Francisco Flores

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Francisco Flores
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francisco Javier Flores Sequera
Tavallud sanasi 30-aprel 1990-yil (1990-04-30) (34 yosh)
Tavallud joyi Barquisimeto, Venesuela
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Deportivo Táchira
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Maximo Viloria FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2011 ACD Lara 89 (6)
2011—2012 Deportivo Anzoátegui 45 (2)
2012—2016 Deportivo Táchira 108 (1)
2017—2019 Mineros de Guayana 102 (1)
2020 Independiente Medellín 3 (0)
2021— Deportivo Táchira 0 (0)
Milliy terma jamoa
2009— Venesuela 23 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(25-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-iyun uchun)

Francisco Javier Flores Sequera (talaffuzi: Fransisko Xaver Flores Sichera; 1990-yil 30-aprelda Venesuelaning Barkisimeto shahrida tugʻilgan) — venesuelalik futbolchi, „Independiente Medellin“ va Venesuela terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati  [tahrir | manbasini tahrirlash]

Flores professional faoliyatini „Deportivo Lara“ futbol klubida boshlagan. 2006-yilda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan. 2011-yilning yozida Francisco „Deportivo Anzoátegui“ futbol klubiga oʻtdi. 12-avgust kuni „Yaracuyanos“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[1]. 21-avgust kuni „Caracas“ futbol klubiga qarshi bahsda Flores „Deportivo Anzoátegui“ futbol klubi safida ilk golini urdi[2]. 2012-yilda u jamoaga Venesuela kubogini yutishda yordam berdi.

2013-yil boshida Flores „Deportivo Táchira“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 3-fevral kuni „Monagas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[3]. 5-may kuni oʻzining sobiq jamoasi „Deportivo Lara“ futbol klubiga qarshi bahsda Francisco „Deportivo Táchira“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi[4]. 2015-yilda u klub safida mamlakat chempioni boʻldi.

2017-yil boshida Flores „Mineros Guayana“ jamoasiga qoʻshildi. 4-fevral kuni oʻzining sobiq jamoasi „Deportivo Lara“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[5]. Oʻzining debyut mavsumida Francisco ikkinchi marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi. 2019-yil 14-avgust kuni „Deportivo Lara“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Francisco „Mineros Guayana“ futbol klubi safida ilk golini urdi[6]. 2020-yil boshida Flores Kolumbiyaning „Independiente Medellin“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 2-fevral kuni „Atletiko Junior“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Mustang kubogida debyut qildi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Venesuela yoshlar terma jamoasi tarkibida Flores Misrda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Nigeriya, Taiti, Ispaniya va Birlashgan Arab Amirliklari jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9][10][11].

13-may kuni Kosta-Rikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Flores Venesuela terma jamoasi safida debyut qildi[12]. 2010-yil 21-aprelda Gonduras terma jamoasiga qarshi bahsda Francisco milliy terma jamoadagi ilk golini urdi.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Oʻyin Gol
Guaros F. C. 2008—2009 10 0
Deportivo Lara 2009—2011 47 4
Deportivo Anzoátegui SC 2011—2012 45 2
Deportivo Táchira 2013—2016 66 1
ACCD Mineros de Guayana 2016—2019 106 1
Independiente Medellín 2020—2020 5 0
Deportivo Táchira 2021—2021 0 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Яракуянос VS. Депортиво Ансоатеги 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 12-avgust).
  2. „Депортиво Ансоатеги VS. Каракас 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 21-avgust).
  3. „Монагас VS. Депортиво Тачира 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 3-fevral). 2013-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  4. „Депортиво Тачира VS. Депортиво Лара 3:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-may). 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  5. „Минерос Гуаяна VS. Депортиво Лара 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 4-fevral). 2017-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  6. „Депортиво Лара VS. Минерос Гуаяна 1:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 14-avgust). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-iyun.
  7. „Атлетико Хуниор VS. Индепендьенте Медельин 1:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 2-fevral).
  8. „Нигерия (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 25-sentyabr). 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  9. „Таити (до 20) VS. Венесуэла (до 20) 0:8“ (en). soccerway.com (2009-yil 28-sentyabr). 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  10. „Венесуэла (до 20) VS. Испания (до 20) 0:3“ (en). soccerway.com (2009-yil 1-oktyabr). 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  11. „Венесуэла (до 20) VS. ОАЭ (до 20) 1:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 7-oktyabr). 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  12. „Венесуэла VS. Коста-Рика 1:1“ (en). soccerway.com (2009-yil 13-may). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.