Foydalanuvchi:Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi
Qiyofa
Koordinatalari: 41°18'00.5"N 69°12'48.9"E
Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi (qisqartmasi TAYT) — avtomobil sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan professional ta'lim muassasasi.
Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi | |
Xalqaro nomi |
Tashkent Automobile and Road Technical College |
---|---|
Turi | Professional ta'lim muassasasi |
Asos solingan sanasi | 1986 |
Fakultetlar | 8 ta |
Talabalari | 600+ ta |
Bakalavriat | 2 yil |
Fan doktorlari | 10 |
Professorlari | 6 |
Manzili |
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Baynalminal ko‘chasi 53. |
Veb-sayti | https://tayt.uz/ |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1986-yil 11-iyulda O'zbekiston Respublikasi avtomobil transporti vazirligining 440-sonli buyrug'iga asosan Toshkent sirtqi avtomobil va yo'llar texnikumi tashkil etildi.
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 473-sonli qarori[1] va O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim markazining 2004-yil 27-yanvardagi 16-sonli buyrug'iga asosan «Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi» Toshkent avtomobil va yo'llar kolleji (TaYK)ga aylantirildi. Uning Nizomi o'zgartirilib, 2004-yil 29-apreldagi 97-sonli buyruq bilan «Toshkent avtomobil va yo'llar kasb-hunar kolleji» nomi bilan o'z faoliyatini yangidan boshladi.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi «Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida»gi PF-5812-sonli farmoni[2] bilan Toshkent avtomobil yo'llari kasb hunar kolleji Toshkent avtomobil yo'llar texnikumi etib, qayta tashkil etildi.
Direktorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1986-1997 — Jo'rabekov To'rabek Jo'rabekovich
- 1997-2023 — Kulmuxammedov Jasur Rafikovich
- 2023-hozir — Musayev Doniyor Xabibullayevich[3]
Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi (2 yil), kechki (2 yil) va sirtqi (2.5 yil)
# | Ta'lim yo'nalishi nomi |
---|---|
1. | Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash |
2. | Avtotransport logistikasi[4] |
3. | Omborxona logistikasi |
4. | Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish |
5. | Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aerodromlar qurilishi |
6. | Buxgalteriya hisobi va audit |
7. | Menejment |
8. | Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish |
Dual (2 yil)
# | Ta'lim yo'nalishi nomi |
---|---|
1. | Avtomobil transportiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash |
2. | Avtotransport logistikasi |
3. | Omborxona logistikasi |
4. | Tashishni tashkil etish va transportni boshqarish |
5. | Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va aerodromlar qurilishi |
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Avtomobillar" kafedrasi
- "Avtomobillarda tashishni tashkil etish" kafedrasi
- "Avtomobil yo'llari" kafedrasi
- "Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari" kafedrasi
- "Umumta'lim fanlari" kafedrasi
Faol o'qituvchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maxkamov Rashid Jo'rayevich
- Boshmonov Saloxiddin Ismatovich
- Odilov Sherzod Raxmonovich
- Almatova Saodat Ismatovna
- Yakubova Nargiza Jalolovna
- Abduraxmonova Saida Murodxo'jayevna
- Qarshiboyeva Nilufar Lutfillayevna
Xalqaro hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qozog‘iston[5] Respublikasi Turkiston viloyati "14-kolleji" Kommunal xo‘jalik korxonasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan.
- Novosibirsk[6] tadqiqot davlat universiteti bilan tajriba almashish loyihalari amalga oshirilgan.
- Germaniyaning GIZ[7] loyihasiga ko'ra "Avtotransport logistikasi" mutaxassisligini "Dual ta'lim shakli bo'yicha o'qitish" yuzasidan shartnoma imzolangan.
Qo'shimcha ma'lumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Zakovat", "Qizlarjonlar", "Tole", "Yo'l harakati bilimdoni" klublari faoliyat yuritadi;
- O'quv markazi: Germaniyaga jo'natish bo'yicha xodimlarni nemis tili bo'yicha o'qitish yo'lga qo'yilgan;
- Kutubxona: Axborot-resurs markazida zamonaviy kompyuterlar, 50 o'rinli o'quv xonasi, o'qituvchilar uchun ma'naviyat va ma'rifat xonasi, 40 ming 202 ta oʻquv qoʻllanmalari va asarlar mavjud.
- Haydovchilar markazi: "B" va "BC" toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug'ullanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „lex.uz“.
- ↑ „Lex.uz“.
- ↑ „TAYT direktori“.
- ↑ „Avtomobil logistikasi“.
- ↑ „tayt rasmiy telegram kanali“.
- ↑ „Novosibirsk tadqiqot davlat universiteti“.
- ↑ „ICON - xalqaro instituti“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Texnikum rasmiy sayti
- Rasmiy kanali Telegramda
- Rasmiy sahifasi Facebookda
- Rasmiy sahifasi Instagramda