Foydalanuvchi munozarasi:Munavvaraxon
Muammolar yechimi
[manbasini tahrirlash]Har bir inson hayotida davomida - yoshi, millati va kelib chiqishidan qat'iy nazar muammolarga duch keladilar. Muammolar katta yoki kichik bo'lishi sizning harakatingizga bog'liq hisoblanadi. Sabr bilan ko'nikkan holda vijdonan bosiqlik bilan ish tutsangiz har qanday vaziyatdan yorug' yuz bilan chiqib ketasiz. Muammolarning yechimi ham ana shundadir. Biz doim e'tibordan chetda qoldirib qo'yayotgan hislat ham asosiy jarayonni hal etadi desak adashmagan bo'lamiz, bu hislat - ishonch hislatidagi hissiyotdir. O'ziga ishonchi baland bo'lgan insonni dushman ham yenga olmaydi. Har damdan oldinga intiladi va harakatdan to'xtamaydi. Natijada esa ulkan marralarni zabt etadi. Har bir inson qalbida katta kuch bor, o'sha kuchni ishonch bilan birlashtira olsangiz, kuch- g'ayratingiz joshib, intilishlaringiz oldimlab, ruhan o'zizni ana shu ishonch bilan oziqlantirgan holda, atrofingizdagi kuzatuvchilarga asl inosoniylik qobiliyatingizni va qanday shaxs ekanligingizni o'z o'rnida nomoyon etasiz. Ishonchsizlik esa, sizni ruhan sindiradi, qalbingizni azoblaydi, yomon fikr hayollarni ketma- ketligini zanjir kabi ko'paytiradi, oqibatda esa tushkun holda tushib "man hich kimga kerak emasman ", "mani hich kim yaxshi ko'rmaydi" kabi noto'g'ri salbiy fikrlar qalbingizni agallab oladi. Bu esa sizni hayotda o'z o'rningizni topolmaslikka, jamiyatga hech qanday naf olib kelmaydigan shaxs (yoki ehtimol bilan aytishimiz mumkinki, huquqbuzarlik boqoqlariga tushib qolish) kabi inson darajasiga olib kelishi mumkin. Shu sababli har qadamda o'zingizga ishongiz baland bo'lsin, ana shundagina o'sish va sizda rivojlanish yuksak darajada bo'ladi. Qaddingiz va ishonchingiz hech qachon sinmasin ! Munavvaraxon (munozara) 19:47, 20-Iyul 2022 (UTC)
Aktyorlik san'ati
[manbasini tahrirlash]Salom, Munavvaraxon. Vikipediyaga xush kelibsiz. Koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Siz tomoningizdan yaratilmish Aktyorlik san'ati maqolasi ancha avval yaratilgan Aktyorlik sanʼati maqolasiga yoʻnaltiruvchi sahifaga aylantirildi. ContentTranslation orqali tarjima qilib yaratganingizda, bu maqola mavjud emas, deb chiqqaning sababi ancha oldin yaratilgan Aktyorlik sanʼati maqolasiga boshqa tillarga ishoratlar qoʻshilmaganidir. Qoʻshilgan boʻlganda, uni ContentTranslation bilan tarjima qilib yaratishga uringaningizda, ushbu maqola oʻzbekcha Vikipediyada allaqachon mavjud, degan natijani olardingiz. Bu kabi holatlarning oldini olish uchun shunchaki yaratishdan avvl qidiruv oynasi orqali qidirib koʻring. Masalan, Aktyorlik san'ati, deb qidirganingizda, bunday nomdagi maqola mavjud ekanligini koʻrardingiz. Shuni ham yodda tuting, Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrof (') dan emas, okina (ʻ) dan foydalaning. Tushunmagan joylaringiz boʻlsa, bemalol soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 20:13, 1-Avgust 2022 (UTC)
- Assalomu aleykum, avvalambor e'tibor uchun kotta rahmat juda ham xursan bo'ldim. Ilk bor kirishim bo'lganligi sabab xatoliklarga yo'l qo'ydim, darsliklar va mahoratli ustozlardan saboq olib xatolarimni angladim. Sizga ham alohida tashakkurimni ishor etaman. Munavvaraxon (munozara) 14:32, 2-Avgust 2022 (UTC)