Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Bakhtiyor Tursunov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
   Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Bakhtiyor Tursunov!
Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi?
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Humoyun Qodirov (munozara) 07:36, 5-Mart 2023 (UTC)

Maqolalarni oʻchirish

[manbasini tahrirlash]

Salom, Bakhtiyor Tursunov. Sizga tegishli boʻlgan 61 ta maqola oʻchirilganligi yuzasidan telegramda qilgan murojaatingizga javob:

  1. Ushbu maqolalar VP:IVGga binoan yozilmagan va maqolalarda juda koʻplab imloviy va grammatik xatolar mavjud edi.
  2. Maqolalarda keraksiz holatlarda ham, baʼzilarida butun maqolada, ichki havolalar berilgan
  3. Maʼlumotlar aniq manbalar bilan tasdiqlanmagan. Adabiyotlar qismida koʻrsatilgan asardan koʻchirilgan boʻlsa, ushbu adabiyotning CC litsenziyasiga ega ekanligi asoslanmagan.

Ushbu sabablarga koʻra sizning maqolalaringiz oʻchirilgan. Ularni sifatli va asosli shaklda qayta yaratishingiz mumkin. Sizda qoʻshimcha savollar boʻlsa telegramdagi uzwikichat guruhida yozishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:17, 13-Mart 2023 (UTC)

Shuningdek, sizga Wikipedia foydalanuvchilarini hayotda taʼqib qilish mumkin emasligi haqidagi qoidani eslatib oʻtmoqchiman. Bu holat wikipedia maʼmuriyati tomonidan qattiq qoralanadi. Shuning uchun savollarni munozara sahifalarida yoki telegram guruhida qoldiring. Rahmat Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:18, 13-Mart 2023 (UTC)