Francisco Silva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Francisco Silva
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Francisco Andrés Silva Gajardo[1]
Tavallud sanasi 11-fevral 1986-yil (1986-02-11) (38 yosh)
Tavallud joyi Quillota, Chili
Boʻyi 1.78 m[1]
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—1999 Colo-Colo
2000—2005 Universidad Católica

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 28-iyun uchun)

Francisco Andrés Silva Gajardo (talaffuzi: Fransisko Andres Silva Gajardo; 1986-yil 11-fevralda Chilida tugʻilgan) — himoyachi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan chililik futbolchi. Chili terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Silva (chapda) Neymarga qarshi kurashda

Silva „Universidad Católica“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2006-yilda u Chili premyer ligasida asosiy jamoa safida debyut qilgan. 2010-yilda Fransisko klubga Chili chempionligini qoʻlga kiritishga yordam bergan va bir yildan soʻng Chili kubogini qoʻlga kiritgan. 2010-yilning yozida Italiyaning „Lecce“ futbol klubi Silvaga faol qiziqish bildirgan, biroq Fransiskoning Yevropa Ittifoqi fuqaroligi yo‘qligi sababli kelishuv amalga oshmagan[2]. 2013-yilda u Ispaniyaning „Osasuna“ jamoasiga ijaraga berilgan. Silva La Ligadagi debyutini 2-fevral kuni Celta Vigo futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[3]. 8-mart kuni „Betis“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u yangi klubi safidagi ilk golini urgan[4]. Mavsum oxirida Osasuna Silvaning transferini sotib olgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 23-yanvarda Silva Chili terma jamoasi safida AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[5].

2011-yilda mamlakat terma jamoasi tarkibida Fransisko Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogiga yoʻl olgan. Turnirda u zaxira futbolchisi boʻlgan va faqat Peru terma jamoasiga qarshi bahsda maydonga tushgan[6].

2016-yilning yozida Silva ketma-ket ikkinchi marta Amerika kubogini qoʻlga kiritgan. Turnirda u Meksika, Kolumbiya va Argentina terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8][9].

2017-yilda Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogining kumush medali sohibiga aylangan. Turnirda u Kamerun, Avstraliya, Portugaliya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12][13].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Universidad Católica 2008 ? 1 0 0 ? 1
2009 36 1 0 0 36 1
2010 29 2 0 0 7 2 36 4
2011 35 2 4 1 13 0 52 3
2012 26 0 4 1 13 1 43 2
Jami 126 6 8 2 0 0 33 3 167 11
Osasuna (ijara) 2012—2013 16 1 0 0 16 1
Osasuna 2013—2014 31 0 3 0 34 0
2014—2015 1 0 0 0 1 0
Jami 32 0 3 0 0 0 0 0 35 0
Club Brugge (ijara) 2014—2015 11 0 3 0 7 0 21 0
Chiapas 2015—2016 28 0 0 0 28 0
Cruz Azul 2016—2017 25 6 7 1 32 7
2017—2018 29 1 5 1 34 2
Jami 54 7 12 2 0 0 0 0 66 9
Umumiy faoliyatida 267 14 26 4 0 0 40 3 333 21

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Francisco Silva“. Estadísticas Francisco Sival. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
  2. „Foreign player cap for Serie A“. Sky Sports (2010-yil 3-iyul). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-iyul.
  3. „Осасуна VS. Сельта 1:0“ (ru). soccerway.com (2013-yil 2-fevral). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  4. „Бетис VS. Осасуна 2:1“ (ru). soccerway.com (2013-yil 8-mart). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  5. „США VS. Чили 1:1“ (ru). soccerway.com (2011-yil 23-yanvar). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  6. „Чили VS. Перу 1:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 13-iyul). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  7. „Мексика VS. Чили 0:7“ (en). soccerway.com (2016-06—19). 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  8. „Колумбия VS. Чили 0:2“ (en). soccerway.com (2016-06—23). 2016-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  9. „Аргентина VS. Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2016-06—27). 2016-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  10. „Камерун VS. Чили 0:2“ (en). soccerway.com (2017-06—18). 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.
  11. „Чили VS. Австралия 1:1“ (en). soccerway.com (2017-06—25). 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.
  12. „Португалия VS. Чили 0:0“ (en). soccerway.com (2017-06—28). 2017-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.
  13. „Германии VS. Чили 1:1“ (en). soccerway.com (2017-06—22). 2017-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyul.