Kontent qismiga oʻtish

Fozil Qoʻqonboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fozil Qo‘qonboyev
O‘zbekiston Kompartiyasi Farg‘ona viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi-
Mansab davri
1952-yil 1954-yil mart
Avvalgisi Аkramov Кomil
Keyingisi Qambarov Tursun
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1904-yil
Vafoti Aniq emas
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Fozil Qoʻqonboyev — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Fozil Qoʻqonboyev 1904-yilda tugʻilgan. Moskva sanoat akademiyasini tamomlagan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Qoʻqonboyev 1939-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1939—1974-yillarda Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati xalq komissari, Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Bolsheviklar Kompartiyasi Markaziy Komitetining toʻqimachilik va yengil sanoat masalalari boʻyicha kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi  Qashqadaryo viloyat komiteti kotibi, mazkur kompartiyaning Fargʻona viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Shuningdek, Qoʻqonboyev Isteʼmol tovarlari sanoati vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vaziri, Samarqand iqtisodiy maʼmuriy xalq xoʻjaligi kengashi raisi, SSSRning Birlashgan Arab Respublikasidagi savdo vakili, SSSR Tashqi savdo vazirligi Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR yengil sanoat vaziri, SSSRning Sudandagi hamda Keniyadagi savdo vakili vazifalarida ham ishlagan.

Fozil Qoʻqonboyev KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning XIX s’ezdi delegati ham hisoblangan.

1954-yilning 29-aprel sanasida Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi Sharof Rashidov tomonidan Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan[1].

  1. „O'ZBEKISTON SSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni“. Toshkent Qizil Uzbekistoni. № 103. 1-may 1956-yil. 4-bet. Qaraldi: 6-iyul 2023-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()