Foydalanuvchi munozarasi:Linguist07 05

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rivojlanayotgan Oʻzbekistoda gender tengligining ahamiyati.

Anontatsiya: Ushbu maqolada Gender tengligi bizning mentalitetda. Undagi tortishuvli masalalar. Ayol va erkak jamiyatda, oilada teng huquqli boʻlishi qanchalar toʻgʻri. Gender tengligi boʻlmasa qanday muammolar kelib chiqadi. Ushbu huquqning jamiyat rivojidagi oʻrni va shu kabi masalalar atroflicha yoritiladi.

Kalit soʻzlar: gender tengligi, ayol, erkak, jamiyat,oila, millat, mentalitet,oila.

Annotation: In this article Gender equality in our mentality. Controversial issues in it. How true it is that men and women have equal rights in society and in the family. What problems will arise if there is no gender equality. The role of this right in the development of society and similar issues will be covered in detail.

Keywords: gender equality, woman, man, society, family, nation, mentality, family. Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu oilada erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi.Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iboratdir. Anʼanaga koʻra Oʻzbekiston jamiyatida ayol, eng avvalo, mehribon ona, uy bekasi, birinchi tarbiyachi va ustozdir. Bu paxta yakkahokimligi davrida sunʼiy ravishda buzildi. Oʻshanda dalalarda asosiy ishchi kuchi ayollar edi, ular oylar davomida bellarini bukib, boʻlajak hosil haqida yeng shimarib gʻamxoʻrlik qilar edi. Qishloq ayoli taʼlim olish va lavozimi koʻtarilishi haqida oʻylay olmasdi. Kasb-hunari yoʻqligi ularning barqaror daromad olishiga imkon bermasdi, shu tufayli ayollar ojiza boʻlib qolgan edi.Bugun Oʻzbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Soʻz xotin-qizlarning alohida maqomi va ularga nisbatan hurmatni tiklash haqida bormoqda. Bu tamoyillar gender tenglik sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiga aylandi.Hozirgi davrga kelib hamma sohada ayollar ishtiroki bevosita ta'minlanmoqda. Shuningdek, biznes hamda boshqa yetakchi sohalarda ayollar erkaklardan kam boʻlmagan holatda faoliyat yuritmoqdalar.Bugun respublikada tadbirkor ayollarning biznesdagi ulushi 39 foizni tashkil etmoqda, bu hozirgi zamon oʻzbek jamiyatining alohida toifasi boʻlib, uni ham qoʻllab-quvvatlash zarur. Tadbirkorlik tuzilmalariga rahbarlik qilayotgan tashabbuskor ayollar tufayli yangi korxonalar ochilib, ish oʻrinlari yaratilmoqda. Bu ayollar oʻzlari istiqomat qilayotgan hududlarni obodonlashtirishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Eng muhimi, ular oʻz biznesini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan boshqa qizlar va ayollarga oʻrnak boʻlmoqda. Shu bois mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishni tashkil etish maqsadida ayollar tadbirkorligi markazlari tashkil etildi. Birgina 2021-yilning oʻzida 53,8 ming nafardan ortiq oʻzbekistonlik xotin-qizlar ularda turli kasb-hunarlarga oʻqitildi. Ushbu statistika albatta ayollarga berilayotgan keng imkoniyatlar samarasidir. Ma'lumki, 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida ma'qullangandi.Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o’rtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo’lib kelgan huquqiy munosabatlarning nechog’lik dolzarbligiga qaratilgan qonundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. To’g’ri, hozir biz yashayotgan davr yangilanayotgan O’zbekistonning islohotlarida inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga etarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir.Ana shunday salbiy holatlarga qarshi mazkur qonunning 2-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.Shuingdek, qonunda gender tushunchasi ham qayd etilgan bo’lib, unga ko’ra, gender — xotin-qizlar va erkaklar o’rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo’ladigan ijtimoiy jihati ko’rsatilgan. Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o’z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta'minlanishidadir. Darhaqiqat, qadim yunon Suqrot, Arastu, Aflotun kabi olimlari eng yaxshi davlat sifatida jamiyatda tenglik va adolat hukm surgan polisni nazarda tutishgan. Eng yaxshi qonunlar sifatida ham barcha tengligini kafolatlagan qonunlarni ilgari surishgan. Erkak va ayollar tengligi g’oyasini yunon olimi Antifont o’z asarlarida qo’llagan holda: “Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratadi, lekin odamlar insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi”, deb ta'kidlagan.SHarq qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarining 17 foizini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 16 foizini ayollar tashkil etadi, yuzlab ayollar xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlarida faol mehnat qilishmoqda. O’zbekistonda ish olib borayotgan tadbirkorlarning 35 foizini, fermerlarning 10 foizini ayollar tashkil etadi.zbekistonda ayollar o’z bilimi va tajribasi, malakasi va mahorati bois ko’pgina sohalarda yetakchi o’rinni egallashgan. Hayotimizda borgan sari muhim ahamiyat kasb etayotgan soha va tarmoqlar taraqqiyotini, fermerlik harakati, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sohalar, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va tarbiya, madaniyat va san’at hamda boshqa jabhalarni ayollarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin.Mamlakatimizning ayollar haq-huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish sohasidagi tajribasi va qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlari, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki ta’minlangani butun dunyo miqyosida katta qiziqish uyg’otmoqda. Xususan, bu mavzu yuqori darajalarda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi singari ko’p tomonlama institutlar va boshqa tashkilotlar doirasida ko’rib chiqilmoqda va muhokama etilmoqda. Ayollar va erkaklar tengligi madaniyatini shakllantirish - bu tizimli va doimiy jarayon bo’lib, keng jamoatchilik va fuqarolik institutlari bilan hamkorlikni talab etadi. Bu borada jamiyatning barcha jabhalari - davlat tuzilmalari, jamoat tashkilotlari, biznes sub'ektlari, kasaba uyushmalari va keng aholi qatlamlarining birgalikdagi va hamjihatlikdagi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat barcha qatlamlarining maqsadli faoliyatini tashkil etish zarur gender-dezagratsiyalangan axborot bazasini yaratish, barcha hududlar darajasida gender vaziyatining gender tahlili va monitoringini o’tkazishni talab etadi. Har bir mamlakatda ushbu malumotlarni yaratish va ular mavjudligining dolzarbligi Xotin-qizlar ahvoli bo’yicha IV Butunjahon anjumanida (Pekin, 1995 y., sentyabr) alohida qayd etilgan. Pekin Harakat dasturining 206-a moddasiga ko’ra, milliy statistika xizmatlari jamiyatda ayollar va erkaklar ahvoli bilan bogliq muammolar va masalalarni aks etuvchi, jinsi va yoshiga ko’ra ajratilgan statistika malumotlarini to’plash, ishlov berish, tahlil qilishni taminlashi zarur.

Respublikada gender rivojlanish haqidagi malumotlardan barcha aholi qatlamlari keng foydalanishini va Xotin-qizlar ahvoli bo’yicha IV Butunjahon anjumanining (Pekin, 1995 y., sentyabr) tavsiyalari ijrosini taminlash maqsadida davlat statistika idoralari tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda tizimli ravishda O zbekistondagi ayollar va erkaklarning ta lim, sog’liqni saqlash, bandlik va mehnat bozori, ijtimoiy himoya, davlat boshqaruvi kabi sohalardagi aholini tariflovchi malumotlardan iborat statistik to’plamlari nashr etiladi.

Ushbu statistik maʼlumotlarning yuqoriligi ayollarga berilayotgan keng imkoniyatlardan dalolat beradi. O’zbekiston Respublikasi 2019 -yil Gender tengligi tashkilotiga qo’shilgan bo’lsada undagi 197 davlat ichida 66 o’rinni band qilgan.O’zbekiston ushbu qatorda Urugvay,Kosta Rika davlatlari bilan bir hil ko’rsatkichni tashkil etadi.Hozirgi kunda rivojlanayotgan O’zbekiston kelajagini birgalikda, ayollar va erkaklar hamjihatlikda qurish . Ular o’rtasida nizo keltirib chiqarmasdan yanada yuksak marralarni zabt etishga poydevor boʻladi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni taʼminlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid toʻqqizta vazifani ishlab chiqdi. Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq, 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning toʻliq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni oʻz ichiga oladi. Ayollar huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish; • ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish; aholining gender tenglik va ayollar huquqlari toʻgʻrisida xabardorligini oshirish; • huquqni qoʻllash amaliyotida ularga rioya etilishini taʼminlash uchun masʼul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy meʼyorlar asosida oʻqitish kabi yoʻnalishlar muhim yoʻl sifatida tanlab olingan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mahkamov M. «Bo’lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqat madaniyatini shakllantirish" nomzodlik dissertatsiyasi. T., 2005. 2. Karimov I. A. "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori"T.: "O’zbekiston" 1998 3. Mavlonova R., B. Normurodova, N. Rahmonqulova, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. 4.BMT maʼlumotlari.

Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Linguist07 05!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
--Hasan Alimov (munozara) 15:42, 5-Aprel 2023 (UTC)[javob berish]