Foydalanuvchi munozarasi:Qudratova Dilxumor
Tez boshlash uchun qoʻllanma | Vikipediyaga xush kelibsiz, Qudratova Dilxumor! |
Birinchi qadam | Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.
Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang. Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda ( Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz. Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling. Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
|
Maqolalarni nomlash | |
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar | |
Qoida va koʻrsatmalar | |
Tasvirlar bilan bezash | |
Mualliflik huquqlari | |
Glossariy |
Logopedsurayyo (munozara) 06:19, 19-Aprel 2023 (UTC)
Kit eng yirik hayvon
[manbasini tahrirlash]Yer yuzidagi barcha hayvonot va o`simlik olami juda ham rang barang bo`lib, har biri alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Har bir tirik organizmning o`z vazifasi va o`rni bor . Lekin hozirgi kunda o`simlik qoplami va hayvonot olami keskin kamayib bormoqda va ayrim turlar esa butkul yo`qolib ketish arafasida. Shu sababdan turli mintaqalarda uchragan hayvonlar keyinchalik ayrim hududlardagina uchrashi kuzatilmoqda. Kitlar ham huddi shunday hayvonlar toifasiga kiradi.
Dunyo- Hayvon-Zoa
Kenja dunyo-Ko`p hujayralilar-Metazoa
Bo`lim- Haqiqiy ko`p hujayralilar- Eumetazoa
Tip- Xordalilar- Chordata
Kenja tip- Boshskeletlilar(umurtqalilar)- Craniata (vertebrata)
Guruh- murtak pardalilar- Amniota
Sinf- Sutemizuvchilar- Mammalia
Turkum- Kitsimonlar- Cetacea
Oila- Tishsiz kitlar- Mustacoceti
Tur- Ko`k kit- Balaenoptera musculus
Ko`k kitlar hayvonot olamidagi eng yirik hayvon hisoblanadi. Ularning tuzilishi va hayoti suvda yashashga moslashgan bo`lib, og`irligi 150-160 tonna gacha, uzunligi esa 30-33 m gacha boradi. Ular asosan Uzoq sharq va Shimoliy dengizlarda uchraydi. Gavdasi duksimon, baliqsimon, oldingi oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa oyoqlari yo`qolib ketgan, baliq dumiga o`xshash dum rivojlangan, lekin dum vertikal emas balki, gorizantal o`rnashgan bo`ladi. Bo`yni mutlaqo bilinmaydi. Ularning terisi juda elastik bo`ladi. Terisi ostida joylashgan yarim suyuq, qalinligi 50 sm keladigan yog`I ularni sovuqdan himoya qiladi. Shuning uchun ular sovuq dengizlarda ham suza olishadi.
Ularning ko`payishiga keladigan bo`lsak, homiladorlik davri 11oy davom etadi. Kitlar asosan ikki yilda bir marta bolalaydi va 6-9 metrli 1ta bola tug`adi. Tug`ish paytida dumini suvdan yuqoriga ko`taradi va bolasi dumi bilan oldinga qarab tug`iladi. Kit suvda yashashiga qaramay bolasini sut bilan boqqani uchun uni sutemizuvchilar sinfiga kiritamiz. Kit suti tarkibida 38-54% yog` bor. Bolasi 4-8 oy onasini emadi va 3-6 yilda jinsiy voyaga yetadi. Tug`ilgan bolasining og`irligi 2-3 tonnaga boradi. 7 oylik bolasining uzunligi 16metr va og`irligi 23 tonnaga yetadi. Kitlar muntazam migratsiya qilib turishadi. Ko`pchiligi 3-5 tadan kichik to`da bo`lib yashaydi. Ular soatiga 5-15 km tezlikda suzishadi. Agar biror xavf sezishsa yoki yarador bo`lsa soatiga 35-55 km tezlikda suzaoladi.
Kitlar bahaybat bo`lishiga qaramay mayda ozuqalar bilan oziqlanadi. Buning asosiy sababi tomog`ining diametri atigi 10 santimetr. Shuning uchun ular katta oziqni o`zlashtira olmaydi. Ularning asosiy oziq manbayi qisqichbaqasimonlar hisoblanadi. Bir kecha-kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Oshqozoni 3tonnadan ortiq oziqni sig`dira oladi. Og`iz bo`shlig`ida juda ko`p miqdorda mo`ylov plastinkalari joylashgan bo`ladi va ularning soni 360-800 taga boradi.
Tadqiqot natijalariga ko`ra kitlar 20-50 yil yashashi mumkin. Lekin, so`ngi vaqtlarda ko`plab ovlanishlari natijasida kamayib bormoqda, avvalari Shimoliy Atlantikada uchragan bo`lsa hozirgi vaqtda deyarli uchramaydi. Shu sababdan ularni noyob tur sifatida 5 ta turi Xalqaro “Qizil kitob” ga kiritilgan. Ular sonining kamayishining asosiy sabablaridan biri ko`plab ovlanishi hisoblanadi. Chunki, ulardan sanoatda keng foydalaniladi. Iqtisodiy ahamiyati ham juda katta hisoblanadi. Yog`idan glitserin, margarin va sovun, go`shtidan konserva tayyorlanadi, suyagidan chorva mollari va parrandalar uchun un tayyorlanadi, jigarida esa “A” vitamini ko`p bo`ladi. 30 metrli kitdan 27-30 tonna yog`, 60-65 tonna go`sht olingan. 1 kilogramm go`shti Yaponiyada 160 dollar turadi. Kitlarni ovlash 1970-yildan boshlab taqiqlangan va muhofaza ostiga olingan. Kitlarning kamayish sabablaridan yana biri okeanlarning neft, turli zavodlarning keraksiz chiqindilari bilan ifloslanishi, dengizdan sayozlikka chiqib qolishlari ham sabab bo`lmoqda. Qudratova Dilxumor (munozara) 17:39, 8-May 2023 (UTC)