Kontent qismiga oʻtish

Fton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Fton yirtqich hayvonlar tomonidan parchalanmoqda. Miloddan avvalgi 300-yil.

Fton yoki Phtono (gr grekcha: Φθόνος, lotincha: Phthonus), shuningdek Zelus – qadimgi yunon mifologiyasida, ayniqsa romantik masalalarda rashk va havas, hasad timsoli[1][2][3][3][4]. Ftonni koʻpincha tartibsizlik va kelishmovchilik maʼbudasi Eris bilan taqqoslashadi.

Ftonning ota-onasi kim ekanligi haqida bir nechta tahminlar mavjud:

  1. U boshqa erotlar singari Afrodita[3] dan tugʻilgan; 2. Dionis yoki Ereb va Nyuktaning oʻgʻli[3][3]. Uning koʻp xotinlari boʻlib, barchasini xiyonatda gumon qilib, oʻldirgan[3].

Fton takabbur insonlarga qarshilik timsolini aks ettiradi[5].

U „Dionisning ishlarlari“da Geraga Zevs va Semelaning ishqiy munosabatlari haqida maʼlumot berib, Semelaning oʻlimiga sabab boʻlgan[3][6]. Fton, shuningdek, Dionisga tugʻilishidan oldin ham hasad qilgan, shuning uchun u Aresni soxta qonga bulgʻangan qurol-yarogʻda tasvirlab, Afinaning hasadini uygʻotgan[7]. Shu bilan birga, u Gera va Afina[7] orasiga fitna solishni davom ettirgan. Bundan tashqari, Fton Kallimaxusning Apollonga bagʻishlangan madhiyasida paydo boʻlib, xudoni bahslashishga undaydi.

Uning ayol namunasi Nemesis, qasos maʼbudasi[2][3]. Ammo Nemesis romantik rashk bilan chambarchas bogʻlangan Ftondan farqli oʻlaroq, shafqatsiz qasos bilan chambarchas bogʻliq[2][3] Uning rimcha koʻrinishi Invidia[3] hisoblanadi.

  1. Pindar: Isthmien 7, 39.
  2. 2,0 2,1 2,2 „PHTHONOS — Greek God of Jealousy & Envy“. www.theoi.com. Qaraldi: 2021-yil 10-aprel.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 „Phthonus“ (en). www.greekmythology.com. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  4. Nonn. Deyaniya Dionisa VIII 34
  5. Herodot 1, 32; 3, 4.
  6. Nono de Panópolis, Dionisíaca, Livro 8, 50-60
  7. 7,0 7,1 Nono de Panópolis, Dionisíaca, Livro 8, 34-49
  • Patrisiya Bulman: Pindardagi phthonos. Kaliforniya universiteti matbuoti, 1984-yil.
  • Ulrich Hoefer: lugʻati
  • Ernst Milobenski: Neid in der griechischen Philosophie. O. Xarassovits, 1964-yil.
  • Valter Steinlein: Phthonos und Verwandte Begriffe in der älteren griechischen Literatur. Erlangen 1941-yil.