Foydalanuvchi munozarasi:Xojanazarova
Masofaviy ta`lim
[manbasini tahrirlash]Elov Bolta Xojanazarova (munozara) 06:24, 26-Sentabr 2022 (UTC)
Erkin Vohidov hayoti va ijodi
[manbasini tahrirlash]Erkin Vohidov (28-dekabr 1936 – 30-may 2016) — taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi. Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan...
19 KB (1 039 ta soʻz) - 17:09, 20-Avgust Xojanazarova (munozara) 06:30, 26-Sentabr 2022 (UTC)
Erkin Vohidov hayoti va ijodi
[manbasini tahrirlash]Erkin Vohidov Vikipediya, ochiq ensiklopediya Navigatsiya qismiga oʻtishQidirish qismiga oʻtish
Erkin Vohidov
Tavallud sanasi: 28-dekabr 1936-yil(1936-12-28) Tavallud joyi: Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati Oʻzbek Sovet Sotsialistik Respublikasi Vafot sanasi: 30-may 2016-yil(2016-05-30)
(79 yoshda)
Vafot joyi: Toshkent, Oʻzbekiston Kasb: Shoir, dramaturg, adabiy tarjimon, davlat arbobi Mukofot:
Erkin Vohidov (28-dekabr 1936 – 30-may 2016) — taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi. Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Johann Wolfgang von Goethe, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenin asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir. Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan. Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arab, ingliz, italyan, qozoq, rus, tojik, turk va oʻzbek tillarida taqdim etildi.
Mundarija
1 Hayoti 2 Ijodi 2.1 Nazm asarlari 2.2 Nasr asarlari 2.3 Rus tilida chop etilgan sheʼriy toʻplamlari 2.4 Adabiy tarjimalari 2.5 Kuy bastalangan sheʼrlari 3 Merosi 4 Manbalar 5 Havolalar Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash] Erkin Vohidovich Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi: “ Otam frontda ekanida onam qishloq kengashida kotiba boʻlib ishlar, qiyinchilik bilan kun kechirar edik. Joʻxori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qoʻshilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va oʻzi kechgacha yigʻlaganini unutmayman. ” 1945-yil Vohidov onasi Roziyaxon Vohidova bilan Toshkentga koʻchib borgan. Onasi ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtgan. Vohidov togʻasi Karimboy Sohiboyev qoʻlida katta boʻlgan. Vohidovning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishini togʻasi uygʻotgan: “ Togʻam kasbi yurist boʻlsa ham adabiyot va sanʼatga qiziqqan, sheʼriyatni nozik tushunadigan kishi edi Uyimizga tez-tez kelib turadigan shoir Chustiy, xonandalar aka-uka Shojalilovlar, Maʼrufxoʻja Bahodirov, buyuk olim va tarjimon Alixon Sogʻuniy, oddiy pochta xizmatchisi Mulla Shukurjon, savdo xodimi Akmalxon akalarning zukko bahslariga mahliyo boʻlib oʻtirardim. Ular Hofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini tahlil qilib, har birlari oʻzlaricha talqin qilishardi. Bu suhbatlar ichkiliksiz, faqat sheʼr va qoʻshiq kayfi bilan, askiya zavqi bilan muzayyan boʻlardi. ” Vohidov 1960-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishlagan. Shoir 2016-yilning 30-mayida 79 yoshda vafot etdi. Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erkin Vohidov 2006-yilda Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975–1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985–1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982–1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995–2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005–2009) lavozimlarida ishlagan. Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan. Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan. Nazm asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Quyida Vohidovning sheʼriy toʻplamlari keltirilgan: „Tong nafasi“ (1961) „Qoʻshiqlarim sizga“ (1962) „Yurak va aql“ (1963) „Mening yulduzim“ (1964) „Nido“ (1965) „Lirika“ (1965) „Palatkada yozilgan doston“ (1967) „Yoshlik devoni“ (1969) „Charogʻbon“ (1970) „Quyosh maskani“ (1972) „Dostonlar“ (1973) „Muhabbat“ (1976) „Tirik sayyoralar“ (1978) „Ruhlar isyoni“ (1980) „Sharqiy qirgʻoq“ (1980) „Kelajakka maktub“ (1983) „Bedorlik“ (1985) „Hozirgi yoshlar“ (1986) „Saylanma“ „Birinchi jild: Muhabbatnoma“ (1986) „Ikkinchi jild: Sadoqatnoma“ (1986) „Daraxtlar suhbati“ (1988) „Iztirob“ (1991) „Kuy avjida uzilmasin tor“ (1991) „Oʻrtada begona yoʻq“ (1991) „Yaxshidir achchiq haqiqat“ (1992) „Qumursqalar jangi“ (1993) „Saylanma“ „Birinchi jild: Ishq savdosi“ (2000) „Ikkinchi jild: Sheʼr dunyosi“ (2001) „Uchinchi jild: Umrim daryosi“ (2001) „Oʻzbegim: Sheʼrlar“ (2005) „Oʻzbegim“ (2006) „Orzuli dunyo“ (2010) „Tabassum“ (2010) „Yangi sheʼrlar“ (2014) „Zamin sayyorasi“ (2014) „Inson“ (2015) „Saylanma“ „Birinchi jild: Bahor tarovati“ (2015) „Ikkinchi jild: Yoz harorati“ (2015) „Uchinchi jild: Kuz saxovati“ (2016) „Toʻrtinchi jild: Qish halovati“ (2016) „Sheʼrlar“ (2016) „Qiziquvchan Matmusa: Hajviyalar“ (2017) „Oʻzbegim“ (2017) „Mening yulduzim“ (2018) „Qiziquvchan Matmusa“ (2018) „Tanlangan asarlar“ (2018) تاریخینگ دیر مینگ عصرلر ایچره پنهان اوزبیگیم („Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, oʻzbegim“) (2017) (Afgʻonistonda arab yozuvida chop etilgan) ارواحلر قوزغلانی („Arvohlar qoʻzgʻaloni“ (original asar nomi „Ruhlar isyoni“)) (2018) (Afgʻonistonda arab yozuvida chop etilgan) „Dilda ishq daryochadir...“ (2019) „Soʻz chamani“ (2020) Nasr asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash] „Adabiy portretlar“ (1985) (hammualif) „Shoiru, sheʼru shuur“ (1987) „Saylanma“ „Toʻrtinchi jild: Koʻngil nidosi“ (2001) „Soʻz latofati“ (2014) „Saylanma“ „Beshinchi jild: Qalb sadoqati“ (2018) „Oltinchi jild: Erk saodati“ (2018) Rus tilida chop etilgan sheʼriy toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Vohidovning koʻp sheʼri rus tiliga tarjima qilingan. Quyida shoirning rus tilida chop etilgan toʻplamlari keltirilgan. „Лирика“ („Lirika“) (1970) „Стихи“ („Sheʼrlar“) (1974) „Узелок на память“ („Uchi tugilgan roʻmolcha“) (1980) „Восстание бессмертных“ („Ruhlar isyoni“) (1983) „Линия жизни“ („Hayot yoʻli“) (1984) „В минуту песни не порвись, струна...“ („Kuy avjida uzilmasin tor“) (1986) Adabiy tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash] Vohidov koʻplab xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Blok, Aleksandr Tvardovskiy, Friedrich Schiller, Johann Wolfgang von Goethe, Lesya Ukrainka, Mixail Svetlov, Muhammad Iqbol, Rasul Hamzatov, Sergey Yesenin hamda Silva Kaputikyan asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Xususan, shoir 1974-yil Goethening „Faust“ asarini oʻzbekchaga oʻgirgan. Shoir Yesenin sheʼrlarini ayniqsa yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Quyida Yeseninning vidolashish sheʼri boʻlmish „Xayr endi, xayr, doʻstginam“ (1925) sheʼrining Vohidov qilgan tarjimasi keltirilgan. Ruschasi До свиданья, друг мой, до свиданья. Милый мой, ты у меня в груди. Предназначенное расставанье
Обещает встречу впереди.
До свиданья, друг мой, без руки, без слова, Не грусти и не печаль бровей, — В этой жизни умирать не ново, Но и жить, конечно, не новей. Vohidov tarjimasi Xayr endi, xayr, doʻstginam,
Bagʻrimdasan, koʻngil malhami. Muqarrar bu ayriliqning ham Visoli bor oldinda hali.
Xayr, doʻstim, soʻzga ochma lab, Qoʻy, men uchun oʻrtama bagʻir, Bu hayotda oʻlmoq-ku bor gap, Yashamoq ham yangimas, axir!
Vohidov sheʼrlari esa nemis, fransuz, ingliz, urdu, hind, arab va boshqa turkiy tillarga tarjima qilingan. Sovet shoiri Robert Rojdestvenskiy Vohidov asarlarini juda yuqori baholagan. Quyida shoirning „Oʻzbegim“ sheʼrining inglizcha tarjimasidan parcha keltirilgan: Originali Ortda qoldi koʻhna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam, Ketdi vahming, bitdi zahming, Topdi darmon, oʻzbegim.
Inglizcha tarjimasi Left behind is old history
Left behind are pain and injustice Your nightmare is gone, your wounds are healed A remedy is found, my Uzbeks.
Kuy bastalangan sheʼrlari[tahrir | manbasini tahrirlash] Vohidovning koʻp sheʼriga oʻzbek ijodkorlari qoʻshiq bastalagan. Bular orasida eng taniqlilari Sherali Joʻrayev ijro etgan „Inson“ hamda „Oʻzbegim“ ashulalaridir. Sheʼr yozilgan yil Sheʼr nomi Ashula nomi Ijrochi Bastakor 1956 Kamtarlik haqida Yursin karvonlar (faqat ashula naqorati) Yulduz Usmonova
1959
Sevgi Nargiz
Oʻn sakkizga kirmagan kim bor Fahriddin Umarov
1961 Yoshlik Yoshligim (faqat kupletlar; „Million roz“ ashulasining oʻzbekchasi) Muhabbat Mehmonova Raimonds Pauls 1964
Bolalarni shaytonlardan qoʻrqitmangiz Rustam Gʻoipov
1967 Barcha shodlik senga boʻlsin Barcha shodlik senga boʻlsin Shohruxxon va Nilufar Usmonova Shohruxxon Doʻst bilan obod uying Doʻst bilan obod uying Gulbahor Erqulova
Uygʻotmagil... Uygʻotmagil Ravshan Zokirov Ravshan Zokirov 1968 Tola soch Habibi Bunyodbek Saidov Alisher Shaydo Sevgi Sevgi Bobur Yusupov Bobur Yusupov Oʻrtada begona yoʻq Oʻrtada begona yoʻq Sherali Joʻrayev
Oʻzbegim Oʻzbegim
Oʻzbegim „Setora“ guruhi
1973 Inson Human/Ода о человеке Ozodbek Nazarbekov, Dilafruz Rustamova, Oleg Gazmanov, Omirqul Ayniyazov, Zafar Abdualimov, Rafet El Roman, Ahmad Al-Xuraybiy, Alessandro Safina Nodir Umarov Inson Sherali Joʻrayev
1976 Bir qadam Bir qadam Zulayho Boyxonova
1977 Navoiy gʻazaliga muxammas Kema Sherali Joʻrayev
1988 Yaxshidir achchiq haqiqat Achchiq haqiqat
1994 Biz anglamagan jahon ekan ishq Ishq Abzal Husanov Abzal Husanov 1998
Mohitabonim Ziyoda Qobilova
Merosi[tahrir | manbasini tahrirlash] Vohidov oʻzbeklarning eng sevimli shoirlaridan biri. Oʻzbekistonda koʻplab muassasa va joylarga shoir nomi berilgan. 2018-yilda Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi. 2019-yilda esa shaharda Erkin Vohidov memorial muzeyi ochildi. Vohidov hayoti va ijodi haqida koʻplab kitob yozilgan, shu jumladan, „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016), „To quyosh sochgayki nur“ (2016), „Soʻz sehri“, „Oʻzbegimning Erkin oʻzbegi“ kitoblari. Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash] ↑ "Vohidov, Erkin". Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 166. 5-89890-002-0. ↑ „Эркин Вахидов“ (ruscha) (deadlink). Literature.uz. 14-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-fevral 2012-yil. Arxivlandi 2012-02-14 Wayback Machine saytida. ↑ „„Inson“ qasidasini 8 tilda qoʻshiq qilish gʻoyasi qanday paydo boʻldi?“. Yuz (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil. ↑ ↑ Jump up to: 5,0 5,1 5,2 ↑ „Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov vafot etdi“. BBC Oʻzbek xizmati (30-may 2016-yil). Qaraldi: 12-aprel 2018-yil. ↑ „Erkin Vohidov“. Ziyouz. Qaraldi: 11-fevral 2012-yil. ↑ „Руководство страны соболезнует в связи с кончиной Эркина Вахидова“ (ruscha). Gazeta (31-may 2016-yil). Qaraldi: 13-aprel 2018-yil. ↑ Rahmatulla Inogʻomov; Ibrohim Gʻafurov (2000–2005). "Vohidov, Erkin". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. ↑ ↑ „Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi“. Gazeta (5-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2020-yil. ↑ „Fargʻona vodiysi – oʻzbek sheʼriyati beshigi“. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (4-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2020-yil. Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda Erkin Vohidov
haqida turkum mavjud
Vohidov hayoti va ijodiga bagʻishlangan sayt Arxivlandi 2018-08-07 Wayback Machine saytida. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Erkin_Vohidov&oldid=2794863" dan olindi
Turkum: 28-dekabrda tugʻilganlar 1936-yilda tugʻilganlar Kishilar Fargʻonada tugʻilganlar 30-mayda vafot etganlar 2016-yilda vafot etganlar Toshkentda vafot etganlar Oʻzbekiston qahramonlari Oʻzbekiston xalq shoirlari Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari Doʻstlik ordeni sohiblari Adiblar Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Yashirin turkum: Webarchive template wayback links Navigatsiya Shaxsiy uskunalar Xojanazarova Xabarnomalar (0) Bildirishnomalar (0) Munozara Qumloq Moslamalar Beta Kuzatuv roʻyxatim Hissam Chiqish Nomfazolar Maqola Munozara
lotin/кирилл lotin кирилл Koʻrinishlar Mutolaa Tahrirlash Manbasini tahrirlash Tarix Kuzatish
Qatnovi Bosh Sahifa Tanlangan maqolalar Yangi sahifalar Tasodifiy maqola Maqolalar indeksi Loyihaga koʻmak Ishtirok Xato haqida xabar berish Yangi oʻzgarishlar Jamoa portali Qoidalar Yordam Forum Aloqa Asboblar Bu yerga ishoratlar Bogʻliq oʻzgarishlar Maxsus sahifalar Doimiy havola Sahifa haqida maʼlumot Sahifadan matn parchasi ajratish Vikimaʼlumotlar bandi Nashr/eksport qilish PDF sifatida yuklash Bosma uchun versiya Boshqa loyihalarda Vikiombor Boshqa tillarda Azərbaycanca تۆرکجه English Galego Русский Тоҷикӣ Татарча/tatarça Ishoratlarni tahrirla Bu sahifa oxirgi marta 20-Avgust 2022, 17:09 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Maxfiylik siyosati Vikipediya haqida Masʼuliyatdan voz kechish Mobil versiya Dasturchilar Statistika Cookie bayonoti Qisqa tanishuvni tahrirlash Xojanazarova (munozara) 06:41, 26-Sentabr 2022 (UTC)