Foydalanuvchi:Wikitolog/qumloq
Stephen Lang | |
---|---|
Lang 2014-yil fevral oyida | |
Tavalludi |
11-iyul 1952-yil[1] New York City, AQSh[1] |
Taʼlimi | Swarthmore College |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1981–hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Kristina Watson (turm. 1980) |
Bolalari | 4, shu jumladan Lucy |
Otasi | Eugene Lang |
Qarindoshlari | Jane Lang (opasi) |
Stephen Lang (1952-yil 11-iyulda tugʻilgan) – amerikalik aktyor. U Manhunter (1986), Gettisburg (1993), Tombstone (1993), Gods and Generals (2003), Public Enemies va The Men Who Stare at Goats (ikkalasi ham 2009), Conan the Barbarian (2011) va Donʼt Breathe (2016) kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan.
U James Cemeronning Avatar (2009) filmi asosiy antagonisti polkovnik Miles Quaritch roli bilan mashhur boʻldi va aynan ushbu roli uchun u "Eng yaxshi ikkinchi darajadagi aktyor" nominatsiyasida Saturn mukofotiga sazovor boʻladi. Lang Avatar: The Way of Water (2022) filmida birinchi qismdagi rolini takrorlagan.
Lang kinodagi rollaridan tashqari, Broadwayda ham faoliyat olib borgan va 1992-yilda The Speed of Darkness filmidagi roli uchun Tony mukofotiga nomzod boʻlgan. 2004-yildan 2006-yilgacha u aktyorlar studiyasining badiiy rahbari lavozimida ishlagan.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lang Nyu-York shahrida, taniqli tadbirkor va filantrop Tereza (qizlik familyasi Volmar, 2008-yilda vafot etgan) va Eugene Langning (1919–2017) oilasida dunyoga kelgan[1]. Langning onasi nemis va irland millatiga mansub katolik, otasi esa yahudiy boʻlib, u yahudiy anʼanalari ostida tarbiyalangan. Langning otasi va buvisi Vengriya va Rossiyadan kelgan yahudiy immigrantlar boʻlishgan[2][3]. Langning ikkita katta akasi bor – advokat hamda aktivist Jane hamdaotasi tomonidan 1952-yilda asos solingan REFAC kompaniyasida ijrochi direktor lavozimida ishlaydigan David[2]. Langning otasi boyligining katta qismini (150 million dollardan ortiq) xayriya ishlariga sarflagan va farzandlariga meros qoldirmagan, bunga sabab sifatida u har bir farzandi oʻzini oʻzi taʼminlashni oʻrganishi kerak deb hisoblagan[4].
Lang Queensda joylashgan Jamaica Estates shahridagi boshlangʻich maktabda oʻqigan[5][6]. U oʻrta maktabni Nyu-Yorkda, Fresh Meadows yaqinidagi George Ryan oʻrta maktabida oʻqigan[7]. Oʻrta maktab davomida u AQShning Newtown shahridagi Quaker maktab-internatida joylashgan George Schoolda ham tahsil olgan hamda bir yil oldinroq bitirgan (1969). 1973-yilda Swathmore Collegeni ingliz adabiyoti mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lang Harold (Happy) Loman rolini 1984-yilda Broadwayda Geath of a Salesman filmida va 1985-yilda Dustin Hoffman ishtirok etgan telefilmda Willy Loman rolida hamda Hannibal Lecter haqida birinchi film Manhunterda (1986) muxbir Freddy Lounds rollarida koʻrinish bergan[8]. U Crime Story (1986–1988) teleserialida advokat David Abrams rolini oʻynagan. Stephen Lang NBC telekanalining Babe Ruth (1991) filmida ham asosiy rolni ijro etgan. Keyinchalik u The Fugitive filmidagi asosiy rol „Bir qurolli odam“ roli Tim Dalyni oʻynagan. Serial kichkina muvaffaqiyatga erishgan boʻlsa-da, ishlab chiqarish uchun katta byudjet talab qilganligi tufayli atigi bir mavsum davom etdi.
Lang 1992-yilda The Speed of Darkness filmidagi bosh roli uchun Tony mukofotiga nomzod boʻlgan. Uning <i>Last Exit to Brooklyn</i> (1989) filmidagi roli tanqidchilar eʼtirofiga sazovor boʻldi, ammo uning cheklangan chiqishi filmning kengroq auditoriyaga kirishiga toʻsqinlik qildi. Sahnada u birinchi boʻlib Jack Nicholsonning mashhur boʻlgan Few Good Men filmida polkovnik Nathan Jessup rolini oʻynagan. U oʻndan ortiq teatr mukofotlari, jumladan Drama Desk va Helen Hayes mukofotlari sovrindori sanaladi.
Lang 1992-yilda Shekspirning Broadway spektaklida Gamlet rolini ham ijro etgan[9].
Lang rejissyor Ronald F. Maksvell filmlari <i>Gettysburgda</i> general-mayor George E. Pickett (1993) va Gettysburg prekveli Gods and Generalsda Thomas „Stonewalll“ Jackson kabi bosh rollarni ijro etgan. Fuqarolar urushiga boʻlgan qiziqishi uni Lincoln forumi simpoziumlarida chiqishga undagan hamda bu harakatlar unga0 2020-yilda Richard Nelson Current Award of Achievement mukofotini olib kelgan[10].
2005-yil fevral oyida Arthur Millerning oʻlimidan sal oldin, Lang oʻzining uzoq yillik doʻsti tomonidan yaratilgan Finishing the Picture deb nomlangan soʻnggi pyesasida koʻrinish bergan. Uning premyerasi 2004-yilda Chikagodagi Goodman teatrida boʻlib oʻtgan, u yerda Lang oʻzining 2004-yil boshida Virjiniya shtati Arlington shahrida premyerasi boʻlib oʻtgan Beyond Glory pyesasining ikkinchi spektaklini va uning The Speed of Darkness filmi uchun Tony mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan obrazini namoyish etgan. Shuningdek, Lang xorijda joylashtirilgan qoʻshinlar uchun bir kishilik shou Beyond Glory pyesasida ham rol ijro etgan[11]. 2006-yilda u Jhon Patrick Shanleyning Defiance spektaklida polkovnik Littlefield rolini oʻynagan. U 2007-yilda Beyond Glory"filmini Roundaboutʼs Off-Broadway Laura Pels teatriga olib kelgan[12]. Nyu-York shahridagi premyerasidan beri Beyond Glory yakkaxon ijrosi uchun Drama Desk mukofotiga va Lucille Lortel mukofotiga nomzod boʻlgan[13][14]. Spektakl haqida film suratga olingan hamda ekranda namoyish etilgan[15].
Lang ESPN mini-seriali hisoblangan The Bronx Is Burning filmida hamda Save Me va From Mexico with Love kabi kinolarda ham erkin aktyor sifatida rol oʻynagan. U James Cameronning "Avatar" ilmiy-fantastik filmida yovuz qahramon polkovnik Miles Quaritch rolini ijro etgan[16].
Lang 2009-yilda Michael Mannning Public Enemies filmida Federal Qidiruv Byurosi agenti John Dillingerni oʻldirgan Charles Winstead rolida[17][18][19] va Grant Heslovning The Man Who Stare at Goats filmida Jeff Bridges, Kevin Spacey, Ewan McGregor va George Clooney kabi taniqli aktyorlar bilan koʻrinish bergan[20].
Lang 2011-yilda Jason Momoa ishtirok etgan Conan the Barbarian filmida yovuz qahramon Khalar Zym rolini oʻynagan. Shuningdek, u Steven Spielberg tomonidan ishlab chiqarilgan Terra Nova teleserialida bosh rollardan biri Nataniel Teylor rolini ham ijro etgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stephen Lang 1980-yildan beri Kristina Watson bilan turmush qurib yashab keladi va ularning toʻrt nafar farzandlari bor, jumladan Nyu-York shtati bosh inspektori Lucy Lang[21].
2010-yil 30-mayda Swarthmore teatri, televideniye va kino sohalariga hissa qoʻshgani uchun Langni faxriy unvon bilan taqdirlgan. Uning kenja oʻgʻli Noah ham xuddi shu marosimda bakalavr darajasini olgan[22]. Shuningdek, u Jacksonville universitetining insonparvarlik maktublari boʻyicha faxriy doktor unvoniga ega va 2011-yilda Northeastern universitetida rezidensiya boʻyicha artist boʻlgan.
2015-yilning kuzida Lang Woodstock kinofestivalida hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlib qatnashgan[23].
2018-yilda Lang New York Archives Partnership Trustdan Empire State Archives and History mukofotini olgan. Har yili beriladigan mukofot „milliy arbobning jamiyatda tarixni tushunish va undan foydalanishni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi“ uchun beriladi[24].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu belgi film hali chiqarilmaganligini anglatadi |
Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nom | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1985 | Twice in a Lifetime | Keith Sobel | |
Death of a Salesman | Harold "Happy" Loman | ||
1986 | Band of the Hand | Joe Tegra | |
Manhunter | Freddy Lounds | ||
1987 | Project X | Watts | |
1989 | Last Exit to Brooklyn | Harry Black | |
1991 | The Hard Way | The Party Crasher | |
Another You | Rupert Dibbs | ||
1993 | Guilty as Sin | Phil Garson | |
Gettysburg | Maj. Gen. George E. Pickett | ||
The Making of Gettysburg | Oʻzi/Maj. Gen. George E. Pickett | Hujjatli video | |
Tombstone | Ike Clanton | ||
1994 | Murder Between Friends | Kerry Myers | [25] |
1995 | Tall Tale | Jonas Hackett | |
The Amazing Panda Adventure | Dr. Michael Tyler | ||
1996 | Loose Women | Prophet Buddy | |
Gang in Blue | Moose Tavola | ||
An Occasional Hell | Alex Laughton | ||
1997 | Shadow Conspiracy | The Agent | |
Niagara, Niagara | Claude | ||
Fire Down Below | Earl Kellogg | ||
1998 | Escape: Human Cargo | Aramco Contractor | |
A Town Has Turned to Dust | Sheriff | ||
1999 | The Story of a Bad Boy | Spygo | |
2000 | Trixie | Jacob Slotnick | |
2001 | The Proposal | Simon Bacig | |
2002 | D-Tox | Jack Bennett | |
The Making of Tombstone | Ike Clanton | ||
2003 | The I Inside | Mr. Travitt | |
Code 11-14 | Justin Shaw | ||
Gods and Generals | Gen. Thomas "Stonewall" Jackson | ||
Gods and Generals: Journey to the Past | Gen. Thomas "Stonewall" Jackson | ||
2006 | The Treatment | Coach Galgano | |
We Fight to Be Free | James Craik | ||
2007 | Save Me | Ted | |
2008 | From Mexico with Love | Big Al Stevens | |
2009 | Public Enemies | Charles Winstead | |
The Men Who Stare at Goats | General Hopgood | ||
Avatar | Colonel Miles Quaritch | ||
2010 | Christina | Inspector Edgar Reinhardt | |
False Creek Stories | Narrator | ||
White Irish Drinkers | Patrick Leary | ||
2011 | Conan the Barbarian | Khalar Zym | |
Someday This Pain Will Be Useful to You | Barry Rogers | ||
2013 | Officer Down | Lieutenant Jake LaRussa | |
Pawn | Charlie | ||
The Gettysburg Story | Oʻzi/hikoya soʻzlab beruvchi | Hujjatli film | |
Pioneer | John Ferris | ||
The Monkey's Paw | Tony Cobb | ||
The Girl on the Train | Det. Lloyd Martin | ||
2014 | The Nut Job | King | Voice |
In the Blood | Casey | ||
Jarhead 2: Field of Fire | Major James Gavins | ||
A Good Marriage | Holt Ramsey | ||
Gutshot Straight | Duffy | ||
23 Blast | Coach Farris | ||
2015 | Exeter | Father Conway | |
Band of Robbers | Injun Joe | ||
Gridlocked | Korver | ||
Beyond Glory: Tour of Duty | Har xil rollar[26] | Hujjatli film | |
Isolation | William | ||
2016 | Don't Breathe | Norman Nordstrom / The Blind Man | |
Beyond Valkyrie: Dawn of the 4th Reich | Major General Emil F. Reinhardt | ||
2017 | Hostiles | Colonel Abraham Biggs | |
Justice | Mayor Pierce | ||
2018 | Braven | Linden Braven | |
Mortal Engines | Shrike | ||
The Gandhi Murder | Sunil Raina | ||
2019 | VFW | Fred Parras | |
Rogue Warfare | President | ||
Rogue Warfare 2: The Hunt | President | ||
2020 | Rogue Warfare: Death of a Nation | President | |
Death in Texas | John | ||
2021 | The Seventh Day | ||
Don't Breathe 2 | Norman Nordstrom / The Blind Man | ||
2022 | The Lost City | Fantasy Villain | |
Mid-Century | Frederick Banner | ||
Old Man | Old Man | ||
The Independent | Gordon White | ||
My Love Affair with Marriage | Jonas | ||
Avatar: The Way of Water | Colonel Miles Quaritch[27] | ||
2023 | Muzzle | Leland | |
The Featherweight | Bill Gore | ||
2025 | Avatar: Fire and Ash | Colonel Miles Quaritch[27] | |
2029 | Avatar 4 | Colonel Miles Quaritch[27] | |
TBA | Hellfire | TBA |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Stephen Lang Biography (1952-)“. Filmreference.com. 2010-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ 2,0 2,1 Stark, John (May 28, 1990). „Forgoing His Father's Millions, Stephen Lang Bootstraps to Acting Fame with the Help of a Few Good Men. Vol. 33. № 21.“. People.com. March 26, 2010da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 30, 2010.
- ↑ Panarello. „The Multiple Personalities of Stephen Lang“. broadwayworld.com. 2012-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-avgust.
- ↑ Breitman, Rachel; Jones, Del. „Heirs not-so-apparent?“. USA Today (2006-yil 26-iyul). 2012-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Stephen Lang Biography – Yahoo! Movies“. Movies.yahoo.com (1952-yil 11-iyul). 2007-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ Klein, Alvin. „Stephen Lang, 'An Actor's Actor'“. The New York Times (1998-yil 19-aprel). Qaraldi: 2010-yil 3-aprel.
- ↑ Orion 1966 – Junior High School 216 Yearbook. Yearbook – distributed to graduates.: Faculty Press Inc., 1449 37th Street Brooklyn, NY 11218, 1966 — 48-bet.
- ↑ „STEPHEN LANG – Bing Afbeeldingen“. Search.msn.com. 2012-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ Review/Theater; A High-Keyed 'Hamletʼ Starring Stephen Lang
- ↑ The Lincoln Forum
- ↑ „In Step With: Stephen Lang“. Parade Magazine (2005-yil 5-iyun).
- ↑ Daniel Henninger. „Wonder Land – WSJ.com“. Opinionjournal.com (2007-yil 9-avgust). 2010-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ Dziemianowicz, Joe. „Drama Desk nominees announced“. New York: Nydailynews.com (2008-yil 28-aprel). Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ Lucille Lortel Awards. „Lucille Lortel Awards, Off-Broadway Awards“. Lortel.org. 2010-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ McNary. „Stephen Lang's Medal of Honor Movie 'Beyond Glory' Picked Up by Gravitas“. Variety Magazine (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
- ↑ Thompson, Anne. „Lang, Rodriguez armed for 'Avatar'“. Variety (2007-yil 2-avgust). 2012-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-avgust.
- ↑ „Crudup to play Hoover in 'Public' – Entertainment News, Film News, Media“. Variety. April 2, 2008. May 23, 2009da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 30, 2010.
- ↑ Biffle, Kent. „Who drilled Dillinger? Credit goes to Texan“. The Dallas Morning News (2005-yil 6-avgust). 2009-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-iyul.
- ↑ Matera, Dary. John Dillinger: The Life and Death ... - Google Books. Hachette Books, May 22, 1933. ISBN 978-0-7867-1558-9. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ Kit, Borys. „Rebecca Mader joins 'Goats' herd“. Hollywoodreporter.com (2008-yil 10-oktyabr). 2008-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
- ↑ Lawyer Breaks Down 17 Courtroom Scenes From Film & TV | WIRED (inglizcha), January 24, 2020, qaraldi: 2022-07-27
- ↑ Attendee of the ceremony for his son Sergioʻs graduation, Ricardo V Rivas, EA, president of the Texas Society of Enrolled Agents and http://www.swarthmore.edu/x28750.xml Webarxiv andozasida xato:
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh. - ↑ „Woodstock Film Festival – 2014 MAVERICK Awards“. 2016-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-yanvar.
- ↑ „Stephen Lang :: New York State Archives Partnership Trust“. www.nysarchivestrust.org. Qaraldi: 2023-yil 1-iyun.
- ↑ Roberta Bernstein, "Murder Between Friends", in Variety and Daily Variety Television Reviews, 1993-1994, January 11, 1994, p. 12
- ↑ „Going 'Beyond Glory' With Actor Stephen Lang“ (en). Military.com (2017-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.
- ↑ 27,0 27,1 27,2 Max Evry.. „Colonel Quaritch Will be the Main Villain in the Avatar Sequels“. ComingSoon.net (2017-yil 8-avgust). Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.