Frenzy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Operatsion tizim
Frenzy
Ishlab chiquvchi Sergey Mojayskiy (techniX)
Yegor Vershinin (1.3)
OT oilasi BSD UNIX
Negiz kodi ochiq kodli
Ilk e’lon qilinishi 2012-yil 5-may
Yadro tipi monolit yadro
Litsenziya BSD litsenziyasi
Veb sayt frenzy.org.ua

Frenzy - FreeBSD operatsion tizimi asosida yaratilgan Live-CD. Kompyuter tarmoqlarini sozlash, tekshirish va analiz qilish, kompyuter qurilmalarini tekshirish va boshqa turli vazifalar uchun moslashgan. Frenzy ikki xil variantda ishlab chiqiladi:

  • Frenzy standart – tizim maʼmurlari uchun moslashgan. ISO obrazining hajmi – 200 megabayt. Distributiv tarkibiga 500 dan ortiq ilovalar kiradi.
  • Frenzy extended – maʼmurlar va yanada kengroq qoʻllana oladigan foydalanuvchilar uchun moslangan. Frenzy standart ilovalaridan tashqari bir qancha ilovalarga ega. ISO obrazining hajmi – 250 megabayt. Distributiv tarkibiga 600 dan ortiq ilovalar kiradi.

Shuningdek grafik interfeysga ega boʻlmagan lite versiyasi ham bor. Bazaviy operatsion tizimi FreeBSD 8.3-STABLE. Frenzy tarkibiga kiruvchi dasturlar:

  • C va NASM kompilyatorlari, Perl va Python interpretatorlari
  • Fayl menedjerlari, arxivatorlar
  • Matn muharrirlari, fayllarni koʻrish vositalari va konvertorlar
  • Veb brauzerlar, elektron pochta dasturlari va yangiliklar dasturlari, ICQ, IRC, Jabber dasturlar
  • Tarmoq utilitalari (LAN, modem, Bluetooth, dial-up, VPN, Wireless)
  • Trafik monitoring uchun utilitalar
  • Proksi va redirektlar
  • Masofaviy boshqaruv (telnet, ssh, RDP, VNC)
  • Samba server va dasturlari
  • MySQL va PostgreSQL dasturlari
  • DNS, LDAP, SNMP, DHCP, ICMP, ARP, IP paketlari bilan ishlash utilitalari
  • Osttarmoqlar bilan ishlash qoʻshimchalari
  • Portlar va servislar skanerlari, tarmoq skanerlari
  • Xavfsizlik skanerlari, snifferlar, buzib kirishni aniqlash utilitlari
  • Clamav antivirusi, rutkitlarni aniqlash utilitlari
  • Maxfiy soʻzlar va kriptografiya bilan ishlash utilitlari
  • Kompyuterning qurilmalari haqida maʼlumot olish va uni sozlash dasturlari
  • Qattiq disk va uning boʻlimlari bilan ishlash utilitlari
  • Turli fayl tizimlari bilan ishlash dasturlari
  • Fayllarni qayta tiklash utilitlari
  • Kompyuter va tarmoqning tezligini baholash va test qilish dasturlari
  • Fayl utilitlari, loglar bilan ishlash utilitlari
  • Xotira va protsessorni boshqarish utilitlari
  • CD yozish utilitlari
  • Grafik fayllarni koʻrish utility (GQview), skrinshotlar olish utilitlari
  • MP3/ogg pleyerlari

Extended versiyasiyasiga quyidagilar kiradi:

Tizim tarkibiga Frenzy boʻyicha hujjatlar, shuningdek, FreeBSD rasmiy hujjatlari – FreeBSD Handbook va FAQ kiradi.