida xizmat qiladigan o‘yinchoqlar turi. Bunday o‘yinchoqlarga mozaikalar, stol ustida o‘ynaladigan va bosma o‘yinlar, xalq o‘yinchoqlari (matryoshkalar, piramidalar, rangli sharlar, xushtaklar, chillaklar) kiradi.
Maktabgacha yoshdagi bola kompetentligi - Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining asosiy xarakteristikasi. Kommunikativ, ijtimoiy, intellektual kompetentlikni hamda jismoniy rivojlanish borasidagi kompetentlikni o‘z ichiga oladi. Kommunikativ kompetentlik bolaning o‘z istaklari, niyatlarini nutqiy va nutqiy bo‘lmagan (imo-ishora, mimik va pantomimik) vositalar yordamida erkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalari - Turli yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim dasturlarini amalga oshiradigan ta’lim muassasasi. Ularda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tarbiyasi, ta’limi, parvarishi va sog‘lomlashtirilishi ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining vazifalari - ushbu muassasalarning vazifalari: bolalar hayotining muhofazasini, ularning intellektual, jismoniy va shaxs sifatidagi rivojlanishini ta’minlash uchun uning oilasi bilan aloqa o‘rnatish.
Maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi - Muassasa balansida turgan asosiy vositalar majmui (bino, xovli, qo‘shimcha qurilmalar, kommunikatsiya, yumshoq va qattiq jihozlar).
Maktabgacha ta’lim muassasasining rivojlanish konsepsiyasi - Maktabgacha ta’lim muassasasining kelgusidagi rivojini belgilab beradigan bosh g‘oya; innovatsion jarayonlar natijasida uning yangilanishiga qaratilgan chora tadbirlar majmuini amalga oshirishning yetakchi tamoyili.
Milliy an’analar - Millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, qadriyatlar, faoliyat turlari, odatlar va xislatlarning avloddan avlodga o‘tishi hamda meros bo‘lib qolishini ifodalovchi tushuncha.
Nodavlat notijorat tashkilot - Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni o‘z qatnashchilari o‘rtasida taqsimlaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti.
Tarbiyalanuvchilar - Maktabgacha tarbiya muassasalariga boradigan bolalar; mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda tarbiyalanuvchi bolalar va o‘smirlar maktabdan tashqari muassasalarda shug‘ullanadigan bolalar.
Ta’lim sifati - Ta’lim jarayoni va uning natijalarini tavsiflaydigan kategoriya, ta’lim jarayoni qanday bo‘lishi kerak, qanday maqsadlarga xizmat qilishi kerakligi to‘g‘risida jamiyatda tarqalgan tasavvurlarga qanchalik mosligini belgilaydi.
Farmon- Bir qator mamlakatlarda davlat boshlig‘ining normativ akti. O‘zbekistonda Prezident farmoni.
Tarbiyalanuvchilar - Maktabgacha tarbiya muassasalariga boradigan bolalar; mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda tarbiyalanuvchi bolalar va o‘smirlar maktabdan tashqari muassasalarda shug‘ullanadigan bolalar.
Tarbiyachi: Tarbiyani amalga oshiradigan , o‘zga kishi shaxsining hayot tarzi va rivojlanishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs.
Ta’lim muassasasini boshqarish - Faoliyat subektlarining alohida faoliyati bo‘lib, u rejalashtirish , tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish vositasida bolalar, pedagoglar, ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning xamkorlikdagi faoliyatining ta’limni takomillashtirish va ta’lim mussasasini rivojlantirish maqsadlariga yo‘nalganligini ta’minlaydi.