Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Umida Bekmurzayeva

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xush kelibsiz

[manbasini tahrirlash]
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Umida Bekmurzayeva!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Amir.Temur (munozara) 05:11, 2-Avgust 2022 (UTC)

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Maqolani Versace kompaniyasidan Versacega koʻchirdim. "kompaniyasi" soʻzini qoʻshish kerak emas, shunchaki Versace, deb nomlashning oʻzi kifoya. Maqola mazmuniga eʼtibor berishingizni soʻrab qolaman. Shirkatlar haqidagi maqolalarda {{Shirkat bilgiqutisi}} andozasini ishlatishingiz mumkin. Shuni ham qoʻshimcha qilmoqchimanki, maqolalarni yozish va tahrirlashda jasur boʻling, tahrirlashdan huzur oling. Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan soʻrang. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 21:16, 2-Avgust 2022 (UTC)

Salom. Maqola yaratayotganda, shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Oʻzbekcha Vikipediyada Purple Hearts nomli maqola yoʻq. Shhunday ekan, disambig qoʻshishga hojat ham yoʻq. Maqolani Purple Heartsga koʻchiring. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozing. Masalan, Albert Eynshteyn emas, Albert Einstein. Yillar orasiga chiziqcha qoʻying. 2000 yil emas, 2000-yil. Maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosing. Vikifikator inglizcha apostroflarni (O', G') oʻzbekcha okinalarga (Oʻ, Gʻ) aylantiradi. Yodda tuting, ogohlantirishlarga qaramay, mazmunsiz maqolalar yaratishda davom etish shunday maqolalarni yaratayotgan foydalanuvchining bloklanishiga olib keladi. Yordam kerak boʻlsa, bemalol soʻrang.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 17:11, 10-Noyabr 2022 (UTC)

salom. xo'p bo'ladi, rahmat Umida Bekmurzayeva (munozara) 06:45, 11-Noyabr 2022 (UTC)
Biror maqolani qayta nomlash (koʻchirish) uchun koʻchirmoqchi boʻlgan maqolangizga oʻtib, yuqori paneldagi Yana tugmasini bosasiz. Shunda, Koʻchirish degan tugma chiqadi. Shu tugmani bossangiz, yangi oyna ochiladi. Ochilgan oynada maqolaning yangi nomi va sababini keltirgan holda tegishli maqolani koʻchirishingiz mumkin boʻladi. Yuqorida yozganimdek, Purple Hearts (2022 film)ni Purple Heartsga, Hustle (2022 film)ni Hustlega, Assassin's Creed (Videooʻyin)ni esa Assassin's Creedga koʻchirishingiz kerak.
Malikxan munozara 23:58, 14-Noyabr 2022 (UTC)
bajarildi Umida Bekmurzayeva (munozara) 12:06, 15-Noyabr 2022 (UTC)
Tashakkur. Shuningdek, maqola ichida kelgan asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini aslidek yozib chiqishingiz lozim (masalan: LeBron Jeyms → LeBron James). Koʻproq maʼlumot uchun VP:MNKI sahifasiga qarang.
Malikxan munozara 12:38, 15-Noyabr 2022 (UTC)