Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Xolmetova Zilola Umirbek qizi/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SAMARQAND shahri - Samarqand viloyatining markazi. Shahar Zarafshon vodiysining òrta qismida joylashgan. Maydoni 0,09 kv.km.

SAMARQANDNING QADIMIY TARIXI

Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan VI asrgacha Suģd davlatining poytaxti bòlgan. Miloddan avvalgi 329-yilda u Iskandar Maqduniy, ya'ni Aleksandr Makedonskiy tomonidan vayron etilgan. Samarqand VI asrda Turk xoqonligi tomonidan bosib olingan va Turk xoqonligi tarkibiga òtgan. VII asr boshidan esa shahar Samarqand hokimlari qòl ostiga òtgan. Samarqand Buyuk ipak yòlining Xitoy va Òrta dengiz òrtasidagi muhim tijorat markaziga aylanadi. Markaziy Osiyodagi siyosiy va madaniy markaz bòlishi VI asrdan XII asrga qadar bòlgan davrlarga borib taqaladi. VI-VIII asrlarda Samarqand shahri Suģdning poytaxti sifatida Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Amir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida , ya'ni 1370-1499-yillarda Samarqand saltanat poytaxti bòlgan . 1500-yildan XVI asr òrtalariga qadar Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti bòlgan. 1868-yilda shahar chor Rossiyasi tomonidan zabt etilgan. 1917-yilda Samarqand shòrolar qòliga òtdi.

SAMARQANDNING BUGUNGI KUNI

Samarqand shahri Òzbekistonning san'at , sanoat ,madaniyat va sayyohlik bòyicha muhim markazlardan biriga aylandi desak mubolaģa bòlmaydi. Samarqand shahridagi buyuk obidalar hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan. Ularni Hindiston, Misr , Gretsiya va Qadimgi Rimning mashhur yodgorliklari safiga qòshib aytish mumkin. Bugungi kunda yurtimizga kòplab sayyohlar Samarqandni kòrish uchun yoģilib kelmoqda. Samarqandda Òzbekiston tarixi va san'ati tarixi muzeyi mavjud.

2001-yili Samarqand shahri YUNESKO jahon madaniy merosi ròyxatiga kiritilgan . 2007-yili ushbu shaharning 2750-yilligi nishonlanganida Rimliklar ham òz shahrining 2750 yillik yubileyini nishonladilar.[1][2]

  1. [uztarix.narod.ru „Samarqand“].
  2. [qomus.info „Samarqand shahri“].