Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Dilbar Elamanova (Ismatullayeva)

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Dilbar Elamanova (Ismatullayeva)!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Optima D (munozara) 22:47, 2-Avgust 2022 (UTC) Optima D (munozara) 22:47, 2-Avgust 2022 (UTC)

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Maqolangizni Barbara Waltersga koʻchirdim. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlari buzib emas, aslidek yozilishi kerak. Maqola boshida kishi ismidan keyin qavs ichida talaffuzini keltiring, shunda qanday talaffuz qilinishi bilib olish muammo boʻlmaydi. Masalan: Barbara Walters (talaffuzi: Barbara Uolters) amerikalik yozuvchidir. iltimos, maqola ichidagi shu kabi kamchiliklarni bartaraf eting. Rahmat. Malikxan munozara 17:12, 7-Avgust 2022 (UTC)

Assalomu alaykum. Tarjima maqolamga qilgan foydali tahrirlaringiz uchun minnatdorman! Elmurodjon qizi (munozara) 18:35, 17-Avgust 2022 (UTC)

Salomat boʻling! Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 06:12, 26-Avgust 2022 (UTC)

Ocharchilik, jonivorlar

[manbasini tahrirlash]

Salom. Munozara:Jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik va Munozara:Ocharchilik munozalarda fikringizni qoldirsangiz, iltimos. 84.54.122.156 11:45, 22-Avgust 2022 (UTC)

Men ham uzr soʻrayman, ozgina qoʻpol gapiribman Muzaffar murodovich (munozara) 05:39, 23-Avgust 2022 (UTC)

Hechqisi yoʻq, men ham sizdan uzr soʻrayman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 07:23, 23-Avgust 2022 (UTC)
Shifokor ordeni
Hurmatli Dilbar Elamanova (Ismatullayeva), Tibbiyotga doir mavzularda maqolalar yaratayotganingiz, mavjud maqolalar sifatini yaxshilayotganingiz, boshqa foydalanuvchilarga berayotgan yordamingiz uchun sizni „Shifokor“ ordeni bilan taqdirlayman. Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun rahmat. Umarjon Rahimov (munozara) 06:08, 26-Avgust 2022 (UTC).
Tashakkur, Umarjon aka! Bu eʼtirof meni yanada ruhlantirdi:) Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 18:06, 26-Avgust 2022 (UTC)

Hormang! Boshqa tarmoqlarda yozishning ilojini topolmaganim uchun shu yerda yozyapman. Har holda bu gaplar Vikipediyaga aloqador. Kecha menga telefon qilib ulanolmagan ekansiz, boshqa insonga telefon qilib, men bilan koʻrishmoqchi ekaningizni aytgan ekansiz. Sababini bilsam boʻladimi? Jamshid Nurqul (munozara) 16:01, 13-Noyabr 2022 (UTC)

Ogohlantirish

[manbasini tahrirlash]

Xayrli kun! Real, yaʼni Vikipediya tashqarisidagi hayotda foydalanuvchilarni taʼqib qilish, ularga tahdid solish qatʼiyan man etiladi. Bizga kelib tushgan maʼlumotlarga koʻra, administratorlarimizdan biri ish joyida yoki yoʻqligi, kimlar bilan qayerlarga borayotganligi haqida boshqa foydalanuvchidan Telegram orqali agressiv ohangda soʻragansiz, administratorning oʻziga esa nomaqbul ohangda, „WikiStipendiya“ doirasida taqdim etilgan laptop arzon ekani va, kerak boʻlsa, qaytarib berishga tayyor ekanligingizni aytib, shaxsiy xabarlarni yuborgansiz. Yozgan xabarlaringiz skrinshotlari bilan barcha administrator tanishib chiqdi.

Oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan boʻlsa-da, Vikipediyada harassment, yaʼni taʼqib, jumladan, Vikipediya tashqarisidagi taʼqibga umuman yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan nari 1) Faqat foydalanuvchilarga ularning sahifasida yozilgan va ular maʼqul koʻradigan kanallar orqali aloqaga chiqing. „Menga Telegram orqali yozishingiz mumkin“, deb yozilmagan boʻlsa, ushbu platforma orqali aloqaga chiqmang. 2) Marafon doirasida berilgan mukofot haqida istehzo bilan yozmang. Sizdan boshqa foydalanuvchiga koʻproq foydasi tegishi mumkin edi. U darajada yoqmagan boʻlsa, boshida olishdan bosh torting edi.

Buni ogohlantirish oʻlaroq qabul qiling. Agar yana takrorlansa, bloklanishingiz, hatto bir umrga chetlatilishingiz mumkin.

Hurmatli Abdulla, Nataev, Malikxan, bu ogohlantirishdan sizlarni ham xabardor qilmoqchiman. Jamshid Nurqul (munozara) 12:53, 14-Noyabr 2022 (UTC)

Xayrli kech! Skrinshotlar bilan tanishib chiqdim. Ogohlantirish oʻrinli: Vikipediyada ham, Vikipediya tashqarisida ham hech qanday taʼqibga toqat qilmaymiz. Dilbar, bunday holat boshqa hech qachon takrorlanmasin. Aks holda ogohlantirishsiz bloklanasiz. Bizda hozircha arbitraj qoʻmitasi yoʻq, shuning uchun administratorlar mustaqil ravishda bunday chora koʻrishga haqli. Nataev munozara 14:52, 14-Noyabr 2022 (UTC)
Assalomalekum, skrinshotlarni toʻliq koʻrib chiqmagan koʻrinasiz, afsuski🙂 Aks holda kamsitishni kim boshlaganini tushungan boʻlardingiz, bunga ishonchim komil. Ayol kishining bir qoʻngʻirogʻini taʼqib oʻlaroq qabul qiluvchilarga, ochigʻi, bir ogʻiz ham gapim yoʻq. Odamlarning koʻngli bu qadar noziklashib ketgan zamonda nima ham deya olardim. Tushuntirishni qabul qildim, Nodir aka. Shunday holat takrorlansa, ogohlantirishsiz bloklanishga roziman. Sizga hurmat bilan Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 17:41, 14-Noyabr 2022 (UTC)
Skrinlar toʻliq koʻrilgan. Sovrin uchungina u guruhga kirganingizni va kimligingizni bilaman, bunaqa gaplarni birovdan yashirib nima qilaman? Meni taʼqib qilishingizdan maqsad nima ekanini aytmadingiz, balki shunga oydinlik kiritarsiz?! Jamshid Nurqul (munozara) 17:52, 14-Noyabr 2022 (UTC)
Mening nima haqida oʻylab guruhga kirganim, kimligim, hissiyotlarim, oʻylarim, maylimi ular uchun oʻzim javob bersam? Nimani oʻylab, nimani his qilib biror xatti-harakatni bajarganimni maylimi oʻzim hal qilsam? Aynan kimligingizni bilaman iborasi meni shu darajada xafa qildiki, shu yergacha kelib turibmiz. Kimligimni bilsangiz, juda ham mamnunman bundan. Bagʻoyatda mamnunman. Sizni taʼqib qilmadim, shunchaki bir yaqin insonimning tavsiyasiga koʻra yuzma-yuz koʻrishib, vaziyatga oydinlik kiritib, mendan ayb oʻtgan boʻlsa, kechirim soʻrash niyatida edim. Shu xolos. Hammasiga oydinlik kiritildi. Menimcha endi suhbatga yakun yasasak boʻlar. Salomat boʻling. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 18:01, 14-Noyabr 2022 (UTC)
„Vikini vallomati“ ekanimni hammani oldida kesatib, hechqancha vaqt oʻtmay uzr soʻrashga shoshib qoldingizmi? Ishondim. Yarashib turibdi sizga bu. Jamshid Nurqul (munozara) 18:22, 14-Noyabr 2022 (UTC)
Dilbar, kechirim soʻrashni chindan istagan odam foydalanuvchining munozara sahifasida ila kechirim soʻraydi. Jamshid Toshkentda emas, Afrikada boʻlganda nima qilar edingiz? Nozik koʻngil haqida esa piching qilmang. Bizda hech qanday harassment toqat qilinmaydi, tamom vassalom. Nataev munozara 04:22, 15-Noyabr 2022 (UTC)
Xoʻp, Nodir aka. Boshqa qaytarilmaydi. Buyogʻiga oʻylabroq ish qilishga harakat qilaman. Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 04:33, 15-Noyabr 2022 (UTC)

Har kuni 10 tahrir

[manbasini tahrirlash]

Men 2023-yildan boshlab koʻngilli sifatida oʻzbekcha Vikipediyada har kuni 10 ta yangi tahrirni amalga oshirishni oʻz oldimga maqsad qilib qoʻygan edim. Bugun mana shu vaʼdamni Vikipediya tarixiga muhrlamoqdaman. Balki har kuni buning uchun vaqt ajrata olmasman, lekin baribir umumiy hisobni togʻrilab, toʻldirib qoʻyaman. Bugun 2023-yilning 500-tahririni amalga oshiraman. Xudo menga yor boʻlsin!❤️ Dilbar Elamanova (Ismatullayeva) (munozara) 20:55, 19-Fevral 2023 (UTC)

Whatʼs new? UzTurizm (munozara) 16:36, 9-Aprel 2023 (UTC)

Mas’uliyatdan voz kechish

[manbasini tahrirlash]

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekcha Vikipediada roʻy bergan voqealar ortidan har kuni 10 tahrir mas’uliyatimdan va Vikipedia bilan bogʻliq ambitsiyalarimdan voz kechaman.

You have been a medical translators within Wikipedia. We have recently relaunched our efforts and invite you to join the new process. Let me know if you have questions. Best Doc James (talk · contribs · email) 12:34, 13 August 2023 (UTC)

„Yil maqolasi“ yulduzi

[manbasini tahrirlash]
„Yil maqolasi“ tanlovi gʻolibi
„Yil maqolasi“ tanlovi gʻolibi
„Yil maqolasi“ tanlovi gʻolibi
Hurmatli Dilbar Elamanova (Ismatullayeva), siz tomoningizdan yaratilgan/toʻldirilgan/status uchun nomzodlikka qoʻyilgan „Viruslarning ijtimoiy tarixi“ maqolasi 2022-yilning tanlangan maqolasi sifatida tanlangani bilan tabriklab, sizga ushbu yulduzni topshiraman. Yoqimli tahrirlar!

Jamshid Nurqul (munozara) 23:06, 22-Yanvar 2024 (UTC)