Foydalanuvchi:Yodgor Sadiyev/qumloq
Arab san’atida asosiy o'rinni arxitektura egallagan. Arablar monumental binolar, machitlar, saroylar, maqbaralar, hammom lar va boshqa jamoat binolarini qurganlar. Arab me’morochiligining eng qadimgi yodgorliklaridan biri Quddusdagi Umar machiti deb atalgan rnachit bo'lib, u ummaviylar davrida 688-yilda qurilgan. Bu machit qubbalari juda baland, nihoyatda salmoqdor sakkiz burchakli qilib ishlangan. Unda Vizantiyaning monumental uslubi aks etgan. Ammo arablar odatda, yengil, xushbichim binolami ko'proq qurganlar. Bu binolarning xarakterli tomoni shu ediki, ularning minora va minorachalari ko'rkam, xushbichim, ustunlari ingichkadan kelgan, toqi ravoqlarining naqshi ancha jo 'n bo'lgan. Arab binolarini yanada ko'rkam qilib bezab turgan narsa uning devorlariga juda mohirlik bilan rang-barang qilib o'simliklar, qisman hayvonlar olamiga oid motivlardagi g'alati naqshlar, har xil geometrik chiziq va figuralardir. Haddan tashqari sipo, ammo o'zin in g nihoyatda nozik san’atkorona ishlanganligi bilan kishini hayratda qoldiradigan juda ziynatli naqsh solish - arab rassomchiligining xarakterli xususiyatlaridan. QoMyozmalar, kitob muqovalari mana shu xildagi rasmlar bilan bezatilgan. Hayotdan olingan xilma-xil mavzudagi ajoyib miniatyuralar ham qo'lyozmalarga bezak bo'lib xizmat qilgan. Arablarda katta hajmli sur’at bosish unchalik rivojlanmagan. Buning sabablaridan biri shu