Foydalanuvchi:Zarnigor Ubaydullayeva
Tilshunoslikning maydonga kelishi Qadimgi hind tilshunosligi
Tilshunoslikning shakllanishi bir necha mingyillik davrlarga borib taqaladi. Filologiya fanlari doktori, professor Abdulhamid Nurmonov o'zining tanlangan asarlar 1-jildida Tilshunoslikning maydonga kelishini bir necha davrlarga va xalqlar tarixiga qiyoslab <references/A.Nurmonov Tanlangan asarlar 1-jild> tahlil qilgan. Tilshunoslik fanining beshigi qadimgi Hindiston hisoblanadi. Chunki xuddi shu mamlakatda birinchi bo‘lib kishilarning aloqa vositasi bo‘lgan tilni o‘rganishga qiziqish paydo bo‘ldi. Tarixdan ma’lumki, har qanday fan kishilarning amaliy ehtiyojini qondirish zaruriyati tufayli dunyoga kelgan. Masalan, narsalarni hisoblash ehtiyoji matematikani, yerni o‘lchash ehtiyoji geometriyani, osmon jismlari harakatini o‘rganish esa astronomiyani yuzaga keltirgan. Xuddi shu singari qadimgi Hindistonda tilni o‘rganishga ham katta ehtiyoj paydo bo‘ldi. Chunki vedalar deb nomlangan hind diniy qo‘shiqlari qadimgi hind yozma tili bo‘lgan sanskritda yozilgan bo‘lib, davrlar o‘tishi bilan prakrit deb nomlanuvchi hind jonli so‘zlashuv tili undan ancha uzoqlasha boshladi. O‘rtadagi farq ko‘paygan sari sanskrit mantlarini sharhlash, izohlash ehtiyoji yuzaga keldi. Dastlabki muqaddas hind qo‘shiqlari eramizdan 1500 yillar oldin paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Sanskrit eramizdan oldin V asrdayoq jamiyatning kundalik aloqa vositasi vazifasini yo‘qotib, o‘lik tilga aylangan bo‘lsa ham, diniy va madaniy an’analarni o‘zida saqlovchi mumtoz til sifatida saqlanib keldi. Qadimgi vedalar tilini sharhlash, so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini saqlab qolish ehtiyoji tilshunoslik fanining paydo bo‘lishiga olib keldi. Sanskrit o‘zigi xos me’yorlarga ega bo‘lgan adabiy til sifatida bu me’yorlarni maxsus o‘rganishni talab qilar edi. Ana shu talab ortidan faqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishnigina emas, balki so‘z shakllarini to‘g‘ri qo‘llashni ko‘rsatib beruvchi tavsifiy grammatikalar dunyoga keldi. Grammatika hindlar tomonidan “vyakarana” (parchalash, bo‘lish) Andoza:Https://kitobxon.com/ nomlandi. Eramizdan o‘n ming yillar oldin vedalardagi tushunarsiz bo‘lib qolgan so‘zlarni izohlovchi dastlabki lug‘atlar dunyoga keldi. Qadimgi hind grammatikalari ichida eng mashhuri Panini grammatikasidir. Panini milodgacha IV asrlarda yashagan mashhur hind tilshunosidir. U tomonidan yaratilgan “Sakkiz kitob” deb yuritiluvchi grammatika nazmda yozilgan 4000 ta qoida (sutr)lardan tashkil topgan. Bu qoidalar she’riy yo‘l bilan yozilganligi tufayli, ularni yodlash oson bo‘lgan. Hind olimi Djagdish Prasad Dimrining e’tirof etishicha, Panining mazkur kitobi sanskrit morfologiyasini hayron qolarli darajada aniq va to‘liq tahlil qilgani hamda tovush tarkibini chuqur tavsiflagani bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham qadimgi hind tilshunosligi erishgan yutuqlar haqida fikr yuritilganda, Panini grammatikasiga suyaniladi. Mashhur tilshunos V.Tomsen qadimgi hind tilshunosligiga baho berar ekan, bu tilshunoslik shunday yutuqlarga erishdiki, Ovrupo lingvistlari hind tilshunosligidan oziqlangan holda XIX asrdagina ular zabt etgan cho‘qqiga ko‘tarila oldi xolos, deydi. Qadimgi hind tilshunoslari vedalarda ishlatilgan so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzini saqlab qolishga harakat qilganliklari tufayli fonetika bo‘yicha katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Ularning fikricha, veda matni to‘g‘ri talaffuz qilingandagina o‘zining diniy-magik quvvatini saqlab qoladi. Talaffuz to‘g‘riligini ta’minlashga intilish fonetik tadqiqotlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Hind fonetistlarining katta yutug‘i shundaki, ular tilshunoslik tarixida birinchilardan bo‘lib real talaffuz qilingan tovush bilan til egasi xotirasidagi shu tovushning andozasini farqladilar. Bu farqlash keyinchalik Ovrupo tilshunosligida tovush va fonema atamalari bilan ifodalandi. Shunisi xarakterliki, qadimgi hind tilshunoslari real talaffuz qilingan tovushning til xotirasidagi andozasini atash uchun maxsus sphota atamasidan foydalandilar. Hind tilshunoslari tovushlar tasnifida fiziologik tamoyilga asoslandilar. Shuning uchun tovushlar artikulyasiyasi haqida aniq ma’lumot berdilar. Ular tilshunoslik tarixida birinchilardan bo‘lib unli va undosh tovushlarni, tovushlarning cho‘ziqlik-qisqalik belgisini farqladilar. Shuningdek, urg‘uga va nutq oqimida tovushlarning bir-biriga ta’sirini o‘rganishga katta e’tibor qaratdilar. Tovushlarga fiziologik nuqtai nazardan yondashilganligi uchun hind tilshunoslari nutq a’zolari va nutq tovushlarining paydo bo‘lish o‘rinlari haqida chuqur ma’lumot berdilar. Unli va undoshlar nutq a’zolarining bir-biriga tegish-tegmasligiga ko‘ra farqlandi. Ikki nutq a’zosi bir-biriga tegib o‘pkadan chiqayotgan havoni to‘ssa, undosh, ikki nutq a’zosi bir-biriga tegmasdan, o‘pkadan chiqayotgan havo erkin o‘tsa, unli tovush hisoblandi. Qadimgi hind fonetistlari hind-ovrupo tillarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan unlilar almashinuviga alohida etibor qaratdilar. Xususan, vidya “ma’no”, veda “men bilaman”, vaidyas “biluvchi olim” so‘zlari i-e-ai tovushlarining almashinuvi asosida bir o‘zakdan xosil bo‘lgan. Qadimgi hind tilshunoslari morfologiya bo‘yicha ham qimmatli fikrlarni bayon qildilar. Ular morfologiyaning o‘rganish obekti sifatida so‘zlarni turkumlarga ajratish, ularning yasalishi va o‘zgarishini tushundilar. Hindlar to‘rtta so‘z turkumini ajratdilar: ismlar, fe’llar, oldko‘makchilar va yordamchilar. Predmetni bildiruvchi so‘zlar ismlar, harakatni bildiruvchi so‘zlar fe’llar, ism va fe’llarni aniqlab keluvchi so‘zlar oldko‘makchilar hisoblandi. Yordamchilar bog‘lovchi, qiyoslovchi va she’r ko‘rinishidagi formal element sifatida foydalaniluvchi bo‘sh elementlarga ajratildi. Olmosh va ravishlar ismlar va fe’llar tarkibida o‘rganildi. So‘z tahlilida so‘z shaklining o‘xshash va farqli belgilariga asoslandilar. Natijada bir so‘zning turli shakllarini, tarkibiy qismlarini to‘g‘ri belgilashga erishdilar. So‘z tarkibidan o‘zak, suffiks va qo‘shimchalarni ajratdilar. Qadimgi hind tilshunoslari gapning fikr ifodalash xususiyatini alohida ta’kidlasalar ham, lekin sintaksis bilan maxsus shug‘ullanmadilar. Ularning asosiy e’tibori gapning tashkil bo‘lishida xizmat qiluvchi so‘z shakllarini o‘rganishga qaratilgan. Qadimgi hind tilshunosligi erishgan yutuqlar boshqa xalqlarga ham ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, hind grammatik g‘oyalari buddizm orqali Xitoyga kirib keldi. Milodgacha bo‘lgan davrdayoq hind tilshunosligi Eron orqali Yunonistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Shuningdek, bu tilshunoslik XI asrlardan boshlab arab tilshunosligining shakllanishi va rivojiga asos bo‘lgan.
Ko‘rinib turibdiki, hind tilshunosligi g‘oyalari turli mamlakatlarga tarqalgan va tilshunoslik fanining shaklanishi hamda ravnaq topishiga zamin yaratgan. Bu qadimgi Hindiston jahon tilshunoslik fanining beshigi, degan xulosa chiqarishga to‘la huquq beradi. Manba xatosi: Invalid parameter in <ref>
tag
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash][1]\
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manba xatosi: Invalid parameter in <ref>
tag
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Andoza:Https://kitobxon.com/ nomlandi.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedA.Nurmonov. Tanlangan asarlar 1-jild