Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Jabborov Azizbek

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Maxfiy kecha“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Maxfiy kecha“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqola“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MrShaxas #Munozaracha 17:50, 18-Iyul 2024 (UTC)

Yangi yaratilayotgan maqolalar yuzasidan

[manbasini tahrirlash]

Salom hormang! Avvalo avtomat tarjimadan kamroq foydalanishingizni maslahat beraman. Agar bu maqolalar bilan marafonda ishtirok etmoqchi boʻlsangiz, katta ehtimol bilan bu maqolalar qabul qilinmaydi. Maslahatim qoidalar bilan yaxshilab tanishib chiqing. Avval yaratgan maqolalaringizni {{tahrirlayapman}} andozasini qoʻyib qayta tahrirlashingizni tavsiya qilaman. — Axadjon1 (munozara) 17:01, 21-iyul 2024 (UTC)

AT kontent yaratishni bas qiling

[manbasini tahrirlash]

Hormang! Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun rahmat. Ammo tarjima qilayotganda muayyan qoidalarga amal qilish kerak. Mazmunsiz, avtomat tarjima maqola yaratishni toʻxtating. Masalan, Turk amerikaliklar maqolasini olaylik. „The majority of these migrants lived in urban areas and worked in the industrial sector, taking difficult and lower-paying jobs in leather factories, tanneries, the iron and steel sector, and the wire, railroad, and automobile industries, especially in New England, New York, Detroit, and Chicago.“ gaprini „Ushbu muhojirlarning aksariyati shahar hududlarida yashardi va sanoat sohasida ishlaydi, ko'proq ko'pchilik ko'p va kam to'lanadigan ishlarni ko'p qilib, charm fabrikalari, cho'mir va po'lat sanoatida, shuningdek, sim, temir yo'l va avtomobil sanoatida, ayniqsa Nyu-Angliya, Nyu-York, Detroit va Chikago ishlaydilar.“ oʻlaroq oʻgiribsiz. Bu mazmunsiz tarjimadir. AT maqolalar tezda oʻchiriladi. Ogohlantirishlarga qaramay, mashina tarjimasidan iborat kontent yaratishda davom etgan foydalanuvchilarga qarshi esa keskin chora koʻriladi. Hozirga qadar yaratgan barcha avtomat tarjima maqolangiz esa oʻchiriladi. Nataev munozara 22:41, 21-iyul 2024 (UTC)