Foydalanuvchi:Visola Tangirova/Lamia Al-Gailani Werr
Visola Tangirova/Lamia Al-Gailani Werr |
---|
Lamia Al-Gailani Verr (arabcha: لمياء الكيلاني) qadimgi Mesopotamiya antikvarlarini o'rganish boʻyicha iroqlik muataxassis hamda arxeolog.
Al-Gailani Bag‘dodda tavallud topgan va o‘qishini Iroq va Buyuk Britaniyada tamomlagan. Uning Qadimgi Bobil silindrlari muhrlari bo'yicha doktorlik ishi bu sohada muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Arxeolog Londonda Saddam Husayn boshqaruvi vaqtida Britaniya va Iroq arxeologiyasi o'rtasidagi aloqalarni saqlab qolish va Iroq urushidan keyin madaniy merosni saqlashga qaratilgan sa'y-harakatlari bilan tanildu. Olima 1960-yillarda Iroq Milliy muzeyini rekonstruksiya qilishda va Basra muzeyini tashkil etishda yaqindan ishtirok etgan.
2009-yilda Britaniya Iroqni o'rganish instituti tomonidan Gertrude Bell xotirasiga bag'ishlangan beshinchi oltin medal bilan taqdirlangan.
Ta'limi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Gailani 1938-yil 8-martda Bag‘dodda tug‘ilgan. U Bag‘dod universitetida bir yil o‘qigan, so‘ngra Kembrij universitetida bakalavr darajasini tamomlagan[1]. 1961-yilda Iroq milliy muzeyida kurator sifatida ishlay boshladi, ushbu muassasa olima uchun keyingi faoliyatining asosiy qismiga aylanadi. Arxeolog 1970-yillarda Britaniyaga qaytib, Edinburg universitetida magistrlik darajasini, keyin esa Londondagi Arxeologiya institutida PhD darajasini oldi[2][3][4]. Uning Barbara Parker-Mallowan rahbarligidagi doktorlik dissertatsiyasi Iroq muzeyida eski Bobil silindrli muhrlarini o'rganish haqida bo'lgan. Uzoq kechikishdan so'ng asar 1988-yilda nashr etildi[5]. Britaniya muzeyining G'arbiy Osiyo qadimiylari kuratori Dominik Kollon bu asarni "kelajakdagi barcha tadqiqotlar uchun namuna bo'lishi" kerak bo'lgan "qisqa va ma'lumotli muhokama" deb ta'rifladi[6].
Al-Gailani 1977-yilda doktorlik dissertatsiyasini qo'lga kiritgach, Londonda UCL Arxeologiya institutida faxriy ilmiy xodim va Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabida (SOAS) ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritdi[7][8][9]. U tez-tez Iroqqa qaytib, Saddam Husayn boshqaruvi davrida iroqlik arxeologlar va keng akademik dunyo o'rtasida aloqani saqlab qolish uchun ishlagan[10][11]. 1999-yilda Salim al-Alusiy bilan birgalikda Mesopotamiyadagi ilk arab madaniyati arxeologiyasi haqida arab tilida mashhur bo‘lgan “Birinchi arablar” kitobiga hammualliflik qildi[12]. 2003-yildan boshlab uning faoliyati Iroqdagi qadimiy yodgorliklarni saqlashga qaratilgan. Arxeolog 2003-yilda Amerika boshchiligidagi bosqinda talon-taroj qilingan va vayron boʻlgan Iroq muzeyini qayta tiklashda yordam bergan[13] va urushdan so'ng Iroqda muzeylar va merosni himoya qilish uchun duch kelgan qiyinchiliklar haqida tez-tez sharhlab borgan.[14][15][16][17]. Al-Gailani Iroq Madaniyat vazirligi maslahatchisi bo‘lgan va 2015-yilda Iroq muzeyining qayta ochilishida hamda 2016-yilda Basra muzeyining tashkil etilishida yaqindan ishtirok etgan[18][19][20].
Olima 2019-yilda vafot etganida Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida tadqiqot olib borayogan va u yerda Iroq muzeyi tarixi bo'yicha kitob yozayotgan bo'lgan[21][22].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taniqli Iroq oilasining a'zosi bo'lgan Al-Gailanining nasl-nasabiga Qodiriy so'fiy ordeni asoschisi Abdul Qodir G'iloniy va Iroqning birinchi bosh vaziri Abdurrahmon Al-G'iloniy kiradi. Al-Gailani Ahmad Jamoliddin Al-Gailani va Madiha Osif Mahmud Orif-og‘a oilasida dunyoga kelgan[23].
Al-Gailani ikki marta turmushga chiqqan. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i Abdurrahmon Al-Gailani iroqlik islom me’morchiligi tarixchisi bo‘lgan. Olimaning ikkinchi eri iordaniyalik tadbirkor Jorj Verr 2003-yilda vafot etgan[24]. Uning uchta qizi bor edi: Nurah Al-Gailani, Azza Al-Gailani va Hesn Werr[25]. 2019-yildan boshlab Nura Al-Gailani Glazgo muzeylarida islom sivilizatsiyalari kuratori vazifasida faoliyat olib bordi[26].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Gailani 2019-yil 18-yanvarda Ammanda vafot etdi[23][21]. Olima Iroq muzeyidagi dafn marosimidan so‘ng Bag‘doddagi AbdulQodir G‘iloniy[23] maqbarasiga dafn etilgan[21][22][27].
Al-Gailani Britaniya Iroqni o‘rganish institutining yagona faxriy a’zosi bo‘lgan va 2009-yilda Gertrude Bell memorial oltin medali bilan taqdirlangan[22].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ Kadi, Samar „Iraq bids farewell to archaeologist Lamia al-Gailani“ (en). The Arab Weekly (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Al-Gailani Werr, Lamia. Studies in the Chronology and Regional Style of Old Babylonian Cylinder Seals, Bibliotheca Mesopotamica 23. Malibu: Undena, 1988.
- ↑ Collon, Dominique (1991). "Review of Studies in the Chronology and Regional Style of Old Babylonian Cylinder Seals by Lamia al-Gailani Werr". Orientalia (Nova Series) 60 (4): 366–369.
- ↑ Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ „Iraqi 'treasure' Lamia Al Gailani Werr dies in Amman“ (en). The National (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ „Patrons“. The Enheduanna Society. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
- ↑ Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Conant, Eve „Q&A: Why Sunni Extremists Are Destroying Ancient Religious Sites in Mosul“. National Geographic News (2014-yil 1-avgust). 2017-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Ghazal, Rym „In defence of history: Iraq Museum reopened“ (en). The National (2017-yil 21-iyul). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Tharoor, Kanishk; Maruf, Maryam. „Museum of Lost Objects: Looted Sumerian Seal“ (en-GB). BBC News (2016-yil 11-mart). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Arraf, Jane „Hobby Lobby's Illegal Antiquities Shed Light On A Lost, Looted Ancient City In Iraq“ (en). NPR (2018-yil 28-iyun). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Porter MacIver, Joan; Collins, Paul „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ „Iraqi 'treasure' Lamia Al Gailani Werr dies in Amman“ (en). The National (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ 21,0 21,1 21,2 Kadi. „Iraq bids farewell to archaeologist Lamia al-Gailani“ (en). The Arab Weekly (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":0" defined multiple times with different content - ↑ 22,0 22,1 22,2 Porter MacIver. „Dr Lamia Al Gailani Werr“. The British Institute for the Study of Iraq (2019-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":1" defined multiple times with different content - ↑ 23,0 23,1 23,2 Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":5" defined multiple times with different content - ↑ Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ Sandomir, Richard. „Lamia Al-Gailani Werr, 80, Dies; Archaeologist Rescued Iraqi Art“ (en-US). The New York Times (2019-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“ (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
- ↑ Issa, Philip. „Iraq says goodbye to its beloved archaeologist al-Gailani“. The Washington Post (2019-yil 21-yanvar). 2019-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Doktor Lamia Al-Gailani Verr: "Funil yarim oydagi birinchi arablar"
- Lamia Al Gailani Werr: To'rt urush va Iroqdagi muzeylar
- So'zlar barbod bo'lganda: Iroqning yo'qolgan merosi va uni saqlab qolish uchun harakatlari
- Iroqlik arxeolog IShIDning qadimiy obidalarni yo‘q qilishini muhokama qilmoqda
[[Turkum:Cambridge universiteti bitiruvchilari]] [[Turkum:2019-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1938-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Arxeolog]] [[Turkum:Arxeologiya]]