Foydalanuvchi munozarasi:Durdona.Choriyeva

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ballija gʻori[manbasini tahrirlash]

Piщera

Ballija gʻori-Turkiyaning Tokat shahri Pazar tumanida joylashgan. Yana bir nomi Indere gʻori boʻlib, dunyoning sakkizinchi moʻjizasi nomini olgan.3,5 million yillik Ballija gʻori dunyoning eng yirik va koʻrkam gʻorlaridan biri sifatida tanilgan. Ballija gʻori ilk marta 1987-yilda „Anqara gʻor tadqiqot uyushmasi“ tadqiqotchilari tomonidan oʻrganilgan va 1990-yilda ikkinchi marotaba oʻrganishlar natijasida uning xaritasini yaratishgan. Bundan soʻng ham bir necha tadqiqot ishlari olib borilgan va 1996-yilda ziyoratchilarga ochilgan. Uning atrofidagi tabiiy yashash joylari 2007-yilda qoʻriqlanadigan tabiiy hudud sifatida roʻyxatga olingan va „Tabiat bogʻi“ maqomini olgan. Ballija gʻori 2019-yilda „Yunesco Jahon Merosi Roʻyxati“ga kiritilgan.

Xususiyatlari[manbasini tahrirlash]

Tokat Ballija gʻori bir qancha xususiyatlari bilan boshqa gʻorlardan farq qiladi. Oʻlkamizdagi eng koʻp xonali va stalaktitlardan vujudga kelgan gʻor hisoblanadi. Boshqa gʻorlarda uchramaydigan ikki xususiyati stalagmit stalaktitlar va piyoz shaklidagi stalaktitlar yer olganligidadir. Gʻor besh qavat va toʻqqiz xonadan iborat. Boʻyi 680 metr, balandligi 94 metrni tashkil qiladi. Yoz mavsumlarida harorati 17 daraja, qishda esa 24 daraja issiqlikga ega. Gʻor ichidagi kislorod miqdori 18-21 foizni, namlik miqdori 40-80 foizni tashkil etadi. Gʻor uning ichidagi kristallashgan ohaktosh ustunlari, piyoz shaklidagi stalaktitlari, har xil ranglar uygʻunligi, gʻor gullari va hovuzlari, chiroyli tasvirlarga boyligi bilan dunyoga tanilgan.

Shifobaxshligi[manbasini tahrirlash]

Tabiatning ajoyib moʻjizasi boʻlgan Ballija gʻori yoki Indere gʻori, ayni paytda turli xil kasalliklarga davo boʻlmoqda. Astma va bronxit bezovta qiladigan insonlar bu yerga kelib ,3-4 soat oʻtirib, nam va kislorodga boy havosidan nafas olsa, yanada ahvoli yaxshilanishi aytilmoqda. Durdona. Choriyeva (munozara) 09:59, 3-Dekabr 2022 (UTC)[javob berish]

Ballica Magarasi