Frigga Karlberg
Frigga Karlberg | |
---|---|
Tavalludi | 10-avgust 1851[1][2][3] |
Vafoti | 3-oktyabr 1925[1][4] |
Fuqaroligi | Shvetsiya[5][6][7][8] |
Frigga Karlberg (shved.. Frigga Karlberg) 1851 yil 10-avgust, Falkenberg - 1925-yil 3-oktyabr, Stokgolm) — shved yozuvchisi, ijtimoiy xodim va feminist. U 1903-1921 yillarda Ayollarning saylov huquqi milliy assotsiatsiyasi markaziy qoʻmitasi aʼzosi, 1902—1921 yillarda esa Shvetsiya ayollarning saylov huquqi jamiyati Gyoteburg boʻlimi raisi[9].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Frigga Karlberg badavlat oilada tugʻilgan, lekin katta qiyinchilik bilan otasini oʻqishga ruxsat berishga koʻndirgan. U 1876-yilda pochta xodimi Andreas Karlbergga turmushga chiqqanidan keyin Goteborgga koʻchib oʻtdi.
Karlberg Goteborgga kelganidan boshlab ayollar masalalari va ijtimoiy ishlar bilan shugʻullanadi va shaharning birinchi ayollar tashkiloti - Goteborg ayollar uyushmasining (швед. Göteborgs Kvinnoförening), aʼzosiga aylanadi. U, shuningdek, ota-onalari sil kasalligiga chalingan sogʻlom bolalarni uylar bilan taʼminlaydigan Sällskapet Myrornas barnhem tashkilotiga asos solgan. Karlserg ayollar ijtimoiy ishchilari tashkilotiga rahbarlik qilgan va Shvetsiya kambagʻallarga yordam berish uyushmasining aʼzosi boʻlgan.
Frigga Karlberg Goteborgdagi ijtimoiy va siyosiy faol ayollar doiralarida markaziy shaxsga aylandi va 1902-yilda Shvetsiya ayollarning saylov huquqi jamiyati tashkil etilganida, u Gyotborg boʻlimini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi va doimiy ravishda uning raisi etib saylanaverdi. Karlberg, xususan, Britaniya va Amerika ayollarining saylov huquqi harakatidan yaxshi xabardor edi va bir marta Silviya Pankhurstni maʼruza oʻqishga taklif qiladi. U, shuningdek, ayollarning saylov huquqi masalasi boʻyicha bir qancha xalqaro konferensiyalarda Shvetsiya nomidan ishtirok etadi. Avval ayollarning saylov huquqi boʻyicha Shvetsiya jamiyati a’zosi sifatida, oxirgi marta 1923-yilda Rimda Shvetsiya hukumati vakilasi sifatida qatnashgan.
Frigga Karlberg yozuvchi sifatida oʻz romanlarida ayollar muammolarini, shuningdek, siyosatga taʼsir koʻrsatadigan kambagʻallarning ahvolini tasvirlab berrgan. Uning “För rättfärdighets skull” romani va Elin Vagnerning “Pennskaftet” romani Shvetsiyadagi suffragetlar harakatining eng mashhur adabiy asarlari hisoblanadi.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 — С. 344.
- ↑ (unspecified title) — С. 114.
- ↑ (unspecified title) — С. 33.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Anna Fredrika (Frigga) Carlberg“. Swedish Women's Biographical Dictionary. 21-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 апреля 2020.