Kontent qismiga oʻtish

Freyburg universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Frenburg universiteti, Albert Lyudvig nomidagi Freyburg universiteti — Germaniyadagi qad. universitetlardan biri. 1457-yil ersgersog Albrext VI tomonidan Albertin nomi bilan tashkil etilgan. Tarkibida teologiya, yuridik, badiiy va tibbiyot ftlari boʻlgan. Mashgʻulotlar 1460-yildan boshlangan. 1620-yildan muhim lavozimlarni iyeuzitlar egallagan. 1767-yil davlat oʻquv yurtiga aylangan. 19-asr boshlaridan Albert Lyudvig nomi bilan ataladi (untga badenlik gersog Lyudvig katta yordam koʻrsatgan). Teologiya, huquq, iqtisodiyot, tibbiyot, falsafa, matematika, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, Yer haqidagi fan, oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1974-yil tashkil etilgan)da 2 mln.ga yaqin asar saqlanadi. 23 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.