Fransuz inqilobiy urushlari
Fransuz inqilobiy urushlari (fransuzcha: Guerres de la Révolution française) 1792-yildan 1802-yilgacha davom etgan va Fransiya inqilobidan kelib chiqqan bir qator keng qamrovli harbiy to'qnashuvlar edi. Bu urushlar Fransiyani Angliya, Avstriya, Prussiya, Rossiya va boshqa bir qancha monarxiyalarga qarshi qo'ydi. Ular ikki davrga bo'lingan: Birinchi Koalitsiya urushi (1792-97) va Ikkinchi Koalitsiya urushi (1798-1802). Dastlab Yevropa bilan chegaralangan janglar asta-sekin global miqyosni egalladi. O'n yillik doimiy urush va tajovuzkor diplomatiyadan so'ng, Fransiya Italiya yarim orolidagi, Yevropadagi Quyi mamlakatlar va Reynlanddagi hududlarni bosib oldi va Shimoliy Amerikadagi Luizianani tark etdi. Fransiyaning bu to'qnashuvlardagi muvaffaqiyati Yevropaning katta qismida inqilobiy tamoyillarning tarqalishini ta'minlab berdi.
1791-yildayoq Yevropaning boshqa monarxiyalari inqilob va uning qo'zg'olonlariga g'azab bilan qarashdi. Ular qirol Louis XVIni qo'llab-quvvatlash va inqilob tarqalishining oldini olish yoki Fransiyadagi tartibsizliklardan foydalanish uchun aralashish kerak yoki yo'qligi haqida bosh qotirishardi. Avstriya, Fransiya chegarasida o'zining ko'p sonli qo'shinlarini joylashtirdi va Prussiya bilan birgalikda Pillnitz deklaratsiyasini e'lon qildi. Unda qirol Louis XVI va qirolicha Mari-Antuanetta bilan bog'liq biror hodisa ro'y bersa, bu og'ir oqibatlarga olib kelishi belgilandi. Avstriya Fransiya chegarasidan o'z qo'shinlarini chaqirib olishdan va kuch ishlatish tahdididan voz kechishdan bosh tortganidan so'ng, Fransiya 1792-yilning bahorida Avstriya va Prussiyaga urush e'lon qildi. Har ikkala davlat ham muvofiqlashtirilgan bosqinchilik bilan javob berishdi va oxir-oqibat sentabr oyida Valmi jangida orqaga qaytarildi. Fransiyaning ushbu g'alabasi monarxiyani bekor qilish to'g'risidagi Milliy konventsiyani qabul qilishga dalda berdi va sababchi bo'ldi.[1] Yangi fransuz qo'shinlarining bir qator g'alabalari 1793-yil bahorida Neervindenda to'satdan uchralgan mag'lubiyat bilan yakunlandi. Yilning qolgan qismida fransuzlar qo'shimcha bir qator mag'lubiyatlarga uchradilar va bu og'ir davr Yakobinlarga hokimiyat tepasiga ko'tarilib, xalqni birlashtirish uchun Terror hukmronligini o'rnatishga imkon berdi.
Qo'shimcha o'qish
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Napoleon Bonapartning harbiy faoliyati
- Napoleon urushlari
- Fransiyaning harbiy tarixi
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ TCW Blanning, The French Revolutionary Wars. pp. 78–79.