Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Viloyat25/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
                   XORAZM

XorazmXorazm viloyati mustaqil o‘zbek davlatchiligini qayta tiklash, istiqlolimizni mustahkamlash, yurtimiz salohiyatini yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni ko‘z qorachigidek asrash va boyitish, yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun 2003 yilda Vatanimizning yuksak mukofoti - Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlangan. Ma’lumki, Xorazm diyori dunyo tsivilizatsiyasining eng qadimiy beshiklaridan biri hisoblanadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, milliy davlatchiligimizning asoslari ham dastlab mana shu erda yaratilgan.

Xalqimiz manaviyatining noyob yodgorligi bo‘lgan.«Avesto» kitobi ham Xorazm tuprog‘ida yaratilgani bugungi kunda ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. «Xorazm» so‘zi ham ilk bor ana shu noyob kitobda uchraydi. Xorazm so‘zi forscha «xvar» - quyosh va «azm» - o‘lka, er, yurt so‘zlarining birikmasidan kelib chiqqan bo‘lib, «quyoshli o‘lka» degan ma’noni anglatadi.

Xorazm sayti

Xorazm