Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Tuitkf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali
Universitet asosiy binosi.
Xalqaro nomi
Karshi branch of the Tashkent University of Information Technologies
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2005
Direktori Turg’unov Adilbek Muxtorovich [1]
Fakultetlar 2 ta
Talabalari 1326+
Bakalavriat 6 ta yoʻnalish
Magistratura 2 ta mutaxassislik
Fan doktorlari 16
Professorlari 16
Oʻqituvchilari 400
Manzili
Veb-sayti www.tuitkf.uz

Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish tоʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali qisqa vaqt ichida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy оʻquv yurtlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda mazkur oliy оʻquv muassasasida “Axborot xavfsizligi”, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” hamda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi” yоʻnalishlari bоʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur ta’lim yоʻnalishlarida 1300 ga yaqin talaba-yoshlar tahsil olib, ularga 78 nafar, shu jumladan, 18 nafar ilmiy darajaga ega malakali professor-оʻqituvchilar saboq berib kelmoqda. Оʻquv jarayoniga ilgʻor xalqaro tajribani keng joriy etish hamda universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bоʻyicha оʻqitishning kredit tizimi joriy etilgan bоʻlib, professor-оʻqituvchilarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb etish ishlari keng yоʻlga qоʻyilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tibbiyot sohasida keng qоʻllash bоʻyicha xalqaro ish tajribalarni оʻrganish maqsadida, “Dasturchilarni tayyorlash”, “Elektron hukumat” markazlari hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida “Tibbiyotda texnik reabilitatsiya” ilmiy laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur oliy оʻquv yurtining Novosibirsk davlat texnika universiteti, Moskva texnika aloqa va informatika universiteti, Rossiya Akademiyasi Sibir bоʻlimi hisoblash texnologiyasi instituti, Belorussiya davlat informatika va radio elektronika universiteti hamda Tojikiston milliy universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari keng yоʻlga qоʻyilgan.





  1. [1]