Foydalanuvchi:XayrinisoJorayeva/qumloq
Jessie Bonstelle (asl ismi Laura Justine Bonesteel; 1871-yil 18-noyabr[1][2] — 1932-yil 14-oktyabr) — amerikalik teatr rejissyori, aktrisa va drama truppasi rahbari. Onasining qo'llab-quvvatlashi bilan yoshligidanoq teatrda qo‘shiq aytib, rollar ijro etgan. Keyinchalik u mashhur yetakchi aktrisa bo‘lib yetishgan va Brodwayda bir necha bor chiqishlar qilgan. So'ngra, rejissyor sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab teatr truppalarini boshqargan. Brodvey spektakllariga rahbarlik qilgan, taniqli aktyorlarga aylangan ko‘plab yosh iste’dodlarni tarbiyalagan. 1925-yilda Detroit shahrida o'zining teatrini tashkil etgan. 1928-yilda Detroit Civic Theatre (Detroit Fuqarolik Teatri) sifatida qayta tashkil etilgan ushbu teatr, Amerika Qo'shma Shtatlaridagi birinchi fuqarolik teatrlaridan biri bo'lgan va uning uslubi boshqa jamoa teatrlariga ta'sir ko'rsatgan. Uni "XX asr boshlarida sahna rejissyorligida yangi yo‘l ochgan ayollardan biri" deb ta’riflashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Jessie Bonstelle biography“. Encyclopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
- ↑ 1875,1880 census records „Ancestry.com“. Ancestry.com. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.