Assalomu alaykum, hurmatli CHDPU WikiKlubi aʼzosi! Siz yopiq guruhda oʻz foydalanuvchi nomingizni yozish orqali WikiStipendiya 3-mavsum guruhlarga boʻlinish yaʼni saralash bosqichiga avtomatik ravishda qoʻshildingiz, tabriklaymiz!
CHDPU WikiKlubi tomonidan topshiriq quyidagicha:
Sizdan shunday bir maqola tarjima qilish soʻraladi-ki, ushbu maqolada bilgiquti boʻlishi kerak. Maqolaningizni baholash davomida uning sifatiga juda diqqat bilan eʼtibor berishingiz, yaxshilab tahrirlashingiz soʻraladi. Shuningdek, 1 dona mustaqil maqola yaratishga urinib koʻrishingiz mumkin. Mustaqil maqola yozish majburiy emas, biroq muvaffaqiyatli yozilgan mustaqil maqola sizga qoʻshimcha ball olib keladi.
Bu ishlar uchun sizga Telegram yopiq guruhimizdagi videodarslar yordam beradi.
Hormang! Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun rahmat. Ammo tarjima qilayotganda muayyan qoidalarga amal qilish kerak. Mazmunsiz, avtomat tarjima maqola yaratishni toʻxtating. Masalan, Robert Garriott maqolasini olaylik. „second-eldest son“ jumlasini „ikkinchi to'ng'ich o'g'li“ oʻlaroq oʻgiribsiz, „asos bergan“ kabi tushunarsiz jumlalarni ishlatibsiz. Bu mazmunsiz tarjimadir. AT maqolalar tezda o‘chiriladi. Ogohlantirishlarga qaramay, mashina tarjimasidan iborat kontent yaratishda davom etgan foydalanuvchilarga qarshi esa keskin chora koʻriladi. Nataevmunozara 20:08, 22-iyul 2024 (UTC)
Salom hurmatli Ezoza2005
Siz bilan Wikistipendiya marafonida birga ishtirok etayotganimda mamnunman. Vikipediya uchun foydali tahrirlar qilishingizdan umidvorman.
Sizdan shunday bir maqola tarjima qilish so'raladi-ki, ushbu maqolada so'zlar soni 400 tadan kam bo'lmaslgi ham navboks, ham noerkin fayl, ham bilgiquti bo'lishi kerak. Maqolaningizni baholash davomida uning sifatiga juda diqqat bilan e'tibor berishingiz, yaxshilab tahrirlashingiz so'raladi.
Mustaqil maqola yozish majburiy emas, biroq muvaffaqiyatli yozilgan mustaqil maqola sizga qo'shimcha ball olib keladi.
Vikipediyafoydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.
Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.
Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.
Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.
Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.
Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!