Kontent qismiga oʻtish

Fransiya-Rossiya urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fransiya-Rossiya urushi, Vatan urushi (1812-yil) — rus xalkining Napoleon I bosqiniga qarshi ozodlik urushi. 1806—07 yillardagi Fransiya Rossiya urushida rus qoʻshinlari yengilgach, Tilzit sulh shartnomasiga koʻra, Napoleon I Rossiyani Angliyaga qaratilgan mintaqaviy qurshov tizimida ishtirok etishga majbur qilgan. Rossiya Angliya bilan savdo qilishdan mahrum boʻlib qolgani bois uning iqtisodi vayron boʻlgan. 1810-yildek.da rus bojxonasining yangi tarifi eʼlon qilinib, Rossiyaga keltiriladigan mollarga, jumladan, Fransiyadan keltiriladigan ipak, duxoba, vino va boshqalarga boj soligʻi oshirilgan. Bu Napoleon I ning Rossiyaga qarshi urushga tayyorgarlik koʻrishiga turtki boʻlgan. 1812-yil boshida Napoleon I Rossiyaga qarshi birgalashib urushish maqsadida Avstriya va Prussiya bilan ittifoq tuzgan. Napoleon I oʻz ittifoqchilarining hududlarini Rossiya hisobiga kengaytirishga vaʼda bergan. Fransuz imperatorining maqsadi, Rossiyani boʻlib tashlash, undan katta miqdorda oʻlpon undirish, bu mamlakatni Fransiyaning mustamlakasiga aylantirish boʻlgan.

Rossiyaga qarshi yurish uchun 1372 toʻpga ega boʻlgan 640 ming kishidan iborat "buyuk armiya" tuzilgan. Ularning deyarli yarmini chet elliklar (avstriyaliklar, nemislar, polyaklar, italyanlar, ispanlar, shveysariyaliklar, portugallar va boshqalar) tashkil qilgan. Rus armiyasida 591 ming kishi boʻlib, ularda 1620 toʻp boʻlgan. 1812-yil 12-iyunda Napoleon I armiyasi Neman daryosini kechib oʻtgan. F.Fransiya-Rossiya urushidagi harbiy harakatlarni 3 davrga boʻlish mumkin: 1 — urush boshlanishidan (iyun) Borodino jangitcha (sentyabr); 2 — Borodino jangidan (sentyabr) Napoleon I ning Maloyaroslavetsdan chekinishigacha (dek.); 3 — Napoleon I armiyasining halokati va uni Neman daryosidan oʻtib, Rossiyadan qochishi (dek.). 18 avgustda Napoleon I Smolenskiy shturm bilan egallab, Moskva tomon yoʻl olgan. Aleksandr I 8 avgustda feldmarshal MM.Kutuzovii bosh qoʻmondon etib tayinlagan. 1842-yil 26 avgustda mashhur Borodino jangi yuz bergan. Borodino jangi Napoleon I armiyasi halokatining boshlanishi boʻldi. M.I. Kutuzov armiyani saqlab qolish niyatida Moskvaga chekingan va Fili qishlogʻida harbiy kengashda (13-sentyabr) Moskvani tashlab ketish haqida qaror qabul qilgan. Napoleon I Moskvaga kirgan kunidan boshlab (2-sentyabr) shaharda yongʻinlar boshlangan. Oziq-ovqat, yemxashak yondirilgan yoki olib ketilgan. Napoleon I, 3 marotaba rus imperatoriga sulh tuzish haqida murojaat qilib, universiteta oʻz vakillarini yuborgan. Ammo Aleksandr I sulh tuzmagan. Tarutino kishloga yakinidagi jangda ruslar golib kelganlar (17-sentyabr). Moskvadagi yongʻin natijasida fransuz armiyasini boqishning iloji boʻlmagan. Bosqinchilarga qarshi rus xalqining ozodlik kurashi avjga chiqqan. Napoleon I armiyasi tang ahvolda qolgan. Rossiyadan qochayotgan fransuz armiyasini rus qoʻshinlari taʼqib qilgan. noyabrda Rossiya oʻlkalarida qahraton sovuq boshlangan. noyabr oʻrtasida Napoleon I Berezina daryosidan oʻtganda uning "buyuk armiya"sidan asar ham qolmagan. Napoleon I qoʻmondonlikni Myuratga topshirib, oʻzi Parijga ravona boʻlgan. Bu urushda Napoleon I, 550 minglik qoʻshindan mahrum boʻlgan. Rus imperiyasidagi talafot 200 ming kishini tashkil etgan. Bu urush Yevropada ozodlik kurashining avj olishiga turtki boʻlgan.

Temur Gʻiyosov.