Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Asadullayeva Durdona Shuxratilla qizi

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

{{TMN}} andozasi faqatgina munozara sahifada joylashtirilishi kerak.

“Al Jome’ as-sahih to‘plamida ba’zi suralar tafsiriga oid hadislar yoritilishi ( “Niso” surasining ba’zi oyatlari misolida)

[manbasini tahrirlash]

Movarounnahrda tafsir ilmining rivoj topganini mahalliy mufassirlarning ilmiy merosi ham isbotlaydi. Bulardan biri «Muhaddislar sultoni» unvoniga sazovor bo‘lgan Abu Abdullo Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194/810-256/870)dir. U nafaqat hadisda, balki tafsir sohasida ham shuhrat qozongan. Kalit so‘zlar: Movaraunnahr,ibn Xaldun, tafsir, muhaddislar, Ibn Abbos, “Niso”surasi, sariya

Movarounnahrda islom dinining tarqalishiga qadar ham ilm-fan taraqqiy topgan, olim va savodxon kishilar ko‘p bo‘lgan. Mintaqaga islom dini kirganidan keyin esa, u yirik ilmiy markazga aylangan. Bunga asosiy sabab sifatida mahalliy aholining qadimdan ilmu ma’rifatli, madaniyatli bo‘lgani va shu sababdan yangi din aholi tomonidan katta to‘siqlarsiz qabul qilinib, ziyoliy qatlamlarning mazkur dinni ilm darajasida yuqori cho‘qqilarga olib chiqqanlarini ko‘rsatish mumkin. Mashhur olim Ibn Xaldun (732/1332-784/1382) ham ushbu fikrni ta’kidlab, bu yerda ilmli kishilarning ko‘p bo‘lishi islom madaniyati va bilimlarining tez taraqqiy etishiga xizmat qilganini aytadi.[1] Tez orada Movarounnahrda ilm maskanlari shakllangan, allomalar, qomusiy olimlar yetishib chiqa boshlagan, islomga oid barcha ilmlar qatori tafsir ilmi ham rivoj topgan. Hatto, aholining oyatlarni tezroq tushunishlari uchun ba’zan tarjimalarga ham ruxsat berilgan. Shu tariqa Movarounnahrda islom dinining tarqalishi barobarida Qur’on va tafsir ilmlari ham rivojlangan. Movarounnahrdagi ilk tafsirlar bayon etilgan asarlar sifatida Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, ad-Dorimiyning hadis to‘plamlari yoki tafsirga oid asarlarini aytib o‘tish mumkin. Chunki ularda Qur’on tafsirlari va unga bag‘ishlangan maxsus boblar bo‘lgan. Shuningdek, Jaloluddin as-Suyutiy ham mufassirlarni to‘rt jamoaga bo‘lib, ularning ikkinchisini mufassirlardan iborat muhaddislar jamoasi deb sanaydi. Bular o‘z hadis to‘plamlarida alohida bir bob (kitob)ni tafsirga bag‘ishlagan mazkur muhaddislarni Movarounnahrdan chiqqan ilk mufassir olimlar deb aytishga sabab bo‘la oladi.[2]

Movarounnahrlik mufassirlarning asosan hanafiy mazhabida bo‘lganini alohida ta’kidlash zarur. Chunki ushbu mazhab bu hududda bir necha asrlardan beri chuqur ildiz otgan. Ko‘plab movarounnahrlik olimlar o‘zlarining boy ilmiy asarlari bilan mazkur mazhabning yanada jadallashuviga katta turtki berganlar.

Buyuk muhaddislardan hisoblangan Imom al-Buxoriy «al-Jomius sahih»da tafsirga oid hadislarni ham jamlagan. Jumladan, alohida tafsirga bag‘ishlagan «Qur’on tafsiri kitobi» bobida, Fotiha surasini tafsir qilib, unda Abu Said ibn Mullodan rivoyat qilingan Qur’onning eng ulug‘ surasi Fotiha ekani to‘g‘risidagi hadis keltiriladi.

Imom al-Buxoriy hadislar orasidan o‘z shartlariga to‘g‘ri kelganini saralab olgani bois, hamma oyatlarning sharhlari bo‘lmasligi mumkin. Bu tafsirlar naqlga asoslangan tafsirlar bo‘lib, asosan sahobalardan Abu Hurayra, Anas ibn Molik, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Umar, Oisha, tobe’inlardan Mujohid, Qatoda, Ikrima, Masruqlarning rivoyatlari borligi bilan e’tiborga loyiq.

Mazkur asarning yana bir qismi «Qur’on fazilatlari kitobi»ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Qur’on o‘qish, uni takrorlash va o‘rgatish fazilati kabi mavzular yoritilgan. Bu ham Imom al-Buxoriyni mufassirlardan ekanini ko‘rsatmoqda. Chunki naqliy tafsirlar hadisning bir turi bo‘lib, hadis mazmunan Qur’onni sharhlaydi. Bu esa, hadis bilimdonining tafsirni bilishidan dalolat beradi.

“Al- Jome’ as-sahih”dagi tafsir bobiga bag‘ishlangan qismida “Niso” surasi oyatlariga ko‘plab hadislar keltirib o‘tilgani bilan e’tiborga loyiq. Mazkur suradagi yetimlar va ularning haqqi, izboshchilarga itoat qilish tog‘risidagi oyatlar sahih hadislar bilan tafsir qilingan. “Niso” surasi 3-oyatdagi “Agar yetimlarga adolat qila olmasangiz” oyatidagi yetimlardan murod kim ekanligi haqida hadis keltiriladi.


﴿وَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تُقۡسِطُواْ فِي ٱلۡيَتَٰمَىٰ فَٱنكِحُواْ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثۡنَىٰ وَثُلَٰثَ وَرُبَٰعَۖ فَإِنۡ خِفۡتُمۡ أَلَّا تَعۡدِلُواْ فَوَٰحِدَةً أَوۡ مَا مَلَكَتۡ أَيۡمَٰنُكُمۡۚ ذَٰلِكَ أَدۡنَىٰٓ أَلَّا تَعُولُواْ٣﴾

Ibn Shihobdan rivoyat qilinadi: “Urva ibn Zubayr xabar qiladiki, u Oisha roziyallohu anhodan Alloh taoloning “ Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo‘rqsangiz....” degan so‘zi haqida so‘ragan ekan, shunday debdi: “Ey jiyanim, u valiysining qaranog‘ida bo‘lgan qizlar, uning moliga sherik bo‘lgan yetim qizdir. Uning moli va jamoli valiysini qiziqtirib qolib, unda mahriga amal qilmay, unga boshqalar beradigancha berib, uylanmoqchi bo‘ladi. Shu bois ularga adolat qilib, urfdagi mahrlarning eng yuqorisini bermasalar, ularni nikohga olishdan qaytarildilar va o‘zlariga yoqqan boshqa ayollarni nikohga olishga buyurildilar”.[3]

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ وَأُوْلِي ٱلۡأَمۡرِ مِنكُمۡۖ ٥٩﴾ 

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:

“Allohga itoat qiling, Rasulga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshchilarga otoat qiling” (oyati) Abdulloh ibn Huzofa ibn Qays ibn Adiy haqida nozil bo‘ldi. O‘shanda Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni sariya* bilan yuborgan edilar.[4]

Imom al Buxoriy “Al Jome as-Sahih” asaridagi tafsirga bag‘ishlangan mazkur bobda Fotiha, Baqara, Oli Imron, Niso, An’om kabi 85 ta suradagi oyatlarning tafsirlari o‘rin olgan va jami 358 ta oyatga sharh berilgan.


[1] Moziydan taralgan ziyo. Imom al-Buxoriy, T., 1998; [2] Tafsir ilmiga kirish. Maxsudov D.R.  – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: «Qaqnus» nashriyoti, 2019. - 186 bet. ISBN: 978-9943-05-691-6 [3] Oltin silsila: 6-juz: Sahihul Buxoriy-Toshkent:” Hilol-Nashr” 2020.-688b [4] *sariya- jang qilish uchun yoki ma`lumot olib kelish uchun dushman tarafga yuboriladigan kichik qo’shin. Asadullayeva Durdona Shuxratilla qizi (munozara) 11:28, 23-Iyul 2022 (UTC)

SHARQ ALLOMALARI MEROSIDA ISLOM ILMLARINING O`RGANILISHI: ABU BAROKAT AN NASAFIYNING FIQH ILMIGA QO`SHGAN HISSASI

[manbasini tahrirlash]

Movarounnahrdan ko‘plab olimlar yetishib chiqib, ilm-fanning turli sohalari rivojiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Islom dinining rivojiga o‘z ilmlari bilan ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalar sababli Movarounnahr butun musulmon olamida katta shuhrat qozondi. Ayniqsa, mintaqadagi olimlar tomonidan islom ilmlarida yaxlit ta’limotlarga asos solinishi bu diyorning nufuzini yanada oshirdi. Tafsir, fiqh, kalom ilmi, tasavvuf va shu kabi ko`plab islom ilmarida mashhur allomalar yetishib chiqdilar.Shunday allomalardan biri, islom ilmlariga benazir hissa qo‘shgan sharq ulamosi Abul Barakot Nasafiydir.

Nasafdan yetishib chiqqan zabardast olimlardan biri Abul Barakot Nasafiy o‘zining chuqur bilimi, tafsir, aqida va fiqh sohalarida malakali mutaxassis bo‘lgan. Abul Barakot Nasafiyning to‘liq ismi – Hofizu-d-din Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy bo‘lib, Muhammad Shafiq Gʻirbolning «al-Mavsuatu-l-arabiyati-l-muyassara» («Arabiy yengil qomus») asarida allomaning tavalludi 629/1232 yil deb berilgan. Abul Barakot Nasafiy haqida ko‘plab arab bio-bibliografik manbalarida qisqa va bir-birini takrorlaydigan ma’lumotlar berilgan.[1] U adabiyotlarda quyidagicha tavsiflangan: «Shayx, ulug‘ imom, peshqadam alloma, Yer ahlining ustozi, sunnat va farzning jonlantiruvchisi, Qur’on ma’nolarini kashf qiluvchi, ta’vilning nozik jihatlarini biluvchi, Ilohiy kalom tarjimoni, ma’oni va bayon ilmlari sohibi, fiqh va usulu-l-fiqhning bilimdoni, aqliy va naqliy masalalarning tayanchi, din va millat himoyachisi, islom va musulmonlar yetakchisi, payg‘ambarlar ilmlari merosxo‘ri, yetuk mujtahid, muhaqqiq olimlarning mashhuri».

U Nasafda tug‘ilgan bo‘lsa-da, Buxoroda ta’lim olgan, yoshlik davri diniy-ilmiy muhitda o‘tgan, ilm talabida ko‘plab mamlakatlarga borgan va katta obro‘-e’tibor topgan. Ilmga berilib, siyosiy jarayonlardan uzoqda bo‘lgan va ilmiy doiralarda katta shuhrat qozongan. Uning nomi juda ko‘p joylarga tarqalgan. Taxminan 1280 yillarda Kirmon shahridagi «al-Qutbiyatu-s-sultoniya» madrasasida mudarrislik qilgan. So‘ng, Bag‘dodga kelib, u yerda talabalarga ta’lim bergan. Nasafiy juda taqvodor va diyonatli bo‘lgan. Arab va fors tillarini mukammal bilgan.

Olim fiqh sohasida furu’u-l-fiqh va uslu-l-fiqh yo‘nalishida faoliyat olib borgan. Uning fiqh sohasidagi iqtidori, salohiyati asarlarida ko‘zga tashlanadi. Fiqiy masalalarni matn va sharh yo‘nalishida bayon qilishi olimning mohir faqih sifatida e’tirof etilishiga zamin yaratgan. Uning usulu-l-fiqh sohasida asarlarida fiqhiy fonun-qoidalar tizmli tartiblab berilgan. Olimning fiqhiy asarlarini quyida atroflicha ko‘rib chiqamiz:

«Kanzu-d-daqoiq» («Nozik masalalar xazinasi») asari islom huquqi bo‘yicha «al-Hidaya»dan keyingi o‘ringa qo‘yiladi. «Kanzu-d-daqoiq» kitobida fiqhiy masalalar keng yoritilgan bo‘lib, Abu Hanifa, Abu Yusuf, Imom Muhammad, Imom Zufar, Imom Molik va Imom Shofiiy kabi mujtahid olimlarning qarashlari keltirilgan. Unda ibodat (namoz, ro‘za, zakot, haj), muomalot (savdo, ijara, qarz kabi odamlar o‘rtasidagi munosabatlar), hadlar (jazo) kabi turli masalalar bayon etilgan. U fiqhga oid eng moʻjaz kitoblardan sanaladi. Shu sabab ham unga mutaaxxir olimlar e’timod qiladilar va hanafiy olimlari orasida ko‘p mutolaa qilinadi. Olimlar uni mashhurlikda «Muxtasaru-l-Quduri»dan keyingi o‘ringa qo‘yadilar va moʻtabar kitoblar sirasiga kiritadilar. Asar Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod Kirmoniy tomonidan fors tiliga va Ahlulloh ibn Abd Rahim tomonidan urdu tiliga tarjima qilingan. Bundan tashqari u bir necha bor qayta ko‘chirilgan va 1307/1890 yilda Qohirada, 1294/1877, 1312/1895 yillarda Laknau hamda boshqa shaharlarda ham nashr etilgan.

«Kanzu-d-daqoiq»ga o‘ndan ziyod sharhlar yozilgan. Ularga misol qilib, imom Faxriddin Abu Muhammad Usmon ibn Ali Zaylaiyning «Tabyinu-l-haqoiq lima fihi ma intazaa mina-d-daqoiq» («ad-Daqoiqdan olingan masalalar haqiqatini yoritish», 1313-15/1896-98 yillarda Qohiraning Buloq mavzesida 6 jildda nashr etilgan), Badruddin Mahmud ibn Ahmad Ayniyning «Rumuzi-l-haqoiq» («Haqiqat ishoralari», 1285/1869 va 1299/1882 yillarda Buloqda nashr etilgan), Zayn Obiddin ibn Najm Misriy (vaf. 970/1562-63 y.)ning «al-Bahru-r-roiq fi sharh Kanzu-d-daqoiq» («Kanzu-d-daqoiqning Tiniq dengiz nomli sharhi», bu asar eng e’tiborli sharhlardan biri bo‘lib, 1334/1916 yilda 8 jildda Qohirada nashr etilgan) kabilarni  sanab o‘tish mumkin.[2]

Usulu-l-fiqhga oid: Muallifning «al-Manor» («Mayoq») nomli asari usulu-l-fiqh va uning qonun-qoidalari haqida bo‘lib, unda Qur’on, hadis, ijmo va qiyos asosida hukm olish kabi uslublar bayon etilgan. U olimlar tomonidan usulu-l-fiqh sohasidagi qisqa, lekin juda foydali va hanafiy mazhabiga oid eng mashhur asarlardan biri sifatida tan olingan. Muallif uni hanafiy mazhabining ikki buyuk imomi–Bazdaviy va Saraxsiyning usul kitoblari asosida yozgan. Unga ba’zi o‘rinlardan tashqari qo‘shimchalar kiritmagan, tartib usuli ham istisno holatdan tashqari Bazdaviyning tartib usuliga o‘xshab yaxshi tartiblangan hamda daqiq so‘zlar, latif iboralar qo‘llanilgan.

Abul Barakot usulu-l-fiqh sohasida ham kuchli bilimdon bo‘lib, bu sohaga oid «al-Manor» asari va uning sharhi «Kashf al-asror»dan tashqari mazmun hamda uslub jihatidan bu ikkoviga yaqin yana bir kitob yozgan deb taxmin qilish mumkin. Chunki olimning fiqhga oid 5 ta, aqidaga oid 4 ta asarining mavjudligi uning bir sohada bir necha kitoblar yozish odati borligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, Abul Barakotning ushbu yangi asari hajm jihatidan kengroq yozilgan bo‘lib, ehtimol, muallif mukammalroq kitob yozmoqchi bo‘lgandir. Demak, usulu-l-fiqhga oid yana bir kitob yozgani haqiqatdan yiroq emas. Faqat buni tadqiq qilish oldinda turgan vazifalardan biridir.[3]

Nasafiyning diniy ilmlardagi keng qirrali bilimi va boy ilmiy merosidan dalolat beradi. Ular nafaqat o‘sha davrning, balki hozirgi kunning talabiga ham javob beradi. Asarlarda ko‘tarilgan masalalarning dolzarbligi bois ularga asrlar osha ko‘plab sharh va hoshiyalar yozilgan.


[1] 2017, TextRoad Publication ISSN: 2090-4274 Journal of Applied Environmental and Biological Sciences

[2] Makhsudov, D. (2019). A genius of the world. ISJ Theoretical & Applied Science, 05 (73), 544-548.

[3] Abul Barokat Nasafiy. Davron Maxsudov .- Toshkent 2021

Asadullayeva Durdona Shuxratilla qizi (munozara) 11:36, 23-Iyul 2022 (UTC)

Nutq madaniyati

[manbasini tahrirlash]

Nutq madaniyati avvalo,to`g`ri,adabiy til me`yorlariga amal qilgan holda so`zlashdir. Nutq madaniyatining yuqori darajasi madaniyatli kishining ajralmas xususiyati hisoblanadi. Nutqimizni yaxshilash har birimizning vazifamiz. Buning uchun talaffuzda, so'z shakllaridan foydalanishda, jumlalarni tuzishda xato qilmaslik uchun nutqimizni kuzatib borishimiz kerak.

Nutq madaniyati til ilmining nisbatan yosh sohasidir. Ushbu fanning mustaqil bo'limi sifatida, u mamlakatimizda yuz bergan tub ijtimoiy o'zgarishlar ta'siri ostida shakllandi. Faol ijtimoiy faoliyatga keng odamlarni jalb qilish ularning nutq madaniyatini oshirishga e'tiborni kuchaytirishni talab qildi". Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega. Madaniyatning keng tushunchasi, shubhasiz, aloqa madaniyati, nutq xulq-atvori madaniyati deb nomlanadigan narsani o'z ichiga oladi. Unga egalik qilish uchun nutq odob-axloqining mohiyatini tushunish muhimdir.XV asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan. Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida nutq madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi. Asadullayeva Durdona Shuxratilla qizi (munozara) 08:57, 24-Iyul 2022 (UTC)

IMOM MOTURIDIY VA “ TA`VILOT AHLI SUNNA” ASARI

[manbasini tahrirlash]

Movarounnahrda kalom ilmining rivojlanishida, shubhasiz buyuk mutakallim Abu Mansur Moturiydining (vaf. 333/944 y.) o‘rni nihoyatda katta bo‘lgan. U yashagan davrga kelib (IX asrning oxiri – X asrning birinchi yarmi) islom dinida paydo bo‘la boshlagan turli guruh va firqalarning soni ko‘payib ketgan edi. Bu hol imon-e’tiqod masalalarida ko‘plab ixtiloflarni keltirib chiqardi. Shunday guruhlardan biri mu‘taziliylar bo‘lib, ular aqidaviy masalalarni sharhlashda naqliy dalillardan (Qur’on va hadis) aqliy dalillarni ustun qo‘yar edilar. Natijada salaf hamda ahli hadis ulamolari orasida kalom ilmiga nisbatan tanqidiy fikrlar paydo bo‘la boshladi. Mana shunday murakkab sharoitda ulug‘ mutakallim Abu Mansur Moturidiy yetishib chiqdi va vujudga kelgan muammoli vaziyatni ilmiy asosda bartaraf etishda o‘zining katta hissasini qo‘shdi. Shu tariqa Moturidiy hanafiy mazhabi asoschisi Abu Hanafaning (699-767 y.) ta’limotiga suyangan holda o‘ziga xos kalom maktabini yaratdi. Moturidiyning Movarounnahr kalom maktabi rivojiga qo‘shgan hissasini yuzaga chiqarish XI asrda Movarounnahrda o‘ziga xos bir an’anaga aylandi deyish mumkin. (Sh.Ziyodov, Moturidiy hayoti va me'rosi, 2000)

Lekin Moturidiy vafotidan keyin Movarounnahrda mazkur maktabning mavqei ma’lum darajada susaya boshladi. Shuning uchun Moturidiydan keyin Movarounnahrda uning ta’limotini to‘g‘ri talqin qilib keng targ‘ib qiladigan hamda asossiz fikr va tanqidlardan uni himoya qila oladigan bir guruh olimlarga zarurat sezila boshlagan edi.Manbalarda yozilishicha, Abu Mansur Moturidiy asli Samarqandning Moturid (Moturit) qishlog‘ida tug‘ilgan, to‘liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiydir. U Abu Bakr Juzjoniydan hanafiy fiqhini, an’anaviy islom mezonlari va uni atroflicha qamrab olish, izchil tahlil qilish, aqlan fikr yuritib, ilohiyot borasida munozaralar olib borishni esa Abu Nasr Iyodiydan o‘rganadi. Imom Moturidiy faqatgina kalom va fiqhda emas, tafsir sohasida ham yangi bir zamin ochgan. O‘zidan avvalgi olimlar Qur'oni Karimni rivoyatlarga asoslangan holda tafsir qilib kelgan bo‘lsalar, Imom Moturidiy aqlga tayanuvchi hamda “ta'vil” deb nom olgan usulda Qur'on oyatlarini sharhlashga kirishdi. Keyinchalik tafsir ilmida bu uslubga “aqliy tafsir usuli” nomi berildi va bu yo‘nalishda, avvalo, hanafiylar, qolaversa, boshqa mazhab namoyandalari tomonidan o‘nlab tafsirlar bitildi. Oxirgi vaqtlarda Movarounnahr hamda turkistonlik hanafiy-moturidiy olimlariga oid tafsirlarning nashrdan chiqishi bilan hanafiy-moturidiy ta'vil-tafsir an'anasining mavjudligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu an'anaga tegishli ko‘plab qo‘lyozmalar kutubxonalarning chang tokchalari yoxud xususiy arxivlarda saqlanmoqda. Buyuk ajdodlarimizning islom ilmlari sohasidagi ilmiy merosi ayni  kungacha dunyo musulmonlari hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xususan, yurtimizdan chiqqan faqih va kalom ilmi allomalarining islom huquqshunosligi, tafsir va aqida ilmi borasida to‘plagan ilmiy-amaliy tajribasi yurtimizda Qur’on va fiqh ilmlari rivojiga munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu borada “Imomul huda” – Hidoyat imomi, “Musahhihu aqiydati ahlis-sunna” – Ahli sunna aqidasini to‘g‘rilovchi,“Imomul mutakallimiyn” – Mutakallimlarning imomi degan sharafli martabalar bilan e’zozlangan Imom Moturidiy ilmiy merosining qadri va qiymati baland.( Uning bugungi kungacha yetib kelgan asarlaridan eng mashhuri va ilmiy qimmati bilan eng ahamiyatli sanalgani, shubhasiz, “Ta’vilot al-Qur’on”dir. “Ta’vilot al-Qur’on” asari – moturidiya ta’limoti asosi. Unda hanafiylik, Ahli sunna val jamoaning butun aqidasi ta’lif qilingan. Asarda mo‘’tazila, xavorij, rofiza, karromiy, jahmiy, mushabbiha kabi botil firqalarning, munajjim, folbin va shular singari insonni sog‘lom fikrdan chalg‘ituvchilarning qarashlari, g‘oyalari, iddaolari, hozirgi zamon istilohi bilan aytganda, demagogiyasi munoqasha qilingan va barchasiga ilmiy asosda raddiya berilgan.Abu Mansur Moturidiy nomi tilga olinganda, avvalo butun musulmon olamida e’tirof etilgan ikki aqidaviy ta’limot – ash’ariya va Moturidiyaning biri ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.( Zarnews.uz /Tohir Evadullayev/ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi )

“Ta’vilot al-Qur’on” asari – moturidiya ta’limoti asosi. Unda hanafiylik, Ahli sunna val jamoaning butun aqidasi ta’lif qilingan. Asarda mo‘’tazila, xavorij, rofiza, karromiy, jahmiy, mushabbiha kabi botil firqalarning, munajjim, folbin va shular singari insonni sog‘lom fikrdan chalg‘ituvchilarning qarashlari, g‘oyalari, iddaolari, hozirgi zamon istilohi bilan aytganda, demagogiyasi munoqasha qilingan va barchasiga ilmiy asosda raddiya berilgan. (Muminov. Dissertatsiya. – B.59)

Shu sababli ham Qur’oni karimning tafsiri va ta’viliga bag‘ishlangan bu asar asrlar davomida o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelyapti, uning ma’no-mazmuni bugungi kunda ham o‘ta dolzarb bo‘lib, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda muhim o‘rin tutmoqda.

Asardan ko‘plab hadislar, sahobalarning so‘zlari o‘rin olgan. Xususan, Abdulloh ibn Abbosdan naql qilingan rivoyatlar juda ko‘p o‘rinda zikr etiladi. Tadqiqotchilar to‘qsonga yaqin sahoba va tobe’inning nomlari qalamga olinganini hisoblab chiqqanlar. Bundan tashqari, yigirmadan ziyod lug‘at va tafsir ulamosi fikrlaridan foydalanilgani qayd etilgan. Ularning avvalida Ali ibn Hamza Kisoiy, Yahyo ibn Ziyod Farro, Abu Ubayda Ma’mar ibn Musanno, Ibn Qutayba, Mubarrad, Zajjoj turadi.Ta’kidlash lozimki, yurtimiz musulmonlari Moturidiya ta’limotiga e’tiqod qilsa va muallif alloma vatandoshimiz bo‘lsa hamki, buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy qalamiga mansub “Ta’vilot al-Qur’on” asari hozirgi davrga qadar O‘zbekistonda jiddiy o‘rganilmagan edi. Turli fitnalar girdobidan omon qolib, e’tiqodni sog‘lom tutish mashaqqatli bo‘lib borayotgan, jahonda biri biridan murakkab va keskin siyosiy-ijtimoiy jarayonlar kuzatilayotgan, buzg‘unchi kuchlar Islom dinidan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanayotgan bugungi vaziyatda dinu diyonatimizning eng muhim asoslaridan biri bo‘lgan bu asarni o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr ettirish o‘ta zarur va g‘oyat dolzarb ishlardan biriga aylandi.

Tarjimani mukammal amalga oshirish maqsadida asar yaqindan o‘rganildi. Xorijdagi moturidiyshunos olimlar bilan muloqotlar o‘tkazildi, ulardan maslahatlar olindi. Jumladan, Qur’on, tafsir ilmlari bo‘yicha taniqli olim, moturidiyshunos, Turkiyaning Fotih Sulton Mehmet universiteti doktori Ahmad Sa’d Damanhuriy, Turkiyaning Marmara universiteti professori, doktor Umar Chelik, taniqli moturidiyshunos olim, “Ta’vilot al-Qur’on” asarining turk tiliga tarjimoni, professor Yusuf Shavqiy Yavuz kabi olimlar bilan fikr almashildi. Yusuf Shavqiy Yavuz bilan uning Samarqandga tashrifi chog‘ida ham bevosita muloqot qilindi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasi o‘laroq, bugun o‘zbek tilidagi “Ta’vilot al-Qur’on” asari dastlabki 30-juzining nashri dunyo yuzini ko‘rdi va bu, albatta, davlatimiz Mustaqilligining 30 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi.

Mazkur asardagi Qur’oni karim suralarining tafsiri Quron oyatlari ma’nosini yanada yaxshiroq anglashga, buyuk Imom Moturidiy ta’limotini tushunishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Imom Moturidiyning merosi nafaqat mutakallimlar, balki dunyoviy ilm vakillari, keng jamoatchilik tomonidan ham yuqori baholanmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1.Sh.Ziyodov, Moturidiy hayoti va me'rosi, (2000)

2.Muminov. Dissertatsiya. – B.59

3.Zarnews.uz Tohir Evadullayev. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi (2021)

Asadullayeva Durdona Shuxratilla qizi (munozara) 10:53, 24-Iyul 2022 (UTC)

Ubaydulla Uvatov o`chmas merosi

[manbasini tahrirlash]

O’zbekiston asrlar davomida barcha barcha ilmlarda ko’plab buyuk allomalar yurti bo’lib kelgan. Hozirda ham bu diyorning zabardast olimlari ajdodlar ilmiy me’rosiga munosib hissa qo’shib, ularning ishlarini davom ettirib kelmoqdalar. Ko’hna yurtimizning olimlari qoldirgan asarlar ming yillar davomida ilm ahli orasida doimiy o’rganilib, keng istefoda etib kelinmoqda. Ajdodlar ilmiy me’rosini o’rganib, ularni xalqga yetib borishi uchun xizmat qilgan, o’z hayotini ilm-u ma’rifat tarqatishga bag’ishlagan taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov ulug’ allomalarga munosib avlod bo’ldilar. Alloh taolo o’zining kalomida “Alloh sizlardan iymon keltirganlarni va ilm berilganlarning darajalarini ko’tarur. Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir”[1],-deydi. Shuningdek, ilm olish, unga amal qilish, ilm tarqatishning naqadar ulug’ vazifa ekanligiga dalolat qiluvci hadislardan biri, Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Men uchun ilmning fazli ibodatning fazlidan mahbubroqdir”, - dedilar. Boshqa bir hadisi qudsiyda “Ibrohim alayhissalomga Alloh vahiy yuborib:  “Ey Ibrohim, Men Olimman va barcha olimlarni yaxshi ko’raman”, - dedi”.Chindan ham, hech bir olim yo’qki, ilmning qaysi jabhasi bilan mashg’ul bo’lmasin, Alloh taolo uning darajasini ko’tarib, bandalarining eng afzali qilgan. Sharqshunos, manbashunos, arabshunos Ubaydulla Uvatov ham ana shunday olim insonlardan bo’lib, o’z ilmiy faoliyatlari davomida Toshkeislom universiteti manbalar xasinasi mudiri, Imom Buxoriy xalqaro markazi rahbari, 2017-yildan umurlarining oxirigacha Imom Termiziy xalqaro ilmiy  tadqiqot markazi direktori hamda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islom sivilizatsiyani o’rganish ISESCO” kafedrasi professori sifatida xizmat qildilar. Umrlari davomida ko’plab shogirdar, doktorlar yetishtirgan professor Ubaydulla Uvatov ilmning bir qancha yo’nalishlari bo’yicha asarlar yozib, xalqimizga yetkazdilar. Jumaladan, ko’hna tariximizni o’rganib, asl haqiqatlarni ko’rsatish uchun olib borgan ishlar davomida Ibn Arabshohning Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan nodir asari “Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur” nomli asarini o’zbek tiliga tarjima va tadqiq qildilar.

    Shu asar asnosida“Amir Temur Tarixi” nomi bilan desertatsiya yoqladilar. Bu to’g’risida olimning o’zi: “ Ushbu asar Amir Temur hazratlarining hayot yo’llari, u kishining olib borgan faoliyati, qilgan ishlari haqida juda ham mukammal ma’lumotlar beradigan ishonchli yozma manbalardan hisoblanadi. Chunki, u 12 yoshligida Damashqdan ota-onasi va qarindoshlari bilan Samarqandga ko’chib kelib, 8 yilga yaqin Samarqandda yashaydi va bir necha yillar Samarqandda bo’lgani uchun Amir Temurni shaxsan ko’rganligi hamda u kishi haqidagi ma’lumotlarga keng ko’lamda ega bo’lganligi bois, bu asar jonli bir guvoh bo’lgan muallifning asari sifatida ilm ahllari tomonidan yuqori baholanadi. Mana shu asarni biz o’zbek tiliga tarjima qilib, nashr etishga muyassar bo’ldik. 1992 yilda 2 jildlik “Amir Temur tarixi” nomi ostida nashr etildi”Shuningdek, manbashunos, hadisshunos olim Ubaydulla Uvatov asosiy e’tiborni hadis ilmiga qaratdilar[2]. Movarounnahr va Xuroson muhaddis olimlarning hayot faoliyati, ularning asarlari ustida ilmiy izlanishlar olib borib, katta muvaffaqiyatga erishdilar. Bu olimlarning hayoti va ijodiga bag’ishlangan o’nlab risolalarning muallifi sifatida tanildilar. “Hadis ilmining sultoni”, “Imom Buxoriy hayoti”, “Muhaddislar imomi”, “Abu Iso at-Termiziy”, “Muslim ibn al-Hajjoj”,”O’zbekiston buyuk allomalar yurti”, ”Movorounnahr va Xuroson olimlarining hadis ilmi rivojida tutgan o’rni” kabi asarlar hadis ilmi bo’yicha dasturi amal hisoblanadi. Izlanuvchan olim aqida ilmi bo’yicha ham qator asarlarni o’rganib, ilm ahliga taqdim etdi va o’z asarlari bilan xalq e’tiborida ma’rifat tarqatadigan haqiqiy ziyoli olim sifatida tan olindi. Abul Muyin Nasafiy hazratlarining asarlarini o’rganib, asrlar davomida unutilgan asarlarni yana omma e’tiboriga havola qildilar. “Abu Muyin Nasafiy. Hayoti va merosi” risolasi tufayli buyuk allomaning ijodiga O’zbekistonda qiziqish boshlandi, asarlari tarjima qilinishga turtki bo’ldi.

Ustoz shogirdlar tayyorlash bilan ularni ham ilmiy nashrlar undab keldi. Buning natijasida “Abul Muyin Nasafiy “ Tabsirotul adilla” asari tarjimasi” va “Moturudiya ta’limoti va Abul muyin Nasafiy ilmiy me’rosi” dunyoga kelgan.

2019 yil 25-26 dekabr kunlari Qarshi shahrida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan alloma – Abul Muyin Nasafiy” mavzusida xalqaro kanferensiya bo’lib o’tdi. Kanferensiyaning yakuniy yalpi yig’ilishida ustoz Ubaydulla Uvatovning ko’p yillik samarali mehnati, nasaflik allomalar hayoti va ilmiy me’rosini o’rganish borasida olib borgan ilmiy tadqiqotlarini hisobga olib, u kishini “Ubaydulla Nasafiy” deb aytish taklifi bildirildi.[3] Ustoz bu e’tirofga haqli ekani bir ovozdan tasdiqlandi.Shuningdek, U.Uvatov O’zbekiston radio va televideniyasiga ko’p chaqiriladigan, tomoshabin va tinglovchilar diqqat e’tiboriga sazovor bo’lgan olimdir.  Uning OAV dagi chaqirishlari doim imtiqlik bilan kutib olindi va ijobiy rezonans berardi. Hozirgi kunda U.Uvatov keng xalq ommasiga, ayniqsa, yoshlarga allomalarimiz haqidagi bilimlarni yetkazishning qo’llab kelganlar. Jumladan, ularning “Zamaxshariy” filmi(2010 y.) “Hakim Termiziy” filmi(2017 y.) “Allomai Zamon” (2019 y.) spektakli ko’plab tomoshabinlarda ilqi taassurotlar qoldirgan. Hamda, Ubaydulla Uvatov mas’uliyatli, talabchan muharrir sifatida “Islom nuri” gazetasi, Imom Buxoriy saboqlari” jurnalining tahrir hay’ati a’zosidir. O’zbek xalqining aziz ustozi, dunyo tanigan olim, manbashunos, hadisshunos, arabshunos, filolog professor Ubaydulla Uvatovning bizga qoldirgan ilmiy me’roslarini o’zlarining davomchilari o’laroq yetishtirgan shogirdlari, muhabbat bilan ilm nurini qalblariga singdirgan xalq o’z ustozining xotirasini abadiy xotiralarida muxrlagay. Ustozning o’zlari o’rgatlaridak, “ Ilm izlashda va ma’rifat ulashishda hamisha harakatda bo’lish va bu yo’ldan also to’xtamaslik kerak” degan ezgu o’gitlari biz shogirdlar uchun mazmunli hayotimiz va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimiz asosi bo’lib xizmat qiladi. Ustozimizning “Xorazmlik buyuk alloma” nomli risolalari, ayniqsa, men kabi ko`plab yosh izlanuvchilar uchun ajoyib to`plamdir. “Nabavig` al-kalim” bobida kelgan nafis iboralar bizga ilm yo`lida tayanch bo`la oladi: “ Yoki ilmli bo`l, loaqal ilmga tayanib ish qiladigan bo`l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo`l, ammo to`rtinchisi bo`lma, chunki kasodga uchrab halok bo`lasan”.[4]



[1].Tafsiri Hilol. 6-juz. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tuzatilgan va to’ldirilgan qayta nashr. – T.:”Hilol-nashr”, 2013

[2] Imom Moturudiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi web-sayti. Professor Ubaydulla Uvatov Amir Temur haqid

[3] Ilmu ma’rifatga baxshida umur. Saidmuxtor Oqilov.– T.: O’zXIA nashIryot matbaa birlashmasi, 2020. B-118.

[4] . Ubaydulla Ubvatov “Xorazmlik buyuk alloma” risolasi. Asadullayeva Durdona Shuxratilla qizi (munozara) 10:54, 24-Iyul 2022 (UTC)

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz. Siz yaratgan "Niso" surasining ba`zi oyatlarining hadis orqali bayoni nomli sahifa bizning siyosatimizga mos kelmaydi, shu sababli tezda oʻchirish mezonlarining „VP:TOʻM#M1 va VP:TOʻM#M2“ bandiga binoan oʻchirishga nomzod sifatida koʻrsatildi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirmaslik lozim, deb hisoblasangiz, bu haqda uning munozara sahifasida tayinli sabab(lar) keltirgan holda bayon eting.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! vikichizar💬 06:24, 11-Mart 2023 (UTC)

qanaqa o`chiradi tushunolmadim 91.188.155.91 17:11, 4-Aprel 2023 (UTC)
o`zilar o`chirb qo`ya qolilar 91.188.155.91 17:13, 4-Aprel 2023 (UTC)