Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Mirzaxolova Xurzoda

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madaniyat sohasidagi davlatning keskin siyosati g‘arb, asosan AQSh namunalariga yo‘naltirilgan edi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalar ikki yo‘nalishga ega edi. Birinchi yo‘nalishga ko‘ra, koreys xalqining turli xil fond va jamiyatlar orqali g‘arb madaniyati namunalari bilan tanishishi ijobiy kechdi hamda ko‘pgina madaniyat va san’at muassasalari moddiy bazasining mustahkamlanishiga xizmat qildi. Jumladan, «Amerika-Janubiy Koreya fondi» o‘zining o‘n yillik (1952–1961 yy.) faoliyati davomida madaniy ishlar uchun 12 million AQSh dollarini sarf qildi. Mamlakatda 1953 yili ochilgan «Osiyo fondi» filiali esa o‘zining o‘n yillik faoliyati davomida kutubxonalar, ma’ruza va ko‘rgazmalar tashkil etish; adabiyotlarni targ‘ib qilish va yoshlarga ta’lim berish uchun million AQSh dollarini sarfladi. Shu bilan birga fond tomonidan turli xil sohadagi mutaxassislarni tayyorlash uchun ko‘p moliya xarjlandi. Fond hisobidan turli xil Janubiy Koreya ziyolilari kasbiy birlashmalari uchun binolar qurildi. 1950 yili Koreya Respublikasining YuNESKO tashkilotiga a’zo bo‘lishi haqidagi qarori hukumat hayotida muhim qadam bo‘ldi; oradan to‘rt yil o‘tib Li Sin Man mazkur xalqaro tashkilotning madaniyatni rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi respublika Kengashini tuzish haqidagi Farmonini imzoladi. Ma’naviy sohadagi barcha ijobiy o‘zgarishlar madaniy almashinuv doirasining kengayishi va koreys millatining zamonaviy g‘arb madaniyati yutuqlari bilan tanishishiga imkoniyat yaratdi. Ikkinchi tomondan, g‘arbga qarab mo‘ljal olish an’anaviy milliy madaniyat inqiroziga sabab bo‘ldi. Mamlakatga yopirilib kirgan arzon yalpi madaniyat oqimi jamiyat hayotining ko‘pgina jihatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakatda modernizatsiya jarayonining boshlang‘ich bosqichida siyosatchi sifatida Li Sin Man rolini qayta baholash murakkab ish. U Koreya Respublikasi hayotining barcha sohalari ustidan hozirgi kunga qadar davom etayotgan keskin davlat nazorati asoslarini o‘rnatdi. Uning boshqaruvi davrida modernizatsiya jadallashtirilgan xarakterga ega bo‘lib, bu iqtisodni rivojlantirishda nomutanosiblikni yuzaga keltirdi, jamiyatda qarama-qarshiliklar va munozaralarga sabab bo‘ldi. U boshqargan hokimiyat chetdan keltirilgan texnik va tashkiliy shakllarni o‘zlashtirishga kuchli e’tibor qaratdi va bu harakati bilan jamiyatning an’anaviy ma’naviy shakllari, ya’ni siyosiy institut va madaniy qadriyatlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ydi. Bularning barchasi milliy madaniyatning yangi sharoitlarga moslashishiga to‘sqinlik qildi, shuningdek, demokratik va fuqarolik jamiyatining shakllanishiga jiddiy g‘ov bo‘ldi. Bu davrlarda mamlakatda iqtisodiy modernizatsiya ma’naviy sohadagi modernizatsiya va u bilan bog‘liq siyosiy institutlardan sezilarli darajada oldinda edi, natijada bu inqilobiy harakatlarga sabab bo‘ldi.

Mirzaxolova Xurzoda bilan munozara boshlang

Munozarani boshlash