Fransiya avtomobil sanoati
Fransiya davlati avtomobilsozlik sanoatidagi ilk yetakchilaridan boʻlib, 2015-yildagi koʻrsatkichlariga koʻra avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda 11-oʻrinda turadi va Yevropada uchinchi (Germaniya va Ispaniyadan keyin).[1][2][3][4][5] Fransiya Ikkinchi jahon urushi oxiridan to 2000-yilgacha izchil 4-chi yirik sanoat dirjavasi boʻlgan.
Fransiyada ikkita yirik avtomobilsozlik kompaniyalari joylashgan boʻlib, ular:
- PSA Group (Peugeot, Citroën, DS va Opel / Vauxhall markalari egasi) Yevropadagi 2-yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va 2015-yilda dunyoda 11-oʻrinni egallaydi.
- Renault Group (Renault, Alpine, Dacia, Renault Samsung Motors markalariga va Nissanning 43 foizi ulushiga ega) Yevropadagi 3-yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va 2015-yilgi koʻrsatkichlarga koʻra dunyoda 10-oʻrinni egallaydi.
Fransiyadagi avtomobil ishlab chiqaruvchi kichikroq kompaniyalar qatoriga quyidagilar kiradi:
- Bugatti, Volkswagen Groupning luks brendli avtomobillarining bosh qarorgohi Molsheymda joylashgan .
- Venturi, kichik sport avtomobillarini ishlab chiqaruvchi va Formula E jamoasining homiysi.
- Aixam va Mega, Polaris Industries kompaniyasining microcar brendlari qarorgohi Aix-les-Bainda joylashgan .
- Microcar va Ligier, microcar markaldagi avtomobil DrivePlanet qarorgohi Abrestda joylashgan
Renault Trucks Fransiyada joylashgan tijorat transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya boʻlib, u xozirda Volvo ABga tegishli. PSA ham, Renault ham Fransiyadan tashqarida koʻplab transport vositalarini ishlab chiqarish korxonalariga egadir. Fransiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Afrika bozorida uzoq vaqtdan beri hukmronlik qilgan, ammo 1970-yillardan boshlab yaponiyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilarning taransport vositalarining narxlari pastligi va mos keladigan yengil avtomobillar va yuk mashinalarining mavjudligi sababli asta-sekin bozorni egallay boshladilar.[6]
Fransuzlar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar bir necha bor "Yilning eng yaxshi avtomobili " va „ Jahon avtomobili“ mukofotlariga sazovor boʻlishdi. Citroën DS modeli Car of Century (eng yaxshi davr avtomobili) mukofotida uchinchi oʻrinni egalladi va Classic & Sports Car jurnali tomonidan eng yaxshi avtomobil deb tan olindi.[7][8]
XVIII va XIX asrlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1769-yil — Nikolas-Jozef Kugnot birinchi oʻzi yuradigan mexanik transport vositasini quradi.
1807-yil — Fransua Isaak de Rivaz vodorod bilan ishlaydigan ichki yonish dvigatelini ixtiro qildi.
1859-yil — Jozef Etienne Lenoir ichki yonish dvigatelini yaratdi.
1884-yil — Edouard Delamare-Deboutteville Fransiyada benzin bilan ishlaydigan birinchi avtomobilni yaratdi.
1885-yil — Amédie Bollée bugʻ bilan ishlaydigan transport vositalarini ishlab chiqarishni boshladi.
1887-yil — Leon Serpollet bugʻ bilan ishlaydigan transport vositalarini qurishni boshladi.
1887-yil — Panhard et Levassor, Rene Panhard va Emile Levassor tomonidan avtomobil ishlab chiqaradigan konserni tashkil etib, 1891-yilda birinchi avtomobil ishlab chiqariladi.
1890-yil — Armand Peugeot Daimler benzinli ichki yonish dvigatelidan ishlaydigan toʻrt gʻildirakli avtomobilni ishlab chiqaradi.
1894-yil — Albert de Dion va Jorj Buton bitta silindrli benzinli dvigatelni, 1898-yilda esa toʻrt gʻildirakli avtomobilni ishlab chiqardilar. Ular 1883-yildan boshlab bugʻ bilan ishlaydigan mashinalarni qurishgan.
1894-yil — Delahaye kompaniyasiga Emile Delahaye tomonidan asos solinadi. Kompaniya 1954-yilda Hotchkiss et Cie tomonidan sotib olinadi va avtmobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1896-yil — Armand Peugeot oʻz dvigatellarini qurishga va avtomobillariga moslashni boshlaydi.
1896-yil — Léon Bollée benzin bilan ishlaydigan mashinalarni qurishni boshlaydi.
1898-yilda aka-uka Lui, Marsel va Fernand Renaultlar birinchi avtomobillarini sotishni boshashadi.
1900-1950-yillarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]1903-yilda Fransiya AQShda ishlab chiqarilgan 11,235 ta mashinaga nisbatan 30 124 ta mashina (dunyodagi jami ishlab chiqarishning qariyb 49 %) ishlab chiqaradigan dunyodagi yetakchi avtomobilsoz boʻlib qoldi.[9]
1903-yilda Hotchkiss et Cie kompaniyasiga asos solindi. Kompaniyani Peugeot kompaniyasi 1950-yilda sotib olgan, ammo 1955-yilga kelib avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1905-yilda Delage kompaniyasiga Louis Delage asos solgan. Kompaniyani 1935-yilda Delahaye sotib olgan, ammo 1954-yilda avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1910-yil Bugatti kompaniyasini Ettore Bugatti Molsheymda (keyin Germaniyada, hozirgi Fransiyada) asos soladi. Ishlab chiqarish 1956-yil toʻxtatiladi.
1911-yili Hispano-Suiza kompaniyasining fransuz boʻlimi tashkil etildi. Avtomobil ishlab chiqarish 1938-yilda yakunlandi.
1919-yili Voisin Avions kompaniyasiga Gabriel Voisin asos solgan. 1939-yilda ishlab chiqarish toʻxtatiladi. Urushdan keyin Voisin „Biskvit“ mikroavtomobilini yaratdi.
1919-yilda Andre Citroen tomonidan xozirgi mashxur Citroen kompaniyasiga asos soladi.
1920-yilda kompaniya Darracq (1896-yilda tashkil etilgan) Sunbeam va Talbot bilan birlashdi va 1935-yilda Talbot-Lagoga aylandi. 1959-yilda kompaniya Simca kompaniyasi tomonidan sotib olingan.
1921-yilda Amilkar tashkil qilindi. Kompaniya 1937-yilda Hotchkiss et Cie bilan birlashadi va 1939-yilda bu kompaniyaham ishlab chiqarishni toʻxtatadi.
1921-yil — Salmson avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. 1957-yilda kompaniyani Renault sotib oladi.
1929-yil — Fransiyaning-yillik avtomobil ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 253 000 taga yetetdi, buday koʻrsatkich Ikkinchi jahon urushidan keyingina takrorlana ogan.[10]
1933-yil — Fransiya 140 635 dona avtomobillarini ishlab chiqaradi, bu koʻrsatkich bilan Fransiya Yevropadagi birinchilikni 220,775 dona avtomobil ishlab chiqargan Buyuk Britaniyaga berib qoʻyadi. Shunday boʻlsa-da, Fransiya avtomobilsanoati koʻp vaqt davomida dunyoda yetakchilik qildi va Yevropada harakatlanayotgan avtomobillar soni boʻyicha qariyb oʻttiz-yil yetakchilikni oʻzida saqlaydi, „avtomobillar parki“ fransiyada — 1,448,000 dona, Buyuk Britaniyada — 1,210,880 dona, Germaniya 510,680 donani tashkil etar edi.[10]
1934-yil — Simka kompaniyasi Genri Pigozzi tomonidan Fiat avtomobillarini ishlab chiqarish uchun asos solingan.
1934-yil — Citroen old gʻildiraklar yordamida harakatlanadigan va bir yagona construktsiyaga ega boʻlgan Traction Avantni avtomobilioni taqdim etdi. Citroen bankrotga uchraydi va uni Michelin Tire kompaniyasi egallaydi .
1934-yil — Matford Ford avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlaydi, ammo 1939-yilda toʻxtatiladi. 1947-yilda kompaniya Ford SAF sifatida qayta tashkil etilib, Ford nomi ostida avtomobillar sotiladi.
1936-yil — 30-yillarda Angliya va Germaniya iqtisodiyotlari ilgarilagan boʻlsa-da, Fransiya iqtisodiyotining oʻsishi eng yaxshi darajada edi, bu oʻn-yillikning oʻrta-yillarida halokatli zarbalar va iqtisodiy falajlik davriga toʻgri kelar edi. Germaniyada Gitler hukumati nemis avtosanoatiga „moliyaviy ragʻbatlantirish“ ga Keynsning munosabati sifatida qarash mumkin boʻlgan radikal iqtisodiy strategiyada asosiy rolni oʻynadi. 1936-yilda Fransiya 204.000 dona avtomobil ishlab chiqazadi va Yevropadagi eng koʻp ishlab chiqargan davlatlar orasida ikkinchi oʻrindan uchinchi oʻringa tushdi,[11] ammo Germaniyaning ishlab chiqarish koʻrsatkichlari 213.117 dona yoʻlovchi avtomobillari tashkil etar edi.[12]
1945-yil — Renault kompaniyasi davlat boshqaruviga oʻtadi va „Régie nationale des usines Renault (RNUR)“ deb nomlandi.
1945-yil — Pons Plan (rejasi) asosan Hukumat fransuz avtomobil sanoati siyosatchilar va davlat xizmatchilari tomonidan belgilab berilgan ustuvorliklarga binoan tuzilishini belgilab berdi. Avzallik maʼlum bir ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga beriladi. Yangi kiritilgan ot kuchi soligʻi katta dvigatelli avtomobillar uchun tegishli boʻlib, ular Grandes Routières kabi Bugatti, Delage, DELAHAYE, Hotchkiss qil Cie, Salmson va Talbot-Lago kabi avtokompaniyalarning 1950-yillarning oʻrtalariga qadar halok boʻlishiga olib keladi.
1946-yil — Renault Renault 4CV modelini taqdim etdi.
1948-yil — Citroen Germaniyada ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle bilan bir xil koʻrsatkichlardagi „xalq mashinasi“ deb nomlangan kichik va old gʻildiraklari yordamida harakatlanadigan Citroen 2CV modelini taqdim etdi.
1948-yil — Peugeot Peugeot 203 modelini taqdim etdi.
1950-yildan 2000-yilgacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]1954-yil — Facel Vega tashkil etildi.
1954-yil — Simca kompaniyasi Ford SAFni sotib oladi.
1955-yil — Citroën kompaniyasi disk tormozlari va yangi podveska bilan jihozlangan Citroën DS modelini taqdim etdi.
1955-yil — Alpine (avtomobil ishlab chiqaruvchi) Jan Rédele tomonidan asos solingan va sport avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Citroën diapazonida Citroën DS, eng mashhur salon salonini ishlab chiqarish.
1957-yil — Citroen Traction Avant ishlab chiqarilishi 23-yildan keyin yakunlandi.
1960-yil — Peugeot 404 modeli ishlab chiqarila boshlandi.
1961-yil — Fransiyada Citroen 2CV tomonidan boshqariladigan bozorning quyi qismiga moʻljallangan Renault 4 rusumli kichik avtomobil, shuningdek, Volkswagen Beetle va BMC ning yangi Mini kabi xorijiy raqobatchilar tomonidan ishlab chiqarila boshlandi .
1963 — Amerikaning Chrysler kompaniyasi Simca kompaniyasining 63 % egalik ulushini oladi.
1964-yil — Facel Vega kompaniyasining moliyaviy muammolari tufayli 10-yillik faoliyatidan soʻng yopildi.
1965-yil — Matra kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. . Renault 16 — katta oilaviy xetchbek (bu oʻz koʻrinishidagi birinchi ishlab chiqarilgan avtomobil sanaladi) sotuvga chiqarildi va-yilning eng yaxshi Yevropa avtomobili deb topildi.
1968-yil — Citroen Italiyaning Sport va luks segmentdagi avtomobil ishlab chiqaruvchi Maserati kompaniyasini oʻz qoʻliga oldi. Peugeot oʻzining orqa gʻildirakda harakatlanadigan katta oilaviy 504 model deb ataluvchi avtomobilini taqdim etdi va bu avtomobil „Yilning eng yaxshi avtomobili“ deb tan olingan.
1969-yil — Renault 12 oʻrta kattalikdagi avtomobil sotiuvga chiqarildi, ammo „Yilning eng yaxshi avtomobili“ deb Italiyaning Fiat 128 avtomobillari mukofotiga sazovor boʻldi.
1970-yil — Citroën koʻmpaniyasi oʻzining Citroën SM modelini taqdim etadim, bu katta kupe ilgʻor podveskaga, rul boshqaruvining takomillashkan tizimiga, gidrovlikpnevmatik toʻrmozlarga va Masaratining dvigatel texnologiyasini oʻzida mujassam etgan edi. Shuningdek, kompaniya „Yilning eng yaxshi avtomobili“ deb topilgan yangi GS oilaviy avtomobilini sotuvga chiqardi. Chrysler kompaniyasi fransiyada ishlab chiqarilgan, britaniyaliklar uchun moʻljallangan 180 modelli yangi flagman avtomobilini taqdim etadi.
1972-yil — Renault 5, Fransiyaning birinchi kichik xetchbegi taqdim etildi. Avtomobil uch eshikli korpus bilan jixozlangan va old gʻildirak bilan harakatlantirilgan.
1973-yil — Chrysler kompaniyasi 2 litrlik 180 modelining dvigatelini kattaroq nushasini sotuvga chiqardi.
1974 — Yangi CX (19-yillik DS modeli vorisi) Yevropaning-yilning Eng Yaxshi Avtomobiliga loyiq deb topilganiga qaramay, Citroen bankrotlikka uchradi. Keyin Maserati kompaniyasi Alejandro de Tomasoga sotiladi. Peugeot oʻzining birinchi xetchbek modelini — uch eshikli 104 ni taqdim etdi.
1975-yil — Simca 1307 (Buyuk Britaniyada Chrysler Alpine deb nomlanadi) sotuvga chiqarildi va xetchbek korpusidan va old gʻildiraklar orqali harakatlanuvchi boʻlib, avtomobil Yevropaning-yilning eng yaxshi avtomobili deb tan olindi . Renault oʻzining 20/30 diapazoni bilan lyuks avtomobillar bozoriga chiqadi, ushbu avtomobil sektori uchun odatiy boʻlmagan xetchbek va va old gʻildiraklar orqali harakatlanish imkoni mavjud boʻldi. Oxirgi Citroen DS 20-yildan keyin qurilgan va butun dunyo boʻylab 1,4 milliondan ortiq satilgan.
1976-yil — Renault Gʻarbiy Germaniyadan kelgan Volkswagen Golfga oʻxshab ketadigan yangi R14 oilaviy xetchbek modelini chiqara boshladi.
1978-yil — Renault kompaniyasi American Motors bilan moliyaviy hamkorlikni boshlaydi. Citroën Visa kichik besh eshikli xetchbekni ishga tushirdi. Peugeot 305 modeli ishlab chiqarila boshladi va natijada kichik 304 oʻrnini egallaydi.
1979-yil — Simca kompaniyasi 45-yillik faoliyatida soʻng kompaniyaning yangi egasi Peugeot tomonidan toʻxtatiladi, u butun Chrysler Europe modellari uchun Talbot nishonini tiklaydi.
1980-yil — Renault kompaniyasi modellari uchun yangi — Renault Fuego kupesi boʻlib, u hajmi va narxi boʻyicha Ford Capri singari mashinalarga oʻxshaydi.
1981-yil — Renault 9, kichkina oilaviy avtomobil, sotuvga chiqarilgandan keyin-yilning eng yaxshi Yevropa avtomobili deb tan olindi . Peugeot 104- ning qayta ishlangan versiyasi boʻlgan Talbot Samba modeli, Poissidagi sobiq Simca zavodida ishlab chiqazila boshladi.
1982-yil — Citroen keyinchalik kichik GSA oʻrnini bosadigan Citroen BX ni ishga tushirdi.
1983-yil — Peugeot italyan dizayneri Pininfarina tomonidan ishlangan yangi 205 supermini avtomobilini sotuvga chiqardi. Peugeot 504 modeli fransiyada 15-yil ishlab chiqariligandan keyin toʻxtatildi.-yil oxirida Renault oʻzining 20/30 flagman modellarini R25 bilan almashtiradi.
1984-yil — Renault kompaniyasi Espace modeli boʻlgan yevropaning birinchi hajmli koʻp maqsadli transport vositasini chiqara boshladi.
1985-yilda yangi Peugeot 309, Angliyaning Koventri shahri yaqinidagi sobiq Rootes zavodida ishlab chiqarila boshlandi.
1986-yil — Renault raisi Georges Besse Action Directe kommunistik terroristik guruhi tomonidan oʻldirildi. Renault kompaniyasi renault 18 modelini Renault 21 nomli yetti kishilik modeliga almashtiradi.
1987 −1996-yillar oraligʻida birqancha modellar ishlab chiqariladi va fransiya bozorida Citroen, Peugeot va Renault kompaniyalari yirik oʻyinchilarga aylanadi.
1997-yil — Germaniyaning Mercedes-Benz avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan Gambach shahrida (Moselle) ikki kishilik mikrokarlar ishlab chiqarish uchun aqlli yigʻish zavodi ochildi.
1998-yil — Volkswagen AG Bugatti nomiga huquq oldi. Keyinchalik ular Molsheymda Bugatti Veyron ishlab chiqaradigan avtozavod quradilar. 15-yildan keyin Peugeot 205 avtomobili ishlab chiqarilishi toʻxtaydi va uning oʻrnini Fransiyada ham, Britaniyada ham ishlab chiqariladigan Peugeot 206 egallaydi
1999-yil — Renault Yaponiyaning Nissan avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining nazorat ulushiga ega boʻldi. Renault oxirgi 30-yil ichida oʻzining Renault 12 rusumidagi avtomobilini ishlab chiqargan Raciya avtomobil ishlab chiqaruvchi Dacia- da 99 % egalik huquqini sotib oladi.
2000-yildan hozirgi kungacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yil — Renault Janubiy Koreyaning Samsung Motors kompaniyasining 70 % ulushini sotib oladi va yangi Renault Samsung Motors (hozir 80 % egalik qiladi) shoʻba korxonasini tashkil etadi. Renault Laguna II dunyodagi birinchi ommaviy avtomobillardan biri boʻlib, u kalitsiz eshikni ochish va oʻt oldirish xususiyatiga ega edi.
2001-yil — Toyota Valensiennesda Toyota Yaris uchun Gʻarbiy Yevropadagi yigʻish liniyasini qurdi .
2001-yil — Renault Trucks AB Volvoga sotildi.
2002-yil — Renault Megane II sotuvga chiqarildi va-yilning eng yaxshi Yevropa avtomobili deb tan olindi. Besh eshiklik Citroen C3 taqdim etildi, bu Sakso oʻrnini bosadigan ikkita yangi avtomobilning biri edi.
2004-yil — Peugeot 406 modeli Peugeot 407 ga almashtirildi. Citroen Xsara xetchbekini Citroen C4 bilan almashtiradi.
2005-yil — Renault Clio III ishlab chiqarilishi boshlandi va Yevropaning-yilning eng yaxshi avtomobili deb tan olindi, ikkinchi avlod modeli Clio Campus deb nomlandi va hozirda Sloveniyada ishlab chiqarilmoqda. Toyota kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida, Chexiya zavodida Citroen C1 va Peugeot 107 ishlab chiqariladi
2007-yilda Fransiyaning eng uzoq vaqtlardan beri ishlab chiqarilayotgan Renault Twingo modeli oʻrniga uning yangi avlodi ishlab chiqarildi. Yangi Twingo faqat Sloveniyada ishlab chiqariladigan boʻldi. Shu bilan birga, Peugeot 307 oʻrniga Peugeot 308 taqdim etildi.
2008-yilda Renault Rossiyaning AvtoVAZ nomli avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining 25 foiz ulushiga ega boʻldi.
2012-yilda Peugeot 208 modelini taqdim etdi va bu 207 modelning davomchisi edi.
2013-yilda Yevropaning-yil avtomobili deb tan olingan Peugeot 308 rusumli avtomobilining ikkinchi avlod ishlab chiqarilishi boshlaydi.
2014-yil — Peugeot 107 rusumini avtomobil modelini Peugeot 108 modeli bilan almashtirildi, bu Chexiyada yangi avlod Citroen C1 va Toyota Aygo bilan bir qatorda qurilgan Peugeot-Toyota korxonasining bir qismida chiqarilishi rejalashtirildi.
Ishlab chiqarish maʼlumotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiyada transport vositalarini ishlab chiqarish:[1][2][3][4][5][13]
-yil | Birlik ishlab chiqarish (dona) |
---|---|
1950-yil | 357,000 |
1960-yil | 1.369.000 |
1970-yil | 2,750,086 |
1980-yil | 3,378,433 |
1990-yil | 3,768,993 |
2000-yil | 3,348,361 |
2005-yil | 3,549,008 |
2007-yil | 3,019,144 |
2008-yil | 2,568,978 |
2009-yil | 2,049,762 |
2010-yil | 2.227.742 |
2011-yil | 0 |
Renault tomonidan 2010-yilda butun dunyo boʻylab avtomovillar ishlab chiqarish (Nissan-dan tashqari) 2 716 286 ni tashkil etdi, shundan 2 395 876 donasi yengil avtomobillar edi. Bu barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida oʻninchi oʻrinni egalladi. 2010-yilda PSA Peugeot Citroen tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobilarning umumiy ishlab chiqarish hajmi 3,605,524 ni tashkil etdi, shundan 3 214 810 tasi yengil avtomobillar edi. Bu barcha avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida sakkizinchi oʻrinni egalladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 OICA: Production Statistics
- ↑ 2,0 2,1 RITA. Table 1-23: World Motor Vehicle Production, Selected Countries (Wayback Machine saytida 2017-07-29 sanasida arxivlangan)
- ↑ 3,0 3,1 „La production automobile mondiale, des quatre continents et des principaux pays constructeurs, 1898-2016“. 2022-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 „IMF Auto Report 2000“. 2011-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-aprel.
- ↑ 5,0 5,1 Michigan Statistical Abstract 1996. Table XIV-1
- ↑ Thevenet, Jean-Paul, muh. (January 1977). „30 jours d'automobile“. L'Automobile (French). № 367. Neuilly, France: Societé des Editions Techniques et Touristiques de France. 5-bet.
{{cite magazine}}
: Unknown parameter|trans_title=
ignored (|trans-title=
suggested) (yordam)CS1 maint: unrecognized language () - ↑ „This Just In: Model T Gets Award“, James G. Cobb, The New York Times, 24-dekabr 1999-yil
- ↑ „1955 Citroen DS – The Most Beautiful Car of All Time“. Motorcities.com. 2009-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-iyul.
- ↑ . Histoire mondiale de l’automobile, Flammarion (fr), 1998 — 18-bet. ISBN 978-2-0801-3901-6.
- ↑ 10,0 10,1 „Automobilia“. Toutes les voitures françaises 1934 (salon [Oct] 1933). Nr. 22-jild. Paris: Histoire & collections. 2002. 6-bet.
- ↑ „Automobilia“. Toutes les voitures françaises 1937 (salon [Oct] 1936). Nr. 3-jild. Paris: Histoire & collections. 2002. 8-bet.
- ↑ Oswald, Werner. Deutsche Autos 1920-1945, volume 2 (German). Motorbuch Verlag, 2001 — 531-bet. ISBN 3-613-02170-6.
- ↑ Institut national de la statistique et des etudes economiques http://www.insee.fr/fr/themes/tableau.asp?reg_id=0&ref_id=NATTEF11105
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fransiya avtomobilsozlik sanoati — Tahlil va statistika 2010-yil Fransiya d’Avtomobiles Construction http://www.ccfa.fr/publications/analyse-statistiques/edition-2010.html
- PSA Peugeot Citroen tarixi — kompaniyaning veb-sayti https://web.archive.org/web/20110807025822/http://www.psa-peugeot-citroen.com/document/publication/history_group1083692907.pdf
- Renault tarixi — kompaniyaning veb-sayti http://www.renault.com/uz/groupe/chiffres-cles/pages/dates-cles.aspx (Wayback Machine saytida 2014-01-29 sanasida arxivlangan)