Foydalanuvchi munozarasi:Husen Fayzullayev
https://t.me/Yosh_qalb bizning telegram manzilimizga a'zo bo'lib qo'yinglar!
Milliy tilni yo'qotmak, millatning ruhini yo'qotmakdur!
[manbasini tahrirlash]Fayzullayev Husen JDPU o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi
So‘z so‘ylashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. (A.Qodiriy)
Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy g’ururimiz bo'lgan ona tilimizning bugungi va kelajakdagi istiqboli haqidagi fikrlar tahlilga tortilgan
Tayanch tushunchalar: milliy ruh, milliy iftixor, dunyoqarash, ijtimoiylik
Tilga ehtirom va e’tibor bu dunyoda inson bolasi muhtaramligining belgisidir.Bejis emaski,xalqimiz tilga,xususan, o‘zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan, uni e’zozlab erdoqlagan, o‘zbek tilining mukammaligi va betakror ohangaridan faxr-u iftixor qilgan.Til millat ko‘zgusi,g’ururi, tafakkur manbayidir.Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek : “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko‘rsatadurg’on oyinai quyoshi til va adabiyotdir” Har bir inson yoki har bir shaxs o‘z tafakkurining me’moridir. Har kim o‘z dunyoqarashi, fikrlashi va o‘zligiga ega. Inson xotirasi, bilim olishi har xil. Darslarni o‘zlashtirishi ham turlichadir. Ayrim insonlarning xotira ko‘lami kengroq, ba’zilarida kamroq. Nima uchun bunday deb o‘ylaysiz? Sababi, insonlar turfa xil bo‘lgani kabi tafakkur ham o‘zgachadir. Odamlar bir xil yashamaydi va yasholmaydi ham. Milliy ruhni shakllantiradigan,muntazam mustahkamlaydigan, uning muntazam avaylab-asralishiga imkon beradigan eng odil omil ona tilidir. Yashash uchun, muloqot uchun eng zaruriy vosita bu tildir. Til ijtimoiy hodisa. Ya’ni ijtimoiylik bu insonlardir. Insoniyat bor – til bor. Har bir davlatning, millatning o‘zligi sanalmish o‘z davlat tili bordir. Milliy til bor millat ruhi bor. Men g‘urur bilan ayta olaman. Nimani? O‘zbek tilim borligini. Nima uchun endi g‘urur bilan ayta olaman dedim? Shunchaki, g‘ururlanaman, faxrlanaman demadim, balki, “ayta olaman” degan mavhumiy tushunchani aytdim? Sababi shundaki, yuqoridagi fikrda aytilgan “ayta olaman” mavhumiy tushunchasi kabi mavhumiy fikrlaydigan insonlar ko‘payib ketdi. Biz o‘z tilimizdan or qilamiz yoki o‘z tilimizni qo‘pol va jo‘n deymiz. Bu xususda Abdulla Qodiriyning “Tilimizni kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. O‘z nuqsonlarini tilga to‘nkamasinlar” jumlalari naqadar o‘rinli ekanligini guvohi bo‘lamiz.
Ko‘chalarda sof o‘zbekcha bo‘lgan so‘z va jumlalarni topish, uchratish bir muncha muammo bo‘lib bormoqda. Barcha peshlavhalar, reklamalar deyarli chet tilida nomlangan. Biz chet tilidan kirib kelgan so‘zlarni o‘zlashtirmadik, balki bu so‘zlarga o‘zlashdik. Hozirda hamma ingliz tilini o‘rganyapti. Til o‘rganish yaxshi, ammo undan unumli va o‘rinli foydalana olish ham bir insoniy fazilatdir. Til o‘rganmoqchi bo‘lgan inson o‘sha tilni kerak bo‘lganda o‘rganadi, albatta. Lekin biz nimagadir ingliz tilini o‘rganishni majburiy qilib qo‘ydik. Mayli ingliz tilini o‘rgansak yaxshi, ammo bu tilni o‘zimizga o‘zlashtirishimiz zarur, unga o‘zlashmasligimiz kerak. Biz o‘zbekmiz, to‘g‘rimi? To‘g‘ri, o‘zbekmiz. Nimaga unda adabiy tilda gaplashmaymiz?! Mana ingliz tilini qanday o‘zlashganligini bitta misol orqali ifodalab bersak, qayerga qarasak “Hotel” degan so‘z ko‘pincha ko‘zimizga tushib qoladi. “Hotel” so‘zining o‘rniga “Mehmonxona” so‘zini yozsak naqadar o‘rinli bo‘lar edi! Hozirda rus maktablariga ota-onalar bolalarini o‘zbek maktablariga nisbatan ko‘p o‘qishga yo‘naltirilayapti. Biz o‘zbek millatimizmi demak, o‘zbek maktablarga berish qanchalar to‘g’ri yo‘l deb bilaman.O‘zbek tili imlosi haqida so‘z yuritar ekanmiz, bu masalaning ildizini uzoqroqdan izlash lozim. Mavjud turkiy tillarning deyarli barchasida imlo borasida oqsash yo‘q. O‘zbek tilida esa imlo va talaffuz orasida katta jarlik mavjud. Imlo va talaffuz diffuziya holatida bo‘lishi kerak. Biz so‘zlarni o‘z tilimizga bo‘ysundirib qabul qilmay, so‘zning ona tiliga bo‘ysungan holda qabul qildik. Tarixdan ma’lumki, arab istilosi amalga oshdi va yozuv tizimi ham arab alifbosida bo‘ldi. Arabiy so‘zlaridan o‘zlashib qolgan so‘zlarga biz ayrimlariga tutuq belgisi qo‘yib ifodaladik. Masalan, “ma’rifat”, “mas’ul”, “a’lo” deb talaffuz qilamiz. Biror inson bu so‘zlarni “ma’rifat”, “mas’ul”, “a’lo” deb talaffuz qilmaydi. Nimaga biz bu so‘zlarni o‘z holicha talaffuz qilib, xuddi shunday yozishimiz kerak?! O‘zimizga mos tilni yaratishimiz zarur. Bizning til biz uchun xizmat qilmaydi, aksincha biz u uchun xizmat qilyapmiz. So‘zlashuv nutqida ham varvar so‘zlardan ko‘p ishlatamiz. Yerda biror narsa yotgan bo‘lsa “musur”ni yerdan olib tashla deymiz. “Tak”, “karochi”, “uji”, “i”, “ok” va hokazo so‘zlarni ishlatamiz. Ayrim hollarda ularning o‘rniga so‘z topa olmay qolamiz. Mumtoz adabiyotimizga nazar tashlasak, deyarli barcha shoirlar fors tilida ijod qilgan. Turkiy tilni “sahroyi til”, bu tildan faqat jangohlarda foydalanilgan. Bu tilni jo‘n, soda til deb hisoblashgan. Bu tildan mumtoz adabiyotda foydalanib bo‘lmaydi, bu tilda doston yozib bo‘lmaydi deyishgan. Ammo Alisher Navoiy bu so‘zlarni inkor etgan. Turkiy tilda “Xamsa” dostonini yaratib, hamda deyarli barcha asarlarini turkiy tilda yaratib, turkiy tilning nimalarga qodirligini isbotlab bergan. Uning ikki til muhokamasiga bag’ishlangan “Muhokamat ul- lug‘otayin” asaridam turkiy tilni fors tili bilan solishtiradi, turkiy tilda uchraydigan fe’llar, otlar fors tilida uchramasligini ilmiy dalillar bilan asoslab bergan.. Turkiy til boy til sanalgan. O‘zbek tili ham boy til, ammo biz tilimizni kambag‘allashtiryapmiz. Endi yuqorida aytib o‘tilgan masalalarning yechimini aytish kerak. Millat tilining qachon imlosi to‘g‘ri bo‘lsa, u millatning tili sof bo‘ladi? Menimcha, millat o‘z tilidan uyalmasa, or qilishni to‘xtatgan kundan boshlab tilning sofligi orta boradi. Turklarda har qanday eng zo‘r mashina ham “Araba” deyiladi. Tasavvur qilaylik, biror eng qimmat mashinasi bor odam bizda “Aravam” bor deydimi? Menimcha yo‘q. Tilimizdagi oqsashlarni oldini olish uchun qat’iy qonun va tartib kerak. Bir qat’iy qonun orqali bir haftaning ichida barcha chet tillarni o‘zbek tilidan keyingi o‘rinlarda yozdirish mumkin. Barcha o‘zgarishlarni yuqoridan boshlashimiz va qat’iy tartib orqali amalga oshirsak bo‘ladi. Til bo‘lmasa, millat hamohang bo‘lmasa millat bo‘lmaydi, millat bo‘lmasa Vatan bo‘lmaydi. O‘z vatanimizda vatansiz holatga tushmaylik! O‘zimizni isloh qilishimiz SHART. Demishlarki, amallarimiz natijalarda ko‘rinur…
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mahmudov.N Tilimizning tilla sandig’i.T.,2012 2.O‘zbek tili atamashunosligi. “Fan”,T., 1990. 3.Sodiqov.K Ajdodlarimiz bitigi. “Fan” T., 1990 4.Iriskulov. M Tilshunoslikka kirish. T., 1990
O'zbek tili xususida! Husen Fayzullayev (munozara) 11:49, 31-Yanvar 2023 (UTC)
- Ajoyib! Husen Fayzullayev (munozara) 03:02, 12-Mart 2023 (UTC)
- Ajoyib! 213.230.65.30 17:57, 19-Noyabr 2023 (UTC)
Tinglagin
[manbasini tahrirlash]Tinglagin
Ba'zi damda xayolim o'yga tolganda, Ba'zida yuragim g'amga to'lganda, Yaqin insonlarim tashlab ketganda, Mening uchun o'zing o'rnak bo'l, hayot Meni bu g'amlardan qutqargin hayot.
Onam bu g'amlardan to'kar ko'zyoshin, Ollohim, sinama uning bardoshin. Onam-ku, dunyoda yolg'iz darddoshim, Onam ko'zyoshlarin to'kma, ey hayot Meni bu g'amlardan qutqargin hayot.
Umr-ku, o'tmoqda daqiqa sayin, Oqargan sochlari bo'lishi tayin. G'amlar bizni yengsa nima qilayin Mening yo'lim yorit muzaffar hayot Meni bu g'amlardan qutqargin hayot.
Mana qo'llarimda siyoh qalamim, Yurakda dog' bo'lib qolar alamim, Shafqatsiz hayotga bordir talabim, Dunyoda yomonlar kamaysin hayot Hasanning dardlarin tinglagin hayot!
✍ Husen Fayzullayev
Manba: https://t.me/kutubxona1a Husen Fayzullayev (munozara) 16:31, 19-Yanvar 2023 (UTC)
- Ajoyib! Husen Fayzullayev (munozara) 03:02, 12-Mart 2023 (UTC)