Kontent qismiga oʻtish

Franz Liszt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Franz Liszt
Tavalludi 22-oktyabr 1811[1][2]
Vafoti 31-iyul 1886[1][2]
Fuqaroligi Vengriya Qirolligi, Avstriya imperiyasi va Avstriya-Vengriya imperiyasi
Otasi Adam Liszt
Onasi Anna Liszt

Franz Liszt (22-oktyabr 1811 – 31-iyul 1886), Vengriyalik bastakor, pianinochi, dirijyor, pedagog va musiqa jamoat arbobi. Budapesht Musiqa akademiyasining asoschisi (1875-yildan prezidenti). 6 yoshidan otasidan pianino chalishni oʻrganib, 9 yoshidan konsert bera boshlagan. Virtuoz pianinochi sifatida 1847-yilgacha jadal konsert faoliyati bilan shugʻullanib, butun Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Fortepiano ijrochiligining buyuk islohotchisi Liszt oʻzining artistik joʻshqinligi, tabiiy kuch va betakror mahorati bilan tinglovchilarni rom qilgan. 1847—61-yillarda Veymar saroyi kapelmeysteri boʻlib, koʻproq kompozitorlik ijodi bilan shugʻullangan. Lizst ijodida romantizm gʻoyalari aks etgan. Teran musiqiy obrazlarni muayyan adabiyot, tasviriy va hatto haykaltaroshlik sanʼati mavzulari bilan oʻzaro uzviy bogʻliqligi, asar mazmunini falsafiy umumlashtirish Lizst ijodiga xosdir. U bir qismli dasturli simfonik poema janrini hamda monotematizm (butun asar davomida bitta, rivojlanish jarayonida tobora oʻzgarib boruvchi kuyga asoslanish) prinsipini kashf etib, mavzuli-dasturli chol-gʻu musiqasi asoslarini yaratgan. Jami 1200 ga yaqin asar muallifi. Ulardan "Faust — simfoniya" (Gyote asari asosida, 1857), "Dantening "Ilohiy komediya"siga simfoniya" (1857), "Tasso" (1854), "Prelyudlar" (1854), "Mazepa" (1851), "Prometey" (1855) kabi simfonik poemalari, 2 ta fortepiano konserti (1849-56, 1839-61), 3 toʻplamdan iborat "Ziyorat yillari" nomli fortepiano asarlari, romanslari, venger xalq ohanglari (verbunkosh uslubi, chardash raqsi usullari) zaminida yaratilgan 19 ta ven-gercha rapsodiyasi (1847-85), "Vengriya" (1854) simfonik poemasi, fortepiano uchun "Venger tarixiy manzaralari" (1886) va boshqa mashhur. Budapesht Oliy musika maktabi Lizst nomida.[3]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil