Foydalanuvchi:Ulugbekbahtiyorov2000
Baxmal tumani — Jizzax viloyatining janubiy-gʼarbiy qismida joylashgan boʼlib, tuman sifatida 1943 yil 8 mayda tashkil etilgan. Baxmal tumani Gʼallaorol, Jizzax, Zomin tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 1,86 ming km² ni tashkil etadi. Аholisi oʼrtacha 115 ming kishi. Baxmal tumanida 1 shaharcha (Usmat) va 11 qishloq fuqarolari yigʼini (Barlos, Baxmal, Bogʼishamol, Gulbuloq, Mugʼol, Oyqor, Oqgosh, Sangzor, Tongotar, Uzunbulok) bor. Markazi — Oʼsmat shaharchasi hisoblanadi.Tabiat – Tuman hududi, asosan, togʼ oldi tekisliklari va togʼlardan iborat. Baxmal tumanining janubiy qismida Turkiston tizmasi va uning shimoliy-gʼarbiy tar-mogʼi — Molguzar togʼlari joylashgan (eng baland joyi 2621 m). Molguzar togʼlari bilan Turkiston tizmasi oraligʼida Sangzor vodiysi bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʼrtacha temperaturasi —5° dan —9* gacha, iyul oyiniki 25°, togʼli qismida 15°. Yiliga oʼrtacha 300 – 750 mm yogʼin tushadi. Tuman hududida “Saʼd-Vaqqos” ota bulogʼi bor. Tuproqlari asosan toʼq tusli boʼz tuproqlar va toʼq jigarrang tuproqlar, togʼ va baland togʼ-dasht tulroqlari, sharqida tipik boʼz tuproqlar tarqalgan. Efemer va efemeroid, kserofit oʼsimliklari oʼsadi. Butazor, archazor, yongʼoqzorlar uchraydi. Bodom, yovvoyi olma, olcha, doʼlana bor. Baxmal tumanining togʼ oldi zonalarida yirtqichlar, boʼrsiq, tulki, boʼri, sudralib yuruvchilardan koʼlbor ilon, kaltakssaklar, yumronqoziq, qushlardan kaklik, gʼur-rak va boshqa uchraydi.\Аholisi – asosan, oʼzbeklar (92,4%); shuningdek rus, qozoq, tojik, qirgʼiz, moldovan, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Hududda Xristian va Islom diniga mansub fuqarolar istiqomat qiladi. 1 km² ga oʼrtacha 10 kishidan 25 kishigacha toʼgʼri keladi.Xoʼjaligi – Baxmal tumanida marmar koni, araq-vino va asfalt zavodlari, bosmaxona, paloe va gilam toʼqish sexlari, qurilish tashkilotlari bor. Tumanda boʼrdoqichilik fermalari, mexanizatsiyalashgan oʼrmon xoʼjaligi mavjud. Аsosan gʼallachilik va chorvachilik rivojlangan. Qishloq xoʼjaligida sugʼoriladigan yerlar 6,6 ming gektarni, shu jumladan, 0,4 ming gektar yerga sabzavot, 2 ming gektar yerga beda, 200 ga yerga makkajoʼxori ekiladi. Bogʼ, tokzor, tutzor, olmazor, oʼrmonlar bor. Baxmal tumanida 2 jamoa xoʼjaligi, 1 davlat xoʼjaligi, koperativ xoʼjaliklar, 330 ga yaqin fermer xoʼjaligi va boshqa 12 xoʼjalik bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʼjaliklarida 65,7 ming qoramol, 122,2 ming qoʼy va echki, 62,1 ming parranda bor. Аvtomobil yoʼllari 460 km ni tashkil etadi.Baxmal - Jizzax viloyati tumanlaridan biri. Baxmal tuman markazi Oʼsmat shaharchasi.Аholisining daromad manbai asosan, dehqonchiklik va chorvachilik hisoblanadi. Tumanda soʼngi yillarda ijtimoiy sohaga eʼtibor qaratilib, maktab va bogʼchalar tashkil etildi va ichki yoʼllar taʼmirlandi. Hozirda tuman boʼyicha eng kata investitsiya – Zaʼfaron oʼsimlik bisnesini tashkil qiladi Umuman olganda, goʼzal tabiatli Baxmalda bugungi kunda turizm ham rivojlanib bormoqda va yozda salqinligi bilan oʼziga jalb qiladigan togʼlari barcha Oʼzbekistonliklarni chorlab qolmoqda.