Foydalanuvchi:Tursunaliyeva Dilora/qumloq
Kun(Kuhn)Tomas Setyuel(1922-y)-Amerika tarixchisi va faylasufi,fan falsafasidagi tarixiy-evolyutsion qarashlarning peshqadamlaridan biri.U oʻzining „Ilmiy inqilob strukturasi“ asarida fanning tarixiy-mantiqiy dinamikasini koʻrsatib berdi.Kun mantiqiy empirizm va tanqidiy ratsionalizm haqida fikr yuritadi.U muammoning markaziga falsafa bilan tarix fanini qoʻyadi.Tarix fani evolyutsiyasi asosida epistemologiya konsepsiyasi turadi,deb koʻrsatadi. U Popperning „Fan bilim tizimi boʻlib,maʼlum metodologik va mantiqiy usullarga asoslanadi“,degan fikrigan voz kechib,uning oʻrniga ilmiy jamoatchilik faoliyatini qoʻyish kerak,deydi. Bu shuni koʻrsatadiki,mantiqiy-metodologik omil tarixiylikdan ustun turish holati oʻz ahamiyatini yoʻqotib boradi,ilmiy jamoatchilikning fikri esa,ustun darajada rivojlanadi,paradigmalar paydo boʻladi.Kun yangi paradigmalarning almashuvi fanda inqilobiy oʻzgarishlarga olib kelishini koʻrsatdi,normal(rasmona) fanning shakllanish konsepsiyasini yaratdi.Har bir paradigma oʻz standartning ratsionalligini belgilaydi,natijada formal mantiq doirasidan chiqib ketadi.Ilmiylik va noilmiyik chegarasini har bir paradigmaning oʻzi belgilaydi,bu esa ilmiy jamoatchilikning intellektual salohiyatiga bogʻliq.Fan faktlarni nazariya asosida tahlil qiladi,faktlardan nazariy hukm chiqaradi,u faktlarning ichiga,mohiyatiga kirib boradi.Shunga koʻra,paradigmalarning oʻzgarishi amaliyot bilan mutanosib emas,deb koʻrsatadi.Kun ilmiy bilim obyektiv ekanini tan olgan holda,ilmiy haqiqatning nisbiy ekanligini taʼkidladi.Fan ravnaqini faqat normal fan koʻlami,undagi muammolarni hal qilishni taʼminlaydi.Kun fandagi uzluksizlik bilan uzilishni,nisbiylik bilan mutlaqlikni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyib,ilmiy bilishning mantigʻiga yetarlicha eʼtibor bermadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Falsafa qomusiy lugʻat"."Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,Toshkent-2004,213-b.