Foydalanuvchi munozarasi:Fayozaqarshiyeva
Quyosh
[manbasini tahrirlash]Quyosh atmosferasi tabiatiga koʻra, 3 ta asosiy qatlam, yaʼni eng pastki qatlam — fotosfera, oʻrta qatlam — xromosfera va tashqi qatlam — quyosh tojidan iborat. Quyoshning qariyb barcha nurlanish energiyasi fotosferadan sochiladi. Fotosferaning modda zichligi 3-10 ~7g/sm³, fotosferada temperatura tashqi qatlamlarga oʻta borib kamayadi va uning oʻrtacha qiymati taxminan 6000 K, fotosfera chegarasida deyarli 4200 K boʻladi. Bosimi 2-104dan 102N/m2gacha oʻzgarib turadi. Fotosfera ostida qalinligi 200 ming km konvektiv zona joylashgan. U fotosferaga taʼsir etib turadi, natijada fotosferaning ravshanligi notekis donador (granula) tuzilishga ega va u oʻzgarib turadi. Fotosfera granulalarining diametri 150-1000 km, „yashash davri“ 5-10 min. Granulalarning ravshanligi oʻrtacha fondan =10 % ga ortiq. Fotosferada radial yoʻnalishda kvazidavriy tebranishlar harakati topildi. Bu tebranishlar 2-3 ming km oʻlchamdagi maydonlarda 5 min. davr bilan va 500 m/sek tezlik amplitudasi bilan sodir boʻladi. Bir necha tebranish davrlaridan soʻng soʻnib, yana qayta hosil boʻlishi mumkin. Fotosferada dogʻlar va mashʼallar deb ataluvchi Quyosh yuzasining detallari kuzatiladi. Quyosh dogʻlari kuchli (5000 e) magnit maydoniga ega. Odatda, Quyosh dogʻlari yuliq toʻrsimon yorugʻ maydonchalar — mashʼallar bilan oʻralgan. Ular Quyosh diski cheti yaqinida yaqqol koʻrinadi va ravshanligi atrofnikidan 18 % ga ortiq. Mashʼallarning temperaturasi ham atrofnikidan bir necha yuz gradusga ortiq. Mashʼallar ustida, xromosferada flokkulalar kuzatiladi. Quyosh dogʻlari atrofida xromosfera va Quyosh tojida protuberanetslar deb ataluvchi gaz bulutlari, sirtmoqsimon gaz oqimlari ham kuzatiladi. Quyosh atmosferasining bu detallari Quyosh dogʻlari bilan birgalikda Quyosh yuzasining aktiv sohalarini tashkil etadi. Fayozaqarshiyeva (munozara) 07:41, 12-Oktyabr 2023 (UTC)