Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Dexqon

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Dexqon!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Nataev munozara 05:25, 9-Fevral 2022 (UTC)

Yana bir bor salom! Vikipediyada faqat ensiklopedik ahamiaytga ega shaxslar haqida maqola yozish mumkin. Oʻzbek-oʻzini maqtar, qabilida oʻzi haqida maqola yozish esa ne privetsvuetsya. Nataev munozara 05:28, 9-Fevral 2022 (UTC)

Assalomu Aleykum kechirasiz men AKT soxasida 12 yildan beri faoliyat olib boraman. O'zbek tilining izohli lug'ati, Muslim taqvimi kabi millionlab odamlar foydalanuchchi dasturlarni tuzib halqimizga bepul yetkazganman. Evaset avtomatizatsiya tizimiz esa xozrda minglab tadbirkorlar biznesini rivojiga xissa qo'shmoqda. Hammasini halqimiz uchun qildik o'zimiz uchun 2019-yil O'zbekistonda eng yaxshi dasturchi sifatida Tahsin mukofotini oldim, Unicorns grandini yutganman. Manapoliya qilib olmaylik vikipediyani axir Evaset xuddi 1c va Moy sklad kabi platforma ularni wikiga joylashgan va xechkim bloklamaganku ruslar. Telegram va Durovlar ham bor. Ular kabi dinimizga ko'p foyda beruvchi 500 ga yaqin dastularimiz bor. Dexqon (munozara) 10:53, 9-Fevral 2022 (UTC)
Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar) buyerda qonunan yozib qoyilganku Dexqon (munozara) 11:21, 9-Fevral 2022 (UTC)
@Dexqon, Evaset haqidagi maqolangizda "O‘zbekistondagi yagona (yoki ilk) avtomatizatsiya dasturi" deb yozgandiz-a? Yolg‘on gapirayotganingizni bilarmidingiz? Avtomatizatsiya dasturini sizdan oldin Unicon, Simplex kompaniyalari allaqachon yaratishgan, ular ham blokcheyn texnologiyasiga ega. Maqolangizda na asos, na rost gap, na ensiklopedik ahamiyat bor. Jamshid Nurqul (munozara) 12:17, 9-Fevral 2022 (UTC)
Yagona deyilganda birinchi yoki ilk deyilmayabdi bunda Evasetga tarif berilmoqda. Ushbu evaset tizimi Unicorns grandini olgan. Xozirda rasmiy faoliyat olib bormoqda va butun halqimiz iqtisodida katta o'zragtirish qilmoqda. Shaxsimga kelsek Wikipediya qoidalariga mos keluvchi grand va unvonlarni olganman. Katta auditoriyaga ega dasturlarim ham 10 lab topiladi. O'zbek tilini izohli lig'atini to'liq versiyasini birinchi bo'lib men ishlab chiqqanman (bundan siz ham foydalanasiz balkim). Sizlar Wikini monopoliya qilyabsizlar va bu ochiq oydin sezilib qolyabdi. Yosh olimlarga imkon bermaysizlar o'sish uchun va o'zingiz ham o'smaysiz. Evaset va men tuzgan dasturlarni halqimizga wikidan ko'ra ko'proq foydasi tegadi. Bu haqida kerakli joylarga murojaat qilaman shunday qoldirmayman. Dexqon (munozara) 12:54, 9-Fevral 2022 (UTC)

Nega bizni to'sasizlar?

[manbasini tahrirlash]

Men Shoxjaxon Dexqon o'zim haqimda wikipediyaga yozdim. Wikining asosiy qoidalari bo'lgan Dasturchilar haqida bo'limida keltirilgan talablarga mos va kerak bo'lsa ortig'i bilan miografiyaga ega shaxs sifatida kiritdim. Lekin qo'shilgan ma'lumot o'chirib tashlandi. Sabab nimada? Nega monopoliya wikipediya? — Bu xabarni Dexqon (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

Salom, @Dexqon:. Birovni ayblab, bir gapni aytishdan oldin, Vikipediya oʻzi nima, uni qanday qoida va mezonlari borligi bilan bir qiziqib koʻrdingizmi oʻzi? Quyida siz bergan barcha savollaringizga Vikiqoidalarga asosan javob yozilgan:
  1. Vikipediyada oʻzi yoki maqola muallifi shaxsan manfaati boʻlgan shaxslar (yaqin qarindoshlar, rahbarlar va ilmiy rahbarlar, raqiblar va boshqalar) haqida maqola yaratish ragʻbatlantirilmaydi.;
  2. Siz yaratgan maqolalar mavzusi yoki predmeti ensiklopedik ahamiyatga ega emasligi haqida munozara sahifangizga darhol xabar qoldirildi;
  3. Vikipediyani hech kim monopoliyaga aylantira olmaydi;
  4. Hozirda hayot boʻlgan kishilar mavzusi Vikipediyada maqola yaratilishiga (ensiklopediyaga) loyiq boʻlishi kerak;
  5. Siz 100 ta Tahsiz mukofoti bilan taqdirlangan boʻlishingiz mumkin. Lekin, siz haqingizdagi yozilgan maqolani oʻzingizgina tasdiqlasangiz, bu safsatadan boshqa narsa boʻlmaydi. Qolaversa, Tahsin eng muhim, nufuzli va obroʻli professional mukofotlar va boshqa mukofotlar (faxriy stipendiyalar, faxriy unvonlar va sanʼat sohasidagi davlat mukofotlari, nufuzli akademiyalarga saylanish) turkumiga kirmaydi.

Endi siz oʻzingiz haqingizda yuqorida qilgan daʼvolaringizni nufuzli manbalar orqali tasdiqlab:

  1. AKT soxasida 12 yildan beri faoliyat olib borayotganingizni;
  2. Hammasini halqingiz uchun qilganingizni;
  3. „Yosh olim“ ekanligingizni;
  4. Qandaydir Evaset va siz tuzgan dasturlarni halqingizga wikidan ko'ra ko'proq foydasi tegishini;
  5. „Dasturchilar haqida bo'limida keltirilgan talablarga mos va kerak bo'lsa ortig'i bilan miografiyaga ega shaxs“ ekaningizni;
  6. O'zbek tilini izohli lig'atini to'liq versiyasini birinchi bo'lib siz ishlab chiqqaningizni isbotlab beringchi. Bu gaplarni sizga nisbatan oʻzingiz emas, biror bir mutaxassiz aytgan nufuzli manba bormi? Maqola mavzusi yoki predmeti dasturchilarning aynan qaysi meʼzoniga toʻgʻri kelishini ayta olasizmi?

Sizga shaxsiy savolim ham bor edi: „O'zbek tilini izohli lig'atini to'liq versiyasini birinchi bo'lib ishlab chiqqan“ kishi sifatida aytingchi, Assalomu alaykum deb yozganda, Aleykum soʻzi bosh harf bilan yoziladimi yoki kichik harf bilanmi? Yaratgan lugʻatingizda foydalanuchchi, halq, xozrda, xissa, manapoliya, xechkim, xozir, o'zragtirish, soxa, kelsek degan soʻzlarning izohi bormi? Oʻzbekchada ligʻat nima degani „yosh olim“? — Kagansky (munozara) 16:33, 9-Fevral 2022 (UTC)

Men hammasini isbotlab beraman.
Evaziga sahifalarimni tiklab berishga vada bersangizgina hammasini aniq dalillar bilan keltirib beraman.
Lekin siz bunday qilolmaysiz, tan olgingiz kelmaydi. Agar rostdan Wiki monopoliya bo'lmasa aloqaga chiqing tgdan @coder_91 Barcha ma'lumotlarni tashlab beraman. Aynan dasturchilar talabiga mos keluvchi omillarni. Dexqon (munozara) 17:13, 9-Fevral 2022 (UTC)
Hasad ham evi bilanda. Monopoliyaga qarshi kurash sahifasiga kerakli manbalar bilan tayyor turibdi. Yana shaxsimni kasitishga urinsangiz va yoki meni dalillarimni assoiz deb topsangiz aniq bu borada jiddiy kurashaman ))) Dexqon (munozara) 17:21, 9-Fevral 2022 (UTC)
Sizga yuqorida 3 kishi oʻzbek tilida yozgan gaplarni oʻqib, tushunishga harakat qilib koʻrdingizmi oʻzi? Aytgan gaplaringizga hasadim emas rahmim kelyapti. Telegramda safsatabozlik qilish uchun boshqa sherik toping. Vikipediya uchun sizning isbotingiz emas, nufuzli manbalarning oʻzigina yetarli boʻladi. Siz avval Vikipediya qoidalari bilan tanishib chiqing; yuqorida oʻzingizni maqtab yozgan barcha daʼvolaringizga nufuzli manba keltiring; berilgan savollarga javob berib koʻring (sizdan farqli ravishda, sizning barcha savollaringizga isboti bilan javob berildi yuqorida); oʻzbek tilida imlo xatolarisiz yozishni oʻrganishga harakat qilib koʻring. Hammasini menga emas, xalqqa isbotlab bering. Aytmoqchi, Vikipediyada foydalanuvchilarga tahdid qilganlar darhol bloklanishi kerakligini ham bilsangiz foydadan holi boʻlmaydi. Trollik qilishdan foyda yoʻq. — Kagansky (munozara) 17:53, 9-Fevral 2022 (UTC)
Men monopoliyaga qarshi kurash komitasiga kerakli arizlarni tayyorladim. Vikipediyani administratoriga ham bu haqida yozib tashlab qo'yaman batafsil.
1. Akt soxasida ilk dasturlarim 2010-yillar jar va jad applar bilan boshlangan.
2. Bu yerda Play Marketga joylagan dasturlarimni hammasi bepul va faqat halqimiz, yoshlarimiz ilm olishi uchun chiqarilgan jami muallifligimda 500 dan ortiq adashmasam.
3. Yosh olim sifatida 2019 yillari avjiga chiqqan edik xozr qarib qoldik ancha Buyerda bilib olishingiz mumkin
4. Evaset ko'plab tadbirkorlarni bankrotlikdan olib chiqqan. Buni harbirini o'z tarixi bor.
5. Doimiy telekanllarda dasturchi sifatida juda ko'p takliflar qilishadi. Va xozrda dasturlarimdan foydalanuchilar soni 2 mlndan ziyod.
6. Buyerda izoxli lug'atni mobil to'liq versiyasini aynan men tuzganim haqida dalillar juda ko'p.
Vikipediya sizniki bo'lgan taqdirda ham yozilgan qonun qoida hammaga barobar bo'lishi kerak. Meni ham siz bilan tgda gaplashaman degan vaqtim yoq aynan mavzuga oid suxbat qilish kerak bo'lsa degandim. Aslida bitta moderatorsizlar nari borsa. Hamma narsa o'tkinchi kibrlanib o'zizdan birkimlarni yasab olmang.
Men qonuniy hal qilaman vaziyatni. Aniq monopoliyaga qarshi kurashaman. Dexqon (munozara) 18:20, 9-Fevral 2022 (UTC)
Bemalol xohlagan komitaga yozavering. Oʻzbekchada haqida → haqda, soxa → soha, halq → xalq, xozr → hozir, izox → izoh, suxbat → suhbat deb yoziladi. Monopoliyaga qarshi kurash komitasi emas qoʻmitasi boʻladi. Telegram, YouTube, Play Marketlar Vikipediya uchun nufuzli manba boʻlolmaydi. — Kagansky (munozara) 18:39, 9-Fevral 2022 (UTC)
Telegram, YouTube, Play Marketlar nufuzli bo'la olmasa Hudodan vahiy kelishi kerami? Aytdimku shunchaki istalgan manbani keltirsam ham tan olmaysizlar chunki monopol qilib olgansizlar o'zilarcha ))) Dexqon (munozara) 18:59, 9-Fevral 2022 (UTC)
Istasangiz interpolga murojaat qiling. Yozayotgan gaplaringizdan viki nima ekanligini tushunmaganingiz ayon. Play Marketda ilovalaringizni chiqarganingiz, sizni nufuzli shaxsga aylantirmaydi. Play Marketga har qanday kishi yaratgan ilovasini chiqarishi mumkin (maʼlum xarajatlarini amalga oshirgan holda). Kimdir kalkulyator vazifasini bajaruvchi ilova yaratib, uni Play Marketga chiqarsa, sizningcha nufuzli shaxs boʻladimi? Izohli lugʻatni mobil versiyasini ishlab chiqqan boʻlsangiz nima boʻlibdi? Kimdir biror kitobni elektron variantini olib, uni ilova koʻrinishida saytiga joylab qoʻysa, shu kishi haqida ham maqola boʻlishi kerakmi vikida? Qachon avjiga chiqdingiz, hozir qarib qoldingizmi yoki yoʻq, bu hech kimga qiziq emas, siz 100% emas, 200% ensiklopedik ahamiyatga molik shaxs emassiz. Keyin, ijtimoiy tarmoqlar nufuzli manba boʻlmaydi, bu borada koʻproq maʼlumot uchun VP:Nufuzli manbalar sahifasi bilan tanishib chiqing. Aytmoqchi, maʼlumot uchun Vikipediya AQShda joylashgan Vikimedia Jamgʻarmasiniki. Malikxan munozara 19:01, 9-Fevral 2022 (UTC)
Hop shu gapingizda turing monopollar )). Fbga post qilsam butun fb kuldi wikigayam ishonadimi odam deb. Sizlar o'zilardan birkimlarni yasab olibsizlar. Bunaqa saytdan 100 tasini tuzib chiqa olamiz Allohga shukr. Men emas o'zbek Wikipediyasi arzimaydi meni sahoifam buyerda turishiga. Molxona bo'lib ketibdi. Nufuzli deb adashibman. Qaytib buyerga kirganim ham yozganim ham bo'lsin. Lekin monopol qilganingiz uchun javob berasizlar. Interpolmas oddiy hodimlar masalelarni hal qilib qoyadi )) Dexqon (munozara) 19:25, 9-Fevral 2022 (UTC)
Birinchidan Oʻzbek Vikipediyasi emas, Oʻzbekcha Vikipediya. Sal kallangizni ishlatib koʻrsangiz, farq borligini sezasiz. Yuqorida aytib oʻtganimdek, ushbu loyiha AQShda joylashgan Vikimedia Jamgʻarmasiga tegishli. Oʻzbekiston hukumati bilan hech qanday aloqasi yoʻq. Facebookda post qilasizmi yoki yoʻq, bu oʻzingiz kabi ahamiyatsiz. Bunaqa saytlardan 100 tasi tuzaman deb karillagancha, toʻgʻri yozishni oʻrganing. Bu yerga qaytib kirmasangiz, yaxshi, mamnunman bundan. Vikini sizga oʻxshaganlar oʻzi haqida maqola yaratib, molxona qiladi. „Masale“miz koʻrib chiqlishiga kelsak, tahdid qilmang. Keyingi safar ogohlantirishsiz bloklanishingiz mumkin. Malikxan munozara 19:44, 9-Fevral 2022 (UTC)
Vaye-vaye bir unvon tegib qolibdida ))). Hudo saqlasin biror mahalla kamteti bo'lib qolsanglar prezidentdek yurasizlar ekanda ))). Lekin rostdan ustilardan yomon kulishyabdi FB da ))) Dexqon (munozara) 20:02, 9-Fevral 2022 (UTC)
FBda kulayotganlar siz kabi viki nimaligini bilmaydiganlar. Umuman olganda, yuqorida yozganimdek, FBda nima qilishayotgani siz kabi "ahamiyatsiz". Aytmoqchi, qaytib yozmoqchi emas edingiz-ku, nima boʻldi? Malikxan munozara 20:24, 9-Fevral 2022 (UTC)
@Dexqon assalom-u alaykum, xabaringizda youtube va telegram kanaldan havolalar qoldirganingizga koʻzim tushdi. Agar siz keltirgandek boshqalar ham youtube videolardan yulib ma'lumotlar toʻldirganida 100 dan oshiq anashunday manbasi bor shaxslarda ham sahifalar boʻlar edi. Lekin bu yerda youtube, telegram kanallar va ayrim shunga oʻxshash bir nechta manbalar yuqorida ta’kidlashganidek nufuzli va oʻrinli manbalar boʻlib xizmat qilmaydi.
Agar OAV'lar siz haqingizda (reklama asosida emas) alohida xabarlar yoritishgan boʻlsa manbalar keltiring, boʻldi, sahifangiz qoladi. Quyidagi soʻngi kiritilgan sahifani koʻrib chiqishingiz mumkin - Inkuzart. Mirshohid Ismatov (munozara) Mirshohid Ismatov (munozara) 20:18, 9-Fevral 2022 (UTC)

Nima valdirash bu @Dexqon:? Ong bormi? Qanaqa molxona? Qanaqa xodim? Vikipediya — onlayn ensiklopediyadir. Unda hamma Vikipediya qoida va meʼzonlariga rioya qilgan holda maqolalar yaratib, ularni bemalol tahrirlashi mumkin. Unga axlat tashlaydigan mollarga esa oʻrin yoʻq. Foydalanuvchi unga berilgan ogohlantirishlarga qaramay, yosh bolalarcha qilgan tahdidlari uchun 1 oyga bloklandi. — Kagansky (munozara) 20:38, 9-Fevral 2022 (UTC)

@Dexqon:. Yozinshingizdan „Oʻzbek tilini izohli lugʻati“ni dasturini tuzganingizga shubham bor. Sabab: hodimlar emas xodimlar, halqimizga emas xalqimizga, xullas hammasini sanamayman.
P.S. Oʻzim ham ancha yillardan beri IT sohasidaman. Buanaqa saytdan 100 tasini tuza olmaysiz.
P. P. S. Yaratgan Applaringizni yarimdian koʻpi Android Book App Maker da qiligan ekan. Bundan tashqari, 3. Yosh olim sifatida 2019 yillari avjiga chiqqan edik xozr qarib qoldik ancha Buyerda bilib olishingiz mumkin deb aytib koʻrsatuvda allaqachon chiqqan (1996) chiqqan Booking.com ni copysini qilib gapiribsiz. —ITPRO.UZ (munozara) 21:41, 9-Fevral 2022 (UTC)